Образец листа A4 с рамкой и большим штампом гост


Natriy volframat eritmasini aralashmalardan tozalash


Download 0.67 Mb.
bet9/12
Sana20.03.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1285071
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
ABBOSJON

1.7 Natriy volframat eritmasini aralashmalardan tozalash
. Natriy volframat eritmasi tarkibida kremniy, fosfor, margimush , molibden va oltingugurtning natriyli tuzlaridan iborat aralashmalari bo'lib, ular volfram kislotasining tozaligiga ta’sir qiladi. Shuning uchun natriy volframat eritmasi bu ionlardan tozalanishi shart.
Natriy volfram eritmas i turli birikmalar holida olinadi. Amalda quyidagi usullar qo‘llaniladi:

        • Volfram kislotasini to‘g’ridan -to‘g‘ri ajratish

      • . Kalsiy volframat holida cho‘ktirish, uni kislotalarda parchalash.

3. Natriy parovolframat va volframatlar holida durlash (kristallash).
Bu usullar orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri volfram kislotasi hosil qilish eng oddiy usul hisoblanadi. Lekin bu usulda kolloid birikmalar beruvchi dispers cho‘kmalar hosil bo'lishi texnologik qiyinchiliklarni tug'diradi. Bu usul mayda zarrachali volfram kislotalari olishda ishlatiladi. Ikkinchi usul ishlab chiqarish amaliyotida keng qo'llaniladi, chunki unda, asosan, yuviladigan volfram kislotasi olinadi. Uchinchi usul ishlab chiqarishda oxirgi mahsulotlarni ishlatishga qarab qo’lllaniladi.
- Volfram kislotasini cho‘ktirish. Bunda, asosan, xlorid kislotasi ishlatiladi, ya’ni:
Na2WO4 +2HCl = H2WO4 + 2NaCl
Cho'kmaning hosil bo'lishi boshlang'ich eritmaning konsentratsiyasiga, haroratiga hamda cho‘ktirish usuliga bog‘liq bo‘ladi. Agarda eritmalar oddiy sovuq holida bo‘lsa, oq rangli volfram kislotasining kolloid cho'kmasi hosil bo‘ladi. Qaynatilgan xlorid kislotasiga natriy volframatni 80—90°C gacha isitilgan eritmasi qo‘shilsa, sariq rangli oson yuviladigan dag‘al volfram kislotasini olish mumkin. Katta zarrachali volfram kislotasi hosil bo'lishi, eritmani xlorid kislotasiga quyish tezligiga bog'liq bo'ladi, chunki kristallaming (durlarni) o‘sishi cho'kma zarrachasining kattaligini ifodalaydi . Hosil bo‘lgan volfram kislotasi cho'kmasi natriy xloriddan va erigan aralashmalardan yuvib tashlanadi . Bunda avval isitilgan distillangan suv bilan dekontaksiyalanadi, so‘ng 1% HCl yoki N C1 eritmasi bilan yuviladi, chunki bu holatda volfram kislotasi yaxshi cho'kma hosil qiladi.
Kalsiy volframat holida cho‘ktirish. Bu usulda quyidagi reaksiya boradi:

Kalsiy volframatni cho'ktirish jarayoni va uni to‘liq cho'ktirish eritmadagi natriy volframatning konsentratsiyasiga hamda eritmaning ishqoriy muhitda bo‘lishiga bog‘liq bo'ladi. Natriy volframat eritmasi qizdirilib, zichligi 1,14—1,16 (ya’ni, 120— 130g/l) gacha keltiriladi, ishqor miqdori 0,3—0,7% gacha borishi kerak. Agarda ishqor miqdori 0,3% dan kam bo'lsa , eritmadagi volfram to'liq cho'kmaydi , ishqor miqdori 0,7%dan ko‘p bo‘lsa, cho'kish jarayoni sekinlashadi, hajmi kattalashadi va cho‘kmadagi chiqindilar miqdori normadan oshiq bo'ladi. So‘ng xlorid kislotasi eritmasi bilan ishlov beriladi, unda quyidagi reaksiya hosil bo‘ladi:

Bunda H2WO4 sariq tusli cho'kma holida tushadi .Volfram kislotasi tozalanib volfram olti oksidi W olinadi
H2WO4 →WO3 + H2O

  1. Kislota 500- 600 C qizdirilib volfram olinadi .

  2. Amiakli eritma yordamida ПВА(паравальфромат аммония) olinadi filtrlanib keyin aylanuvchi elektr pechlarida qizdiriladi

Yoki volfram olti oksidi tiklanib toza volfram vodorod bn pechda olinadi:
W+3H2O = WO3+3H2

Volfram boyitmalarini qayta ishlash sxemasi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling