Образец листа A4 с рамкой и большим штампом гост


Shееlit bоyitmаlаrini parchalаshning mаtеriаl bаlаnsini hisоblаsh


Download 0.67 Mb.
bet12/12
Sana20.03.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1285071
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
ABBOSJON

Shееlit bоyitmаlаrini parchalаshning mаtеriаl bаlаnsini hisоblаsh
9-jadval



Kiruvchi

kg

SHu jumlаdаn, kg



Chiquvchi mахsulоtlаr

Kg

SHu jumlаdаn, kg

1

Bоyitmа

100

49

1

Ko`mаch

230,147

50,66

2

tехnik sоdа

34,3

-

2

Gаzlаr

40




3

Kvаrs qumi

21,59

-




Shu jum SО2

21,76




4

Аylаnmа mаhsulоt

97,39

1,66




N2О

5,32




5

Аylаnmа chаnglаr

0,5

-




N2

12,92




6

Tехnik gаzlаr.

16,78

-

3

CHаnglаr







7

Ya’ni О2.

3,86

-

4

Yo`qоlishlаr

0,413




8

N2

12,92

-













9

JАMI

270,56

50,66




JАMI

270,56

50,66

III. Hayot xafvsizlik qoidalari
Avtoklav xonalarining poli elektr toki o‘tkazmaydigan materialdan bo‘lishi yoki polga dielektrik rezinali gilamcha to‘shalgan bo‘lishi lozim.
Avtoklav hamma tomondan xonaning devor qismiga yondosh qilib o‘rnatilishi kerak. Bunda devordan avtoklavgacha bo‘lgan masofa kamida 0,8 m ni tashkil qilishi lozim. Shkaf tuzilishli avtoklavni xona devoridan 1,5 m masofa uzoqlikda o‘rnatiladi
Texnik ko‘rik natijasiga ko‘ra avtoklavning ishlashiga ruxsat etiladi yoki taqiqlanadi. Texnik ko‘rik natijalari texnik ko‘rikni o‘tkazgan shaxs tomonidan avtoklavning pasportiga hamda avtoklavlarni shahodatdan o‘tkazish va qayd qilish jurnaliga yoziladi.
Avtoklav ichki qismlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish sanasi va gidravlik sinov o‘tkaziladigan sana vakolatli idora yoki muassasa (avtoklav egasi) rahbariyati tomonidan belgilanadi.
Avtoklav quyidagi xollarda texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi:
bosim ostida ishlaydigan avtoklav qismlari payvandlanganda yoki to‘liq ta’mirlangandan so‘ng;
avtoklavni ishga tushirishdan oldin bir yildan ko‘p vaqt ishlamagan bo‘lsa (omborda konservatsiya qilish bundan mustasno);
avtoklavlar 3 yildan ko‘p vaqt saqlangan bo‘lsa;
avtoklav ishlatilayotgan joyidan ko‘chirilib, yangi joyga o‘rnatilgan bo‘lsa;
nazorat qiluvchi shaxs tomonidan yoki avtoklavning xavfsiz ishlashi uchun javobgar shaxs tomonidan avtoklavni texnik ko‘rikdan o‘tkazish lozim deb topilganda.
Avtoklavni texnik ko‘rikdan o‘tkazish muddati 3 oydan ortiq bo‘lishi mumkin emas.


Xulosa
XX asr boshlariga kelib oldinlari qo'llanilmagan kimyoviy elementlaming sanoat miqyosida ishlatilishi katta ahamiyat kasb eta boshladi .Shu jumladan qiyin eruvchi kamyob metallarga ham talab oshdi . Ular bir-biridan o'zlarining qattiqlikligi (masalan, titan — 1680°C haroratda suyuqlansa, volfram — 3400°C) hamda korroziyaga chidamliligi bilan farq qiladi. Kimyoviy xossalari bilan esa bu metallar o'zlarining o'zgaruvchan valentliliklari bilan farqlanadilar . Hamma qiyin eriydigan metallar yuqori haroratda suyuqlanadigan va metallmaslar bilan kimyoviy barqaror birikmalar (karbidlar, nitridlar, boridlar, sitsilidlar) hosil qiladi . Bu moddalar katta amaliy ahamiyatga egadir. Shuning uchun qiyin suyuqlanuvchi metallar sanoatda po'latlarni ligerlashda, karbidlari qattiq qotishmalar hosil qilishda hamda elektrotexnika va vakuum elektrotexnikasida ishlatiladi . Ma’lumki, ma’danlarda kamyob metallarning miqdori juda kam bo‘lgani sababli ular boyitiladi. Kamyob metallar bo‘lgan rudalaming tarkibi juda murakkab: ular volfram —molibdenli, titan — niobiy — antalli, uran — vanadiyli , litiy — seziyli, volfram — surmali, sirkoniy — niobiyli bo‘lishi mumkin . Bundan tashqari, kamyob metallar kimyoviy korxonalarining hamda rangli va qora metallurgiya zavodlarining chiqindilari tarkibida ham bo'ladi.
Bundan tashqari, kamyob metallar kimyoviy korxonalarining hamda rangli va qora metallurgiya zavodlarining chiqindilari tarkibida ham bo'ladi. Shuning uchun bu xomashyolari kompleks ravishda ishlash va undan asosiy mahsulotlarni ajratib olish kata ahamiyat kashf etadi. Boshlang‘ich mahsulot tarkibi murakkab bo‘lganligi uchun undan toza holda mahsulotni ajratib olishga bo'lgan talab yuqoridir, chunki asosiy mahsulotning tarkibida boshqa moddalarning miqdori yuzdan, mingdan, ayrim hollarda o‘n mingdan bir foizini tashkil qilishi mumkin. Ayrim metallarning xossalari bir-biriga yaqinligi kamyob metallari sof holda olishda kata qiyinchiliklarni vujudga keltiradi (masalan, gafniy va sirkoniy, niobiy va tantal kabi yer metallarini ajratishda). Shuning uchun xomashyolari qayta ishlashda ularni aralashmalardan tozalash va sof birikmalarini olish a sosiy maqsadlardan biri deb hisoblanadi Kamyob metallarning hech birini ajratilgan holda xomashyodan eritib olib bo‘lmaydi. Avvalo, ruda konsentratlarida ularning birikmalari hosil qilinadi va ulardan asosiy mahsulotlar ajratib olinadi. Ruda konsentratlarini qayta ishlash asosan uch bosqichda amalga oshiriladi, ya’ni:
a) konsentratlarni parchalash;
b) kimyoviy toza birikmalar olish (tuzlari yoki oksidlari);
d) toza kimyoviy birikmalardan metallar olish.
Birinchi bosqichning asosiy maqsadi — minerallarni parchalash, ularni asosiy massadan ajratib olish hamda eritma yoki cho‘kmada miqdorini oshirish. Bunga pirometallurgiya (kuydirish, oksidlash, suyultirish yoki quruq haydash va boshqalar) yoki gidrometallurgiya (kislotalar yoki ishqorlarda erishi) usullari orqali erishiladi. Ikkinchi bosqich esa hosil qilingan kimyoviy birikmalami ajratish va tozalashdan iborat bo’lib, bunga cho‘ktirish, durlash (kristallash), ekstraksiya va ion almashinish jarayonlari orqali erishiladi. Uchinchi bosqichda vodorod yoki uglerod ishtirokida yuqori haroratda qaytarish jarayonlari natijasida sof kamyob metallar olinadi. Qavtarish usuli asosan uch guruhga bo'linadi:
— qotirish (sementatsiya) yoki elektroliz qilish usuli bilan metallarni suvli eritmalardan ajratish: bu usulda galiy, indiy va talliy, reniy olinadi; —
yuqori haroratda oksid yoki tuzlarni vodorod, uglerod oksidi yoki uglerod yordamida qaytarish: bunda volfram, molibden, reniy , germaniy kabi metallar ajratib olinadi;
— oksid yoki tuzlarni metallar bilan qaytarish yoki suyultirilgan muhitda elektroliz qilish: bunda — tantal, niobiy, vannadiy, titan, litiy, berilliy, kamyob yer metallari — toriy, uran singari metallar olinadi.
Qiyin eriydigan ko‘pchilik kamyob metallar avvalo kukun holiga keltiriladi, so‘ng yuqori haroratda suyultirilib metallarning quymasi hosil qilinadi. Galliy, indiy, talliy va reniy metallarini ularning suvli eritmalaridan olish mumkin, qolgan metallar pirometallurgiya usulida olinadi. Men bu kurs ishida sheyelit boyitmalaridan volframni parchalash jarayonini tanlash va hisoblashni o’rgandim .Bu kurs ishida shuni anglash mumkinki volfram rudalarini boyitish balkim, qiyin eruvchi kamyob va nodir boshqa rudalarni boyitish (volfram ,molibden ,titan , tantal , niobiy ,sirkoniy , gafniy , vanadiy ) murakkabligi, jarayonlarning ko’pligi, temperatura yuqori darajada qo’llanilishi bilan alohida qiyinchiliklarga ega . Volfram rudalarini boyitishda ruda tarkibidagi minerallar ,qo’shimcha birikmalar, tarkibidagi minerallarga bog’liq holda boyitish usullari tanlanadi . Volfrmani shuni bilish mumkinki volframda ham flotatsiya ham garavitatsiya uslida boyitiladi.Ishlab chiqarish texnologiyasi ham asosan kuydirish orqali amalga oshiriladi bu esa o’ziga xos qiyinchilik tug’diradi . Volframga bo’lgann talab ham hozirda juda katta, chunki volfram sanoatda, qotishmalar tahlashda aviatsiyada va avtomobilsozlikda, tanklar zirxiga qo’shilib tayyorlanib kelinmoqda Xozirda dunyoda volfram ishlab chiqarish bo’yicha Xitoy,Rossiya ,Qozog’iston yetakchilik qilmoqda .Dunyoda volfram yiliga 50-55 ming tonna ishlab chiqarilmoqda .
Volfram metallurgiyada ishlatiladigan eng mashhur materiallardan biridir. Ishlab chiqarilgan po’latlarning tarkibiga qo’shilishi ularning xususiyatlarini oshiradi .Ular termal yuklarga nisbatan chidamli bo’lib qoladilar va bundan tashqari ,eritma harorati ko’tariladi , bu ayniqsa o’ta og’ir sharoitda ishlatiladigan mahsulotlar uchun juda muhimdir yuqori haroratlarda . Turli xil asbob –uskunalar , mahsulotlar va komponentlarni ishlab chiqarishda ishlatish , shu asosda metal yoki qotishmalarning yig’ib olinishi uskunaning xususiyatlarini yaxshilash va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini beradi .


Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Химия и технология редких и рассеянных элементов. Т. 1—3. Под редак. Большакова К.Л. М., “Высшая школа”, 1976..

  2. Зеликман А.Н., Никитина Л.С. Вольфрам. М., “Металлургия”, 1978

  3. N .P Ismoilov “Kamyob tarqoq va nodir metallar kimyoviy texnologiyasi ” Toshkent — 2005.

  4. Ruda boyitish bo’yicha qo’llanma O S Bogdanov ,

  5. Abramov A A Rangli metal rudalarini boyitish

  6. Q.S.Sanaqulov ,B.F.Muhiddinov ,A.S.Hasanov “Kimyoviy elementlar” Toshkent-2019

  7. Yormatov G'.Yo. «Hayot faoliyati xavfsizligi» ma’ruzalar matni. Т., 2000 у.

  8. Yormatov G'.Yo., Nasretdinova Sh. Sh. «Sanoat sanitariyasi». O'quv qo'llanma Т., 1999-y.



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling