Ochil roziqov, mels mahmudov bahtiyor adizov, alijon hamroyev on a til I didaktikasi
Download 111.3 Kb.
|
ona tili ditaktikasi
Dars qurilishini belgilash murakkab ish bo‘lib, uni konkretlashtirish, ko‘p jihatdan o‘quv materiali, o‘qitish metodi va o‘quvchilarning aqliy faoliyati bilan bog'liq. Yuqoridagi darslarning birinchisi sifat haqida umumiy ma’lumot hosil qilish bilan, ikkinchisi sifatlarning o‘ziga xos belgisi — sifat darajalari to‘g‘risida tushuncha hosil qilish bilan yakunlandi. Ikkala dars ham til dalillarini tahlil qilishdan boshlandi. Birinchi darsning kirish qismida tahlil qilingan til dalillari o‘quvchilarni yangi bilimni ongli o‘zlashtirishga tayyorlagan bo‘lsa, ikkinchi darsning kirish qismida tahlil uchun berilgan til dalillari o‘quvchilarning oldin o‘tilgan mavzu bo‘yicha olgan bilimlarini tekshirish, Yangi bilimlarni o'rgafcishjarayonida, ko‘pincha, o‘qitish metodlaridan aralash holda foydalaniladi. Ba’zan suhbat metodi bilan mustaqil ishlash metodi, ba’zan esa bayon qilish metodi bilan mustaqil ishlash metodi ozaro qo‘shiladi. Muammoli dars ta’limni tashkil etishning yangi shakli hisoblanadi. 0 ‘quvchilaming mustaqil aqliy faoliyati bunday darslarning psixologik zamini sanaladi. Muammoli darslarga ham an’anaviy dars tiplariga o‘xshab qator pedagogik talablar qo‘yiladi: ta’limda ilmiylik, izchillik, o‘qitishni turmushga bog‘lash va hokazo. Shu bilan birga, muammoli dars o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega. Muammoli o‘qitish ta’limning boshqa turlari va metodlariga tamoman zid emas. Uning asosiy xususiyatlari ta’lim jarayonining ma’lum zvenosida — yangi bilimlarni о‘rganish jarayonida, yangicha faoliyat ko‘rsatish shartlari va usullarini egallash bilan xarakterlanadi. Muammoli darslami quyidagicha rejalashtirish mumkin. Darsning maqsadi: «Ko‘chirma gap va muallif gapi» to‘g‘risida ma’lumot berish. Yangi mavzuni tushuntirishda о‘quvchilaming oldingi bilimlariga asoslaniladi. 0 ‘quvchilarga quyidagicha savol va topshiriqlar beriladi: Gapning maqsadiga ko‘ra turlarini aytib bering? Darak, so‘roq, buyruq gaplarning oxiriga qo‘yiladigan tinish belgilarini misollar bilan tushuntiring. Savollargajavob olingach, yangi mavzuni tushuntirishga o‘tiladi. Yangi mavzuni o‘rgatish. a) darsning mavzusi va maqsadini e’lon qilish: — Bolalar, hozir siz darak gapning oxiriga nuqta, so‘roq gapning oxiriga so‘roq, buyruq gapning oxiriga undov yoki nuqta qoyilishini juda to‘g‘ri aytdingiz. Bugun «Ko‘chirma gap»ni o‘rganamiz. Agar siz mening savollarimni diqqat bilan tinglab tursangiz, bugungi mavzuni o‘zingiz mustaqil o‘rganasiz. 1-variant. 0 ‘quv materiallari, faoliyat usullarini о‘zlashtirishning III darajasida egallab olgan о‘quvchilarga mavzular yuzasidan o‘ta murakkab topshiriqlarni bajartirish, nisbatan past о‘zlashtirgan o‘quvchilar bilan takroriy ta’lim asosida ishlash. Takroriy ta’lim etalon talablariga ko‘ra tashkil etilganini o‘quvchilar sezsin. Aks holda, ayrim o‘quvchilar o‘z shaxsiyatlari «kamsitilayot- ganday» his qilishlari mumkin. Bu takroriy ta’limning affektiv nuqtai nazari — aspektidir. Shuningdek, takroriy ta’limning DTS (davlat ta’lim standartlari) darajasida boTishi lozimligini ham unutmaslik kerak. Bunda qator yo‘llardan foydalanish mumkin: a) ta’limni jadallashtirgan tempda tashkil etish va tejalgan о‘quv soatlari hisobiga takroriy ta’limni tashkil etish; b) о‘quv predmetiga ajratilgan qo‘shimcha о‘quv soatlari hisobidan ta’limni takrorlash; d) о‘qituvchining o‘z xohishi, xizmat burchiga sadoqatiga ko‘ra, qo‘shimcha vaqt ajratib, takroriy ta’limni o‘tkazish; e) ota-onalar bilan tuzilgan bitim bo‘yicha takroriy ta’limni olib borish. 1-variantda takroriy ta’limni tashkil etishning 4-yo‘li («g» punkt) qator munozaralarga sabab bo‘lishi mumkin: avvalo, past о‘zlashtirish o‘quvchining o‘ziga (diqqat, irodani to‘plab qunt bilan o‘qimaslik), ota-onalarga (bolalarning о‘quv ishlarini doimiy kuzatib turmaslik, mustaqil o‘qish, uy vazifalarini bajarish uchun sharoit yaratib bermaslik), qolaversa, o‘qituvchiga (vijdonan dars o‘tmaslik, о‘quv yilining boshida diagnostik tashxisni bo‘sh o‘tkazish), bolaning shaxsiy hayotida yuz bergan yangilikka (bolalarning befoyda, hatto zararli bo‘lgan ishlar bilan band bo‘lishi, bir-birini sevib qolishlari ham mumkin) bog‘liq. Bolaning o‘zi, ota-onasi о‘zlashtirishda past natijaga erishishga sabab boiishsa, bitim asosida takroriy ta’limni tashkil etish mumkin. Buning ikki xil ahamiyati bor: ijtimoiy qimmat — о‘quvchi, uning ota-onasi bilimlarni DTS doirasida о‘zlashtirish zarurligini anglaydi; iqtisodiy qimmat chining nutqi ham) o‘quvchi uchun ta’lim manbai rolini bajaradi. O'quvchi uchun vositalar uning o‘zida. Bu fikmi tushunish uchun rim raqamlari bilan belgilangan quyidagi 3 ta abzatsni diqqat bilan o‘qib chiqamiz. Misol tariqasida murakkab undalmani o‘zlashtirish maqsadlari, vositalarini keltiramiz. Harakatga teng maqsadlar va ularga oid vositalar: matndan murakkab undalmali gapni ajratib yozish — maqsad; ajratib yozish usuli — vosita (a); so‘z birikmasi ishtirokida murakkab undalmali gap tuzish — maqsad; gap tuzish harakati — vosita (b); murakkab undalmaning shaxsga yoki narsaga qaratilganini aniqlash — maqsad; kuzatish va tahlil qilish harakatlari — vosita (d); murakkab undalmani gapning boshi, o'rtasi, oxirida ishtirok ettirib gap tuzish — maqsad; uch holatga rioya qilib harakat qilish — vosita (e); murakkab undalmalarda tinish belgilarni ishlatishni bilish — maqsad; tinish belgilarni ishlatish — vosita (f). Ko‘rinadiki, harakatga teng maqsadlaming har biriga ma’lum bir vosita to‘g‘ri keladi. Bu vositalar о‘quvchilaming o‘zida. Shu vositalami o‘quvchi qancha ongh, to‘g‘ri tanlay olsa, u o‘z oldiga qo'yilgan topshiriqlami shuncha samarali bajaradi. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, ta’lim texnologiyasi o‘quvchilarga bilim berish bilan birga, ularga o‘qiy olish (mustaqil bilim olish) usullarini ham o‘rgatishni taqozo etadi. Oraliq maqsadlar va ularga oid vositalar: murakkab undalmalarga oid bilimlarni o‘rganish — maqsad, mustaqil o‘qish usuli — vosita (1); murakkab undalmani matnda tanish — maqsad, kuzatish, ajratish usullari — vosita (2); murakkab undalmani sodda undalmadan farqlash — maqsad, murakkab va sodda undalmalarni taqqoslash — vosita (3); murakkab undalmalarni nutq amaliyotiga tatbiq etish — maqsad, murakkab undalmaga oid bilimlarni esga tushirish va o‘quv holatlarida qo’llash — vosita (4). 6 Qarang: Didaktika. — Т.: «Fan», 1997. 14-20-bet. Download 111.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling