Ochil roziqov, mels mahmudov bahtiyor adizov, alijon hamroyev on a til I didaktikasi


sohasida fikrlashuvni ta’minlash; fan hodisalarini tasvirlash


Download 111.3 Kb.
bet2/7
Sana19.06.2023
Hajmi111.3 Kb.
#1614275
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ona tili ditaktikasi

sohasida fikrlashuvni ta’minlash; fan hodisalarini tasvirlash.
Umumiy didaktika va ona tili didaktikasining o‘zaro aloqadorligi asosida xususiy didaktika sohasida qoilana- digan kategoriyalar ikki guruhga ajraladi: umumiy didaktik kategoriyalar; xususiy didaktik kategoriyalar.
Umumiy didaktik kategoriyalar sirasiga ma’lumot mazmuni,_ta’lim mazmuni, ta’lim jarayoni, prinsiplari, metodlari, tashkiliy shakllari kabilar kiradi. Umumiy didaktik kategoriyalar hamkorlik asosida yaratilgan qo'llanmada batafsil bay on etilgan.6
Xususiy didaktik kategoriyalar u yoki bu o‘quv predmetining ayni holatda ona tili predmeti, o‘z mohiyatiga ko‘ra ajratiladigan hodisalardir. «Grammatik tushuncha», «grammatik mashq» shunday kategoriyalar jumlasiga kiradi.
Grammatik tushuncha — lingvistik fikrlash shakli, grammatik mashq esa ona tilidan o’rganilgan bilimlami turli o‘quv sharoitlariga tatbiq etish yo‘li.
Ona tili didaktikasida umumiy va xususiy didaktik kategoriyalarga asoslanib, pedagogik hodisalarning mohiyati ochiladi. Maktablarda ona tilini o‘qitish jarayoni bilan daxldor hodisalarni tavsiflashda qo‘llanadigan kategoriyalar tizimi ona tili didaktikasi logikasi sanaladi.
tashkil etgan tarkibiy qismlar (bilim, malaka, ijodiy faoliyat tajribasi, munosabatlar) ta’lim mazmunining ham element- lari sanaladi.
Ozbek tilshunosligi fani va ona tili predmeti. Ona tilidan ma’lumot mazmuni ona tili predmetida mujassamlangan bo‘lib, u kishilarning o‘zaro aloqalashuvi uchun zarur bilimlarni izchil bayon qilishga moMjallangan. Binobarin, ona tili predmeti hozirgi o‘zbek tilshunosligi fanining ilmiy yutuqlari, tilning hozirgi taraqqiyoti xususidagi tasavvur- lar, tilni sinxronik o‘rganish natijalari negizida tuzildi. Ammo bu «hozirgi o‘zbek tilshunosligi» va «ona tili predmeti» bir xil, o‘zaro teng degan xulosaga olib kelmasligi kerak. Maktablarda o‘qitiladigan ona tili predmeti o‘zbek tilshunosligi fanidan quyidagicha farq qiladi.
Fan va o‘quv predmeti. Fan va o‘quv predmetining vazifalari turlichadir. 0‘zbek tilshunosligida kishilar tomonidan kashf etilgan bilimlarning barchasi mujassam­langan bo‘lib, uning vazifasi ona tilini bundan keyin taraqqiy ettirishdir. Ona tili predmeti yoshlarni ijtimoiy hayotga, ishlab chiqarishga tayyorlash maqsadida kishilarning o‘zaro aloqalashuvi uchun zarur bilimlar bilan qurollantiradi. Binobarin, o‘zbek tilshunosligi fani va ona tili predmeti jamiyatda bajaradigan vazifasiga binoan o‘zaro farq qiladi. 0‘zbek tilshunosligi fani nihoyatda murakkab bo‘lib, unda grammatik bilim va tushunchalarni, til hodisalarini ajratish uchun ishlatilgan terminlarning barchasi o‘z aksini topgan. Ona tili predmeti esa o‘quvchilarning bilish imkoniyatlari, tayyorgarlik darajasi, yoshiga mo‘ljallab tuzilgan. Demak, ona tili predmetida ta’limning lingvodidaktik, psixologik, fiziologik tomonlari hisobga olinadi.

Download 111.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling