Общая характеристика тип моллюсков и их классификации
Download 0.85 Mb.
|
Mollyuskalar tipining umumiy tavsifi va ularning sistematikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mollyuskalarning ajratish organlari
Qon aylanish sistemasiMollyuskalarning qon aylanish sistemasi juda yaxshi ri vojlangan. Bu esa, boshqa belgilar (tselomning bo’lishi) bilan birga, mollyuskalarning yuqori darajada tuzilganliklarini ko’rsatadi. Ammo mollyuskalarning qon aylanish sistemasi tutashmaganligi bilan halkali chuvalchanglarnikidan farq kiladi. Demak, qon faqat o’ziga qarashli epitelial devorlari bo’lgan qon tomirlardangina aylanib qolmay, balki sinuslar va lakunalar sistemasidan, ya’ni parenximadagi to’qimalar bilan organlar orasidagi, o’z devoriga ega bo’lmagan bo’shliqlardan ham aylanadi. Ana shu munosabat bilan mollyuskalar qon aylanish sistemasida mayda qon tomirlar bilan kapillyarlar yaxshi rivojlanmagan yoki butunlay yuq. Qon aylanish sistemasining tutashmaganligi parenximaning rivojlanganligi bilan chambarchas bog’liqdir. Yaxshi differentsiatsiyalangan pulslantiruvchi (o’rib turuvchi) maxsus organ - yurakning bo’lishi(7-rasm,5,6) hamma mollyuskalar qon aylanish sistemasining eng muhim xususiyatidir.Mollyuskalarning ajratish organlariMollyuskalarda boshlang’ich chiqarish tizimi bir juft metanefridiyadan iborat bo’lib, ular perikardda boshlanadi va keyin kanal orqali mantiya bo’shlig’iga boradi. Bu kanalda ikkilamchi so’rilish (reabsorbtsiya) va sekretsiya tufayli ikkilamchi siydik hosil bo’ladi. Ko’pchilik mollyuskalarda bu ajratish kanallari asosida bezsimon buyrak rivojlangan.Ko’p mollyuskalarda ekskretor faol to’qima mavjud bo’lib, u qon aylanish tizimi bilan aloqada bo’lib, qondan metabolik mahsulotlarni oladi va uni uzoq saqlash xususiyatiga ega. Molyuskalarda ekskretni saqlaydigan ixtisoslashgan hujayralar (atrositlar) mavjud bo’lib, u Annelida lardagi xloragogen hujayralariga o’xshaydi. Bundan tashqari, tanada doimo to’planadigan “chiqindlarni” yig’adigan ko’chma fagotsitlar mavjud.mollyuskalarning turli darajadagi rivojlangan asab tizimА -Polyplacophora (Chiton). Б - Bivalvia (Nucula). В - Archaeogastropoda (Patella). Г - Neogastropoda (Buccinum Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling