Образец листа A4 с рамкой и большим штампом гост


Volfram konsentratlarini qayta ishlash texnologiyasi


Download 0.67 Mb.
bet7/12
Sana20.03.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1285071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ABBOSJON

1.5 Volfram konsentratlarini qayta ishlash texnologiyasi
Volfram konsentratlarini qayta ishlashdagi asosiy mahsulot volfram 3-oksidi bo'lib, volfram karbidi va volframni metal holida olish uchun xizmat qiladi. Sanoatda volfram konsentratlari qayta ishlashning bir qancha texnologik usullari ma’lum. Qaysi texnologik usulni qo'llash xomashyoning turiga, ishlab chiqarish miqyosiga, volfram 3-oksidining texnologik talablariga va uning fizikaviy sifatiga hamda xomashyoni qanday usul bilan keltirilishiga, ya’ni uning tannarxiga bog‘liq bo‘ladi. Konsentratlarni qayta ishlash quyidagi uch bosqichda amalga oshiriladi:

— texnik volfram kislotasini olish
— texnik kislotani aralashmalardan tozalash.
Bunda quyidagi texnologik parchalash usullar ishlatiladi. . Volframit va sheyelit konsentratlari kuydiriladi yoki soda bilan suyultirilib, suvda ishqorlanadi yoki avtoklavda sodaning suvli eritmasi bilan qayta ishlanadi. Ayrim hollarda volframit konsentratlari natriy gidroksidining suvli eritmasi bilan qayta ishlov beriladi. Sheyelit konsentratlari esa kislotalar bilan parchalanadi . Bu usullarning hammasida ishqorli reagentlar (soda, o‘yuvchi natriy) qo'llanganda, natriy volframatning suvli eritmasi hosil bo‘ladi va undan texnik volfram kislotasi yoki volfram birikmalari hosil qilinadi. Volfram konsentratlarini kislotalar bilan parchalashda volfram kislotasi cho'kmada hosil bo‘ladi va aralashmalardan tozalanadi. Quyida parchalash texnologik usullaridan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz.
Sodali kuydirish texnologiyasi. Sodali kuydirish texnologiyasi sanoatda eng ko‘p qo'llaniladigan parchalash texnologiyasi hisoblanadi. Bu usulda quyidagi texnologik jarayonlar boradi va uning texnologik tizimi 1- chizmada berilgan. Kuydirish volframit konsentrati kislorod ishtirokida soda bilan quyidagicha reaksiyaga kirishadi:
2FeW + 2 C + l/2  = 2 W  +  + 2C
3MnW + 3 C + l/2  =3 W  +  + 3 C
CaW +  C =  W + CaC
CaW ++  C =  W + + CaO + C
Reaksiya qaytmas bo‘lib, C uchib chiqadi va Mn va Fe to‘liq oksidlanadi. Bu jarayon 800—900°C haroratda ro‘y beradi. Reaksiya to'liq borishi uchun sodaning miqdori 10—15% nazariy jihatdan ko‘p olinadi.Konsentrat tarkibidagi boshqa elementlarni ham oksidlashga sarf bo'ladi. Temir va marganesning oksidlash jarayonini tezlatish uchun 1—4% miqdorda o‘g‘it solinadi. Konsentrat tarkibidagi kremniy, fosfor , margimush, molibden va boshqa moddalar ham soda ta’sirida eruvchan tuzlarni hosil qiladi . 800—900°C haroratli o‘zgarishda yuqoridagi reaksion moddalar aralashmasi xamirsimon suyultma holida bo'ladi va uni kuydirma deyiladi. Bu kuydirmaning tarkibi — natriy volframati, temir oksidi va ferriti, marganes oksidlari va aralashmalarning natriyli tuzlari, ortiqcha soda va reaksiyaga kirishmasdan qolgan volframit mineralidan iborat bo‘ladi.

Volfram yoki sheyelit konsentratlarini kuydirish texnologiyasi

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling