Образец листа A4 с рамкой и большим штампом гост


Volfram minerallarini boyitish


Download 0.67 Mb.
bet6/12
Sana20.03.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1285071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ABBOSJON

1.4 Volfram minerallarini boyitish
Volfram rudalarini boyitishdan maqsad, ulaming konsentratlarini olish bo‘lib, uning tarkibida 55—60% W bo‘ladi . Volfram rudalaridan konsentratlar olishda quyidagi boyitish usullari ishlatiladi:
Gravitatsion
Flotatsion
Magnitli
Elektrostatik separatsiyalash
Kimyoviy boyitish usullardan boyitma olinsa bo’ladi .
Gravitatsion boyitish volframit rudalaridan volfram olishning asosiy uslubiyatidir . Sheyelit rudalarini buusul bilan boyitish natijasida volframning ajralishi 70% dan oshmaydi, chunki sheyelitrudalari maydalanish hisobiga jarayon davomida chiqindidagi shlakka o‘tib ketadi va uning ancha qismi yo'qotiladi. Shuning uchun sheyelit rudalarini flotatsiya usuli bilan boyitish yo‘lga qo‘yilgan bo'lib, flotatsiya jarayonining boshqaruvchi reagent sifatida — soda, suyuq shisha , tanin; kollektor sifatida — olein kislotasi, natriy oleati, suyuq sovun; ko‘pik hosil qiluvchi sifatida — sosna yog‘i, terpinol, texnik krezol va boshqa reagentlar qo‘shiladi. Flotatsiya jarayoni ishqorli muhitda pH=9-10 da olib boriladi . Ayrim hollarda sheyelit rudalarini boyitishda gravitatsiya va flotatsiya usullarini qo'shib amalga oshiriladi.
Tarkibidagi minerallari yirik o‘lchamli rudalar (krupnovkraplennыe) gravitatsiya usulida, tarkibidagi minerallari kichik o‘lchamli rudalar esa flotatsiya usulida boyitiladi.
SHeelitni flotatsiya usulida boyitishda dastlab sulfidli minerallar ishqoriy muhitda, ksantogenat va sosna yog‘i yordamida ajratib olinadi. Undan so‘ng oleat natriy yoki olein kislotasining kerosin bilan aralashmasi yordamida sheelit ajratiladi.
Yig‘uvchi reagentlarni qo‘shishdan oldin kalsiy minerallarini tazyiqlash uchun suyuq shisha (500÷1000g/t) ishlatiladi. Olingan kambag‘al boyitmani qayta tozalash uchun dastlab boyitma filtrlanib , bug‘lantirish (proparka) jarayoni o‘tkaziladi. Bu jarayonni o‘tkazishdan maqsad, oldingi jarayonlarda qo‘llanilgan reagentlar ta’sirini yo‘qotishdan iborat.
Bug‘lantirish jarayonida 80÷90S harorat berilib, mahsulot 80 daqiqadan 2 soat muddatgacha aralashtiriladi. Bug‘lantirish maxsus kontakt chanlarida amalga oshiriladi. . Sheyelit minerali tarkibida qisman povelit (CaMo ) bo‘lib, unga ultrabinafsha nur ta’sir qilinsa, havo rangda nurlanishi mumkin. Mineraldagi molibdenning miqdori 1% dan ko‘p bo‘lsa, sariq rangli nurlanish hosil bo'ladi. Sheyelitda magnit xususiyati yo‘q. Boyitish yo‘Ii bilan sheyelit rudasi tarkibidagi molibdendan qutilib bo’lmaydi.
Shuning uchun sheyelit konsentratlari gidrometallurgik usul bilan qayta ishlov berilgandan keyin ajratib olinadi. Xuddi shunday, sheyelit konsentratlari tarkibidagi boshqa chiqindilar yoki aralashmalar ma’lum miqdorga keltiriladi, so‘ng gidrometallurgik qayta ishlash yordamida ulardan tozalanadi.



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling