Mollyuskalar gavdasi segmentlarga bo’linmagan - bilateral hayvonlar bo’lib, lekin ularning ko’pchiligi (qorinoyoqli mollyuskalar) ning bilaterial simmetriyasi jiddiy ravishda buzilganligi va simmetriyaning ozmi yoki ko’pmi darajada asimmetriya tarzida keskin ifodalanishi bilan xarakterlanadi. Mollyuskalarning gavdasi uch bo’limdan iborat(1-rasm) bo’lib, bu gavdadan ma’lum darajada ajralib turgan-bosh bo’limi, ichki organlarning ko’pchilik qismini o’z ichiga olgan-tana bo’limi, va oyoq bo’limi - tananing muskulli qorin qismi ko’pincha keng sermuskul kaft, yoki dami o’tkir pona shaklida bo’ladi. Mollyuskalar oyoqlari yordami bilan sudralib yuradi yoki suv ostidagi narsalarga yopishib oladi. Qoplag’ichi va chig’anog’i. Mollyuskalar tanasi ko’pchilik umurt- qasizlarga xos bo’lgan bir katlamli epiteliy bilan qoplangan. Ko’pchilik mollyuskalarning gavdasi yaxshi rivojlangan oxakli chig’anoq bilan o’ralgan bo’ladi. Chig’anoq moddasi teri hujayralaridan ajralib chiqadi. Chig’anoq ostidagi teri qoplami mantiya deb ataladi. Mollyuskaning umumiy tuzilishi (qorinoyoqli mollyuska-Deroceras caucasicum misolida)
Tana
Oyoq
Bosh
Ichki tuzilishi Mollyuskalar tanasi ichki organlari orasidagi bo’shliqlar yumshoq biriktiruvchi parenxima bilan to’la bo’ladi, ularning «yumshoqtanlilar» deb atalishining sababi ham shundadir. Mollyuskalarda chig’anoq va maxsus harakatlanish organ-oyoqning rivojlanishi natijasida, muskullar qatlamiga ega bo’lgan tipik teri-muskul qopchiq yo’q, ularda maxsus oyoq muskulaturasi, ikki pallalilarda esa chig’anoqni biriktiradigan muskul rivojlangan. Mollyuskaning tuzilish sxemasi (qorin oyoqli mollyuska misolida)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
Do'stlaringiz bilan baham: |