Образец листа A4 с рамкой и большим штампом гост
Dunyoda volframga bo’lgan talab
Download 0.67 Mb.
|
ABBOSJON
1.3 Dunyoda volframga bo’lgan talab.
Volfram barcha metallar orasida eng yuqori haroratda suylanadigan bo‘lganidan, elektr lampalaming tolasi volframdan ishlanadi. Buning uchun volfram olmosli teshiklardan tortilib, juda ingichka tolaga aylantiriladi. Turli radiolampalarning, rentgen naylarining ba’zi qismlari, vodorod yondirgichining elektrodlari volframdan ishlanadi. Volframning eng ko‘p qismi (90% ga yaqini) volframli po'lat tayyorlashga ketadi. Buning uchun volfram rudasining konsentratlari ko‘mir yoki alyuminiy bilan qaytariladi; bunda temir bilan volfram qotishmasi — ferrovolfram hosil bo'ladi, keyin undan turli po‘latlar tayyorlanadi. Vanadiy va xrom qo'shilgan volframli po‘latlardan tezkesar parmalar yasaladi. Bunday po‘latlarda 14% dan 22% gacha volfram bo'ladi. Volfram qo'shilgan po‘latlar aviatsiya va avtomobil sanoatida hamda konstruktiv qotishmalar tayyorlashda ishlatiladi. «Pobedit» nomli qotishma, asosan, volfram karbiddan iborat bo‘lib (tarkibida kobalt ham bor) qattiqligi 9,9 ga yetadi . (olmosning qattiqligi 10 ga tengdir). U chinni, shisha, cho'yan va po‘latlarni kesish hamda tarashlasha ishlatiladi. Toshkent viloyatidagi o’tga chidamli va qattiq qotishma ishlab chiqarish zavodi hamdo'stlik mamlakatlaridagi eng katta zavodlardan biridir. Volframning asosiy vazifasi - metallurgiyada qiyin eruvchi metallar asosidir . Qiyin eruvchanlik , qayishqoqlik uni yorituvchi uskunalarda qizdiruvchi iplar olish uchun , kineskoplar va boshqa vakuuml trubkalarda qo’llaniladi . Zichligi balandligi bo’lgani uchun volfram og’ir qotishmalar asosi bo’lib , xarbiy sohada artilleriya o’qlari uchligi sifatida ,po’latlarni yorish uchun serdechnik va snaryadlarning qanoti sifatida qo’llaniladi . O’ta tez rotorlar giroskoplar ( ballistic raketa uchishini stabillash uchun 180 ming km/min). Volfram elektrod sifatida argon _ dugali svarkada qo’llaniladi Volfram qotishmalarining erish temperaturasi yuqori bo’lgani uchun ularni kukunli metallurgiya usulida olinadi . Qotishmalarda issiqlikga kislotalarga qattiq va ishqalanishga chidamli .Undan atshqari volframdan xirurgik instrument ( amaloy qotishmasi ),tanklar zirxi , torpedava snaryadlar yuzasi samolyotlar va dvigatellar muhim detalllari ,radioaktiv moddalar kontenirlari tahlanadi. Volfram va reniy qotishmasi termoparalar sifatida ishlatiladi . Shu bilan birga volframdan lak - bo’yoqlar ham tayyorlanadi . Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling