Образец листа A4 с рамкой и большим штампом гост
Download 0.67 Mb.
|
ABBOSJON
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.Nazariy qism…………………………………………………………….. 6
- Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………….. 42
Mundarija
KIRISH Zamonoviy texnika noyob va tarqoq metallarsiz tasavvur etish qiyin. Chunki elektrovakuum texnikasni, elektronikani, atom energetikasini, avia– va raketasozlikni, shuningdak maxsus po`latlar ishlab chiqarishda, qattiq, o`lovbardosh va emirilishga chidamli qotishmalar tayyolash kabi texnikaning asosiy tarmoqlarining takomillashishida noyob metallarning o`rni beqiyos. Respublikamizda noyob metallar Olmaliq tog’ ‘ metallurgiya kombinatida, Navoiy kon metallurgiya kombinatida va O‘zbekiston qattiq qotishmalar va o‘tga chidamli metallar kombinatida ishlab chiqarilib, dunyo bozorida o‘z mahsulotlari bilan Respublikamiz valyuta zaxirasini boyitib kelmoqda. XX asr boshlariga kelib ilgari qo‘llanilmagan kimyoviy elementlarning sanoat miqyosida ishlatilishi katta ahamiyat kasb eta boshladi. Bu elementlarni birlashtirib «Noyob elementlar», keyinchalik esa «Noyob metallar» deb yuritila boshlandi. D.I.Mendeleyev tomonidan tuzilgan davriy tizimning barcha guruhida noyob metallar joylashganini ko‘rish mumkin. Ular o‘zining fizik-kimyoviy xossalari bilan boshqa elementlardan katta farq qiladi va sanoat miqyosida qo‘llanishi hamda bir qator xususiyatlariga ko‘ra, noyob metallar guruhiga kiritilgan. Noyob metallarning kashf etilishi, asosan, XVIII asr oxirlari va XIX asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, ularni ishlab chiqarishda qo‘llash uchun ham ma’lum bir vaqt kerak bo‘lgan. O`sha davrda «Noyob metallar» tushunchasi metallar yer bag`rida kam tarqalganligi, yoki texnikada butunlay ishlatilmaganligi bilan bog‘liq bo‘lgan. Geolog olimlarning izlanishlar natijasida ayrim noyob metallarining (titan, sikoniy, vanadiy, litiy, seriy va boshqalar) yer bag`ridagi miqdori boyich to`qqizinchi o`rinni egallaydi, ammo ularning kop qismi odamzotga ilgaridan ma`lum bo`lgan metallarga nisbatan tarqoqdir. Noyob metallarni amaliyotda keng qo‘llash va ularning texnologiyasini ishlab chiqish, asosan XX asrlarga to‘g‘ri keladi. Hozirgi kunda zamonaviy texnikaning asosiy qismi noyob metallardan iborat ekanligini ko‘rish mumkin. Ayrim sanoat ishlab chiqarish turlarini noyob metallarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Metallurgiya sanoat ishlab chiqarilayotgan 70 turdagi metallarning 41 tasi noyob va tarqoq metallar guruhiga kiritilgan. Hozirda “noyob metallar” tushunchasi ishlatilish sohalarga binoan yangicha tarifda talqin qilinmoqda, ya`ni, ular sof metall holida, qo`ra va rangli metall qotishmalarni mexaniq, kiyoviy hususiyat talab darasida yahshilashda, turli kimyoviy birikmalar sifatida shisha ishlab chiqarishda, meditsinada, qishloq xo`jaligida va kopgina boshqa sohalarda qo`llanilishi bilan o`zining noyob elementlar ekanini namoyon etmoqda. Noyob metallar. Bu metallar qo‘yidagi guruhlarga bo‘linadi: a) qiyin eriydigan noyob metallar: volfram, molibden, tantal, niobiy, b) yengil noyob metallar: litiy, berilliy, rubidiy va seziy. v) tarqoq noyob metallar: galliy, indiy, talliy, germaniy, gafniy, reniy, g) noyob-yer metallari: skandiy, ittriy, lantan va lantanoidlar. d) radioaktiv metallar: radiy, uran, toriy, aktiniy. Keltirilgan metallarning sanoatlashgan tasnifi hozirgi vaqtda ilmiy va texnologik ketma-ketlik asosida tuzilgan deb tan olish mumkin emas. Unda metall guruhlari nomlanishi ham ma’lum bir tamoyillarga asoslanmagan. Ko‘p hollarda u yoki bu metallning ishlab chiqarilishi va ishlatilishining o‘sishi bilan metallarni sanoatlashgan tasnifining umumiy tamoyillariga zid holda metall bir guruhdan boshqa guruhga o‘tishi mumkin. SHunday XIX asr oxirida alyuminiy noyob metall hisoblanardi, biroq hozirda ishlab chiqarilishi va ishlatilishi jihatdan u qolgan barcha rangli metallar orasida birinchi o‘rinni egallaydi. Ma’lum va juda keng tarqalgan volfram, molibden, titan va boshqa ayrim metallarga “noyob metall” degan terminning ishlatilishi ham to‘g‘ri emas. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling