Общая характеристика тип моллюсков и их классификации


Download 0.85 Mb.
bet1/6
Sana16.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1496007
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mollyuskalar tipining umumiy tavsifi va ularning sistematikasi

Mollyuskalar tipining umumiy tavsifi va ularning sistematikasi

Ko’riladigan masalalar

 

1. Mollyuskalarning umumiy tavsifi va tipning umumiy belgilari

2. Tashqi tuzilishi

3.Ichki tuzilishi

4. Mollyuskalar klassifikatsiyasi

Mollyuskalarning umumiy tavsifi va tipning umumiy belgilari

Mollyuskalar yoki yumshoq tanlilar hayvonat olamida turlar sonining ko’pligi jihatidan bo’g’im oyoqlilar tipidan kieyingi o’rinda turib, hozirda dunyo faunasida 130 000 mingdan ortiq turlari mavjud bo’lib, ularning ko’pchiligini qorinoyoqlilar va ikkitabaqalilar tashkil etadi. Mollyuskalar hayvonlarning eng qadimgi guruhi hisoblanib, kembriy davridayoq, hozirgi zamon mollyuskalar tipiga kirgan hamma sinflarning vakillari bo’lgan.

Bosh oyoqli mollyuskalar, boshqa siniflariga nisbatan fizologik jihatidan takomillashgan va yuksak tuzilishga ega. Biroq boshqa sinflar ularga nisbatan kichik, ammo, ularning tuzilishi juda o’ziga xos.

Mollyuskalar orasida gigant(ulkan) vakillari ham bor: bularga kalmarlardan Architeuthis avlodi vakillari kirib tana uzunligi 6,6 metr, paypaslagichlari cho’zilganda esa 18 metirgacha etib, ular hozirgi zamondagi eng yirik umurtqasiz hayvonlar sanaladi. Biroq ko’pchilik turlari kichik bo’lib, ularning tana uzunligi 1 mm dan kichik (Aplacophora). Chig’anoqli mollyuskalar kattaligi 1 mm dan bir oz ko’proq bo’lib, bunga Microhedylidae (orqa jabralilar) oila vakillari misol bo’ladi.

Mollyuskalar turli xil joylarda uchrab, faqat doimiy muzliklarda, tog’ cho’qqilarida va qutub mintaqalarida yashamaydi. Ko’pchilik mollyuskalar faqat dengizlarda yashaydi (Aplacophora, Polyplacophora, Monoplacophora, Scaphopoda, Cephalopoda), ikki tabaqalilar nafaqat dengizlarda, qisman chuchuk suvlarda, bazi birlari botqoqliklarda( bir qator Pisidium vakillari) hayot kechiradi. Faqat ozgina turlar (o’pkali mollyuskalar) quruqlikda xayot kechirishga moslashgan.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling