Ochil roziqov, mels mahmudov bahtiyor adizov, alijon hamroyev on a til I didaktikasi


Download 111.3 Kb.
bet4/7
Sana19.06.2023
Hajmi111.3 Kb.
#1614275
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ona tili ditaktikasi

va boshqa texnik vositalardan foydalanib, so‘z ustalarining
nutqlarini tinglash; she’r va boshqa badiiy parchalarni

Jlangan par halarni o‘qituvchiga taqlid qilib


Utl IT


■|.ifi" 'ill I. ' ■!! I" J Л i'll I


f « I





» ao 1 uskullarini > *rli asha
мин 111и ii -i in i 111 ini 11 i 111 111 и nun ini
III I II И II II I I I il HI I III 111 | ПИПС I I II- II I III II I I III I II |l i ■ II II


*■1


II . 111 I к


.


/

qo‘shimchalarga chog‘ishtiriladi: bahavo-havoli, bexato- xatosiz. Metodist olim Y.Abdullayevning uqtirishicha, maktabda tarkibi tahlil qilinadigan so'zlarga quyidagi talablar qo'yiladi:



  1. Qadimgi ona tilida ma’noli qismlarga bolingan, hozirgi ona tilida bir о‘zak tarzida qo‘llanilayotgan sozlarning fkunduz-kun-duz, ovoza -ovoz-a, ko‘kat— ko‘k- at, tashqari-tash-qari, kechqurun-kech-qurun) tarkibi tahlil qilinmaydi.

  2. Aslida ikki va undan ortiq sozdan tuzilib, ona tilida bir so‘z tarzida ishlatiladigan so‘zlar (sepoya-se-poya, korjoma- kor-joma, sarpo-sar-po, samovar — sam-o-var, pulemyot-pul -e-met) sodda so‘zlar deb o‘rgatiladi.

  3. Boshqa tillardan o‘tgan sozlarning o‘zagi o‘zbek tilida mustaqil qollansa, bunday so‘zlar tarkibiga ko‘ra tahlil qilinadi (fotomuxbir, fotograf; telestudiya, kinostudiya, fotostudiya).

Ona tili predmetining fonetika, leksika, so‘z tarkibi, so‘z yasash, so‘z turkumlari, sintaksis bolimlari o‘tilganda, tarixiylik prinsipini amalga oshirish uchun katta imkoni- yatlar mavjud. Ammo tarixiylik prinsipiga rioya qilinar ekan, о ‘qituvchi maktabning ona tili predmeti hozirgi о ‘zbek tili zaminida qurilganligini aslo unutmasligi lozim.
Yuqorida ona tili o'qitishning o‘ziga xos prinsiplari to‘g‘risida fikr yuritildi. Bu prinsiplar ona tili darslariga qo‘yiladigan pedagogik talablar sifatida talqin etildi. Bu prinsiplarni atroflicha o‘rganish, ularni ona tilini o‘qitish jarayoniga olib kirish xususiy didaktika fanining vazifa- laridan biri hisoblanadi.
IV BOB
MAKTABDA LINGVISTIK BILIM У A TUSHUNCHALARNI 0 ‘ZLASHTIRISH
Maktabda lingvistik tushunchalarni o‘rganish nuqtai nazarlari. Tilshunoslik fanida ishlatiladigan barcha lingvistik kategoriyalar mavhum tushunchalardir. Tilshunos- likdagi «fonetika», «urg‘u», «ot», «sifat», «gap», «qo‘shma gap» kabi istilohlar ostida to‘plangan bilimlar abstrakt tafakkur mahsuli sanaladi. Kishilar til dalillarini o‘rganish, ularni abstraksiyalash, shu dalillarga xos juz’iy va umumiy xususiyatlarni ajratish natijasida, «ot», «gap» kabi terminlami shartli ravishda qabul qilishgan.
Tilning fonetikasi uning birdan-bir konkret tomonidir. Masalan, «а» tovushi faqat va faqat «а» tovushini bildiradi. Fonetika, fonema, bo‘g‘in, urg‘u kabi lingvistik kategoriya­lar abstrakt tafakkur mahsuli bo‘lsa-da, nutq tovushi (a), so'zning bir qismi (al-la), so‘z bo‘g‘inlaridan bittasining kuchli aytilishi (urg‘u) ongimizga bogdiq bolmagan holda mavjuddir.
Maktabda fonetikani o‘qitish о ‘quvchilaming tafakkurini o‘stirish bilan bevosita bogdangan. Buning uchun har bir nutq tovushi so‘z tarkibida o‘rgatiladi. Nutq tovushini so‘z tarkibida o‘rgatish natijasida bolalar nutq tovushlarini farqlaydigan bodadilar. Ma’lum nutq tovushiga ko‘ra so‘z ma’nolarining ozgarishi ustida mashq qilinadi: o‘n-in-un- il-ich-ez-iz. So‘zlarni tovush va bo‘g‘inlarga ko‘ra tahlil qilish, bo‘g‘inlardan so'zlar tuzish bolalarda analitik-sintetik faoliyatni tarbiyalaydi.
Nutq tovushlari, ulaming farqlari ustida mashq qilish natijasida bolalarda, birinchidan, lingvistik tushuncha shakllansa, ikkinchi tomondan, fonematik eshitish (nutq tovushini so‘z tarkibida to‘g‘ri anglash, fahmlash,

his etadi. Fikrlash jarayonidagi bog‘lanishlarni anglash o‘quvchiga nutq maqsadiga muvofiq so‘z tanlash, tanlangan so‘zlar ishtirokida fikr maqsadiga mos keladigan turli qurilma (konstruksiya)larni tuzish uchun asos bo‘ladi. Shunday qilib, til ta’limida ikkinchisi birinchisining hosilasi, birinchisi ikkinchisining asosi sifatida ishtirok etadigan ikki narsa: lingvistik bilim va lingvistik tushuncha doimo amal qiladi.
Lingvistik bilimlarni o‘zlashtirish natijasida o‘quvchi- larda lingvistik tushuncha hosil bo'ladi. Hosil qilingan lingvistik tushuncha bundan keyin o‘rganiladigan bilimlarni o‘zlashtirish uchun, o‘zlashtirilgan lingvistik bilim yangi tushunchalar hosil qilish uchun baza bo‘ladi. Lingvistik tushuncha — harakatdagi bilim, o‘zlashtirilgan bilim - lingvistik tushuncha.
Barcha o‘quv predmetlariga doir nazariy bilimlar asosida tushuncha hosil qilish ma’lum mushtarak qonunlar asosida boshqariladi. Ammo lingvistik tushunchalarni o‘zlashtirish tushunchaning boshqa turlarini o‘zlashtirishga nisbatan murakkab jarayon sanaladi. Masalan, tabiatda suvning aylanib vurishi bilan shu hodisani ifodalaydigan «Suv tabiatda aylanib vuradi» gapini o‘zaro taqqoslaylik. Suv tabiatda uch holatda uchraydi: suyuq, bug‘langan, muz. Uning bu holatlarini sun’iy yo‘l bilan yaratishimiz ham mumkin. Suvning bu






o‘qituvchi) ma’nolami bildiradigan turdosh otlar yasaydi; harakat nomlariga qo‘shilib shaxs otlari yasaydi (o‘quvchi, yozuvchi); fe’llarga qo‘shilib ot yasaydi (tomchi, suyunchi).
— ma affiksi: fe’l negizlariga qo‘shilib bodishsiz fe’l hosil qiladi (o‘qimadi, kelmadi); fe’l negizlarga qo‘shilib ot yasaydi (ko‘rsatma, bosma, yozma). Otlardagi egalik (-im, -ing, -i,- m,-ng) va fe’llardagi shaxs-son (-m, -im) qo‘shimchalari hamda ot yasovchi -m, -im, qo‘shimchalari shaklan oxshash bodadi. Qisqacha aytganda, o‘zbek tilida omomorfermalar ancha ko‘p. Bular ta’lim jarayonida lingvistik tushunchalarni ajratishni qiyinlashtiradi. Chunki bu qo‘shimchalar shaklan o‘xshasa-da, turlicha ma’nolami anglatadi. Grammatika mashgdilotlarida ularni o‘zaro chog‘ishtirish orqaH bolalaming ularni differensiatsiya qila olishlariga erishish mumkin.
0 ‘zbek tilida ko‘p ma’noli qo‘shimchalar mavjud. Masalan, jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi -gazamon (qishga qoldirildi), makon (uyga ketdi), atalganlik (ukamga oldim) ma’nolarini bildiradi; chiqish kelishigi qo‘shimchasidan harakat boshlangan joyni (tog‘dan), harakat boshlangan paytini (o‘n yildan oldin), natijani (ko‘p o‘qigandan) ifodalash uchun ham ishlatiladi; -lar affiksi ko‘plikni (kitoblar), tanqid yoki masxaralashni (keldilarmi), hurmat (dadamlar), tur-nav (suvlar, yogdar) ma’nolami anglatadi.
Bu xil qo‘shimchalarning ma’nosini matn orqali bilgan ma’qul.
Lingvistik bilimlarni о‘zlashtirish jarayonidagi subyektiv qiyinchiliklar. Lingvistik bilimlarni о‘zlashtirish jarayo­nidagi subyektiv qiyinchiliklar о‘qituvchilaming ish uslubiga, ularning nazariy va usuliy tayyorgarligiga bogdiq. Grammatik bilimlarni о‘zlashtirishni mushkullashtiradigan subyektiv omillar nihoyatda ко‘p. Bu yerda ularning ba’zilarini sanab o‘tish bilan. kifoyalanamiz.

  1. 0 ‘rganilayotgan qoida, o‘zlashtiriladigan tushun-

chaning mohiyatiga mos ish metodini, ta’lim vositasini tanlay olmaslik, ko‘p hollarda bir xil ta’lim metodidan foydalanish lingvistik bilimlami о‘zlashtirishga salbiy ta’sir etadi. O'qituvchi o‘qitish metodlaridan qay birini yaxshi bilsa, u ta’lim jarayonida shu metoddan ko‘p foydalanadi. Bu ta’limda bir xillikka olib keladi, bolalarni zeriktiradi.

  1. 0 ‘rganiladigan grammatik bilimlar mazmuniga mos faktik material tanlamaslik, grammatik qoidalarga oid dalillami yetarli to'plab, ularni atroflicha tahlil qilmaslik natijasida bolalar til hodisalarini yuzaki о ‘rganishadi.

  2. Grammatik bilimlarning asosiy belgilarini hisobga olmaslik, о‘quvchilar faoliyatida turlantirishga doir variativ topshiriqlardan foydalanmaslik ham ona tili ta’limiga salbiy ta’sir etadi. Metodik va nazariy adabiyotlarni puxta о‘zlashtirish orqali o‘qituvchi yuqoridagi kamchiliklarni tugata boradi.

  1. fasl. Lingvistik bilimlami о ‘zlashtirishning psixologik va didaktik xususiyatlari

0 ‘zlashtirish yangi о‘quv mavzularini birinchi marta o‘rganishdan boshlanadigan va uni o‘quvchining «o‘z» mulkiga aylantirish bilan yakunlanadigan aqliy jarayondir. 0 ‘quv materialini o‘z mulkiga aylantirish uchun o'quvchi unga turli vaqtda turlicha munosabatda bo‘ladi: ba’zi mashg'ulotlarda о‘quv materialini his etish, anglash, tushunish uchun unga murojaat etsa, ba’zi mashg‘ulotlarda o‘rganilgan bilimlarga doir faktik materiallarni to‘plash va tahlil etish uchun foydalaniladi.
0 ‘quv materialini o‘rganish jarayonida turli aqliy «operatsiyalar»ni bajarish natijasida, bir tomondan, o‘quvchining bilim doirasi taraqqiy etsa, ikkinchi tomondan, bolaning analitik-sintetik faoliyati shakllana boradi. Shu tufayli, olimlar o'quv materialining mazmuniga o‘quv- chining faoliyatini taraqqiy ettirish mazmuni deb qarashadi.
Til qonun-qoidalari lingvistik tushunchalarni o‘zlash- tirishda ulaming umumlashtiruvchanlik xususiyati nazarda — ega, gap tarkibidagi barcha bo'laklarga nisbatan hokim sanaladi; logik belgi — hukm ega haqida aytiladi. Ega va kesimning shaxs-sonda moslashuvi, eganing turli so‘z turkumlari bilan ifodalanishi uning ikkinchi asosiy bo‘lmagan belgisi hisoblanadi. Ega mavzusini o‘rgatish jarayonida qilinadigan ishlarning barchasi shu belgilar atrofida tashkil etiladi.
Ega mavzusi bo‘yicha tushuncha hosil qilishda uning ta’rifi — grammatik bilim asos boiadi. Eganing ta’rifini bolalarga yetkazish uchun taxminan quyidagicha gaplar o‘quvchilar ishtirokida tahlil qilinadi.

  1. В unda bulbul kitob o‘qiydi.

Bunda qurtlar ipak to‘qiydi.
Toshkent — 0 ‘zbekistonning poytaxti.
Salima she’rni yodladi.

  1. Kechqurunlari ikkovimiz cholga qarab ketardik.

To‘rt— beshdan kichik.

  1. Biz sharafli kurash yolini bo sib o'tdik.

Siz sahrolarga jon kirgizdingiz.

  1. Birlashgan daryo bo‘lar, tarqalgan irmoq bolar.

  2. 0 ‘qimoq — o‘rganmoq.

Tahlil uchun tanlangan yuqoridagi gaplar ega mavzusini о‘rganish jarayonida qo‘zg‘atgich rolini bajaradi. Misollar tarkibidagi egalar topiladi, so'roqlari aniqlanadi, kelishiklari aytiladi, egalaming qaysi so‘z turkumidan ifodalanganligi uqtiriladi. Gaplarni tahlil qilish orqali, o‘quvchilar egani ongli o‘zlashtirishga tayyorlanadi, bolalarda ega to‘g‘risi- dagi bilimlarni egallash ishtiyoqi tug‘iladi. Bular ta’lim jarayonida o‘quvchilar faolligini oshiradi.
Shunday qilib, shakl bilan mazmun о ‘rtasidagi aloqador- likni hisobga olish, turli formalaming ma’nosini matnda ochish, о ‘quv materiallarining asosiy belgilariga rioya qilish, lingvistik «bilimlarga oid faktik materiallami muttasil tahlil qilish natijasida о‘quvchilar o‘zbek tiliga mansub bilimlarini va ularga oid tushunchalami puxta o‘zlashtirishadi.

  1. fast. Lingvistik bilimlami о‘zlashtirish bosqichlari

Lingvistik bilimlami o‘zlashtirishda abstraksiyalash va konkretlashtirish. Lingvistik bilimlami о‘zlashtirishda о ‘quvchilaming aqliy faoliyati bir-birining zidi bo'lgan ikki yo‘ldan boradi: a) til dalillaridan lingvistik kategoriyaga, b) lingvistik kategoriyadan til dalillariga, dalillardan kategoriyaga qarab borish abstraksiyalashga olib keladi. Lingvistik bilimlami о‘zlashtirish jarayonida abstrak­siyalash va konkretlashtirish o‘zaro ziddiyatli tomonlar sifatida, sabab va natija kategoriyalari shaklida amal qiladi.
Nutq (masalan, o'rganilgan mavzuni aytib berish paytida) istilohlarni to‘g‘ri atash, ularni ajrata bilish, umumlashtirish bilan uzviy bog'langan. 0 ‘quvchi o‘rganil- gan bilimni aniq his qilsa, lingvistik tushunchalami o‘ziga muvofiq terminlar bilan atay olsa, u ma’lum mavzu yuzasidan chuqur bilim olgan hisoblanadi. Zotan, tegishli tushunchalami anglash va ajrata bilish — bu tilning aniqligi va ifodaliligini puxta egallash demakdir.
Lingvistik bilimlami о‘zlashtirish bosqichlari. Umumlash­tirish — abstraksiyalash va konkretlashtirishning natijasi, о‘zlashtirishning oxirgi bosqichidir. Masalan, о‘quvchi biror mavzu o‘rganilgach, qoidani yoddan aytib bersa-da, dalil keltira olsa-da, ammo qoidani ongli aytib berishda qiynaladi, bolalar ba’zan istilohlarni almashtirishadi. Mavzu yuzasidan yetarli mashq о‘tkazilgach, o'quvchi bilimidagi nuqsonlar yo‘qoladi. Umumlashtirish ongda tushuncha, nutqda hukm sifatida shakllanadi.
Yuqoridagi abzatsdagi «umumlashtirish-о‘zlashtirish­ning oxirgi bosqichi» degan jumla biroz aniqlikni talab etadi. Zero, о‘quv materialini birinchi marta o‘rganganda, umumlashtirish ishtirok etmaydimi, degan savol tug‘iladi. Bu savolga ruhshunos olima N.A.Menchinskaya shunday
bolalar oldiga muammolar qoyilgan muammo to‘g‘risida qoyish; <- oylash;
qo‘yilgan muammo asosida -> o‘qituvchi tushuntirishlarini



- tinglash;

<■
bilimlarni izchil bayon etish;


v


xulosalar chiqarish; bilimlarni о‘quv sharoitiga tatbiq qilishni tashkil etish.
bilimlarni о‘quv va hayotiy sharoitlarga tatbiq qilish.


Yuqoridagilardan ko'rinadiki, ta’limda hech bir metod sof holda qollanmaydi. Har bir ta’lim metodi tarkiban o‘qitish, o‘qish metodlaridan iborat. 0 ‘qitish va o‘qish metodlarining bir-biriga mosligi, о‘qitish va o‘qish faoliyatlarining o‘zaro muvofiqlashuvini ta’minlaydi. Bu esa, o‘z navbatida, didaktik ta’sirning — o'qitish va o‘qish faoliyatlari ozaro ta’sirining samarali amal qilishiga olib keladi.

Download 111.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling