Ochil sirojov, oybеk sirojov


Tushunchalar va tayanch iboralar


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/39
Sana10.01.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1087043
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
Bog'liq
SHARQ MAMLAKATLARIDA XAVFSIZLIK MUAMMOLARI @centerasia library

Tushunchalar va tayanch iboralar: 
Axborot xavfsizligi, axborot resurslari, informatsion 
xuruj, axborot resurslaridan foydalanish muammosi
ob’ektiv axborot, propaganda, axborot sohalari,
O‘zbekiston Respublikasi axborot siyosati, axborot 
xavfsizligiga doir xalqaro normalar. 
Davlatning axborot xavfsizligi - konstitutsiyaviy 
tuzum, 
suverenitet, 
hududiy 
yaxlitlikni 
axborot 
vositalaridan 
foydalangan 
holda 
himoya 
qilish 
hisoblanadi. Bunda shu sohada davlatning hayotiy 
manfaatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Davlatning 
axborot sohasidagi hayotiy manfaatlari: 
a) axborot sohasida shaxs va jamiyat manfaatlarini 
amalga oshirish uchun sharoit yaratish; 
b) davlat hokimiyati organlari ustidan jamoatchilik 
nazorati institutlarini shakllantirish; 
v) bu sohadagi huquq-tartibotni so‘zsiz ta’minlash;
d) shaxsiy axborot infratuzilmasini rivojlantirish 
uchun sharoit yaratish;
e) davlat hokimiyati organlarining mamlakat milliy 
manfaatlarini ta’minlaydigan qarorlarini tayyorlash va 
amalga oshirish tizimini shakllantirish; 


103 
f) davlat axborot tizimi va axborot resurslarini 
muhofaza qilish (shu jumladan davlat sirlarini muhofaza 
qilish);
g) mamlakatning yagona axborot makonini himoya 
qilish;
z) teng huquqli va o‘zaro xalqaro hamkorlikni 
rivojlantirish va boshqalar.
Shu 
bilan 
birga 
oldingi 
mavzularimizdagi 
tahlillardan kelib chiqib axborot sohasidagi tahdidlarni 
ham ko‘rib o‘tsak. Davlatning axborot xavfsizligiga 
tahdidlar vksariyat holatlarda quyidagilarni o‘z ichiga 
oladi:
davlatning sub’ektlari tomonidan konstitutsiyaga zid 
huquqiy 
hujjatlarning 
qabul 
qilinishi 
tufayli 
mamlakatning yagona huquqiy makonining eroziyasiga 
qaratilgan axbort manbalarini chop etish,tarqatish, targ‘ib 
qilish;
davlatning yagona axborot makonini yo‘q qilish;
davlat axborot agentliklari va ommaviy axborot 
vositalarini ichki axborot bozoridan siqib chiqarish;
axborot 
bozorini 
monopollashtirish 
orqali 
plyuralizmni cheklash;
davlat ommaviy axborot vositalarining milliy 
manfaatlar asosidagi axborotlar bilan milliy va xorijiy 
auditoriyani xabardor qilish faoliyatini cheklash;
axborot tizimlarining faoliyati va rivojlanishiga 
ruxsatsiz maqsadli aralashuv va kirib borish;
destruktiv axborot yetkazib auditoriyani qarama-
qarshi qo‘yish va boshqalar. 
Davlatning milliy xavfsizligi asosan axborot 
xavfsizligini ta’minlashga bog‘liq va texnologik 
taraqqiyot jarayonida bu masala ancha murakkablashib 
bormoqda. Sababi davlatning axborotlarni cheklash yoki 
filtrlash imkoniyatlari cheklanib bormoqda. 


104 
Davlatning axborot xavfsizligini ta’minlashda shaxs, 
jamiyat va davlatning muvozanatli manfaatlari yig‘indisi 
bilan belgilanadigan axborot sohasidagi uning milliy 
manfaatlarini himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Davlatning axborot sohasidagi milliy manfaatlaridan kelib 
chiqqan holda, axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 
davlatning ichki va tashqi siyosatining strategik va 
dolzarb vazifalari shakllantiriladi. 
Davlatning 
axborot 
sohasidagi 
milliy 
manfaatlarining to‘rtta asosiy tarkibiy qismi mavjud. 
Davlatning 
axborot 
sohasidagi 
milliy 
manfaatlarining birinchi tarkibiy qismi ma’lumot olish va 
undan 
foydalanish 
bo‘lib, 
davlatning 
ma’naviy 
yangilanishini ta’minlash, saqlash va mustahkamlash 
sohasidagi inson va fuqaroning konstitutsiyaviy huquq va 
erkinliklariga rioya qilish biln bog‘liq hisoblanadi. 
Jamiyatning ma’naviy qadriyatlari, vatanparvarlik va 
insonparvarlik an’analari, mamlakatning madaniy va 
ilmiy salohiyati axborot manbalarining asosini tashkil 
etadi. 
Davlatning 
axborot 
sohasidagi 
milliy 
manfaatlarining ikkinchi tarkibiy qismi davlat siyosatini 
jamiyat va xalqaro hamjamiyatga samarali yetkazish 
menanizmlarini shakllantirish, davlatning u yoki bu 
masaladagi rasmiy pozitsiyasi to‘g‘risida ishonchli 
ma’lumotlarni yetkazish bilan bog‘liq bo‘lgan davlat 
siyosatini axborot bilan ta’minlashni o‘z ichiga oladi. Shu 
bilan birga davlat va xalqaro hayotdagi ijtimoiy 
ahamiyatga ega bo‘lgan voqealar to‘g‘risida, fuqarolarga 
ochiq 
davlat 
axborot 
resurslaridan 
foydalanish 
imkoniyatini berish ham bu yo‘nalishda muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Davlatning 
axborot 
sohasidagi 
milliy 
manfaatlarining uchinchi tarkibiy qismi zamonaviy 
axborot texnologiyalarini, mahalliy axborot sanoatini, shu 


105 
jumladan axborotlashtirish, telekommunikatsiya va aloqa 
sanoatini rivojlantirish, ichki bozor ehtiyojlarini o‘z 
mahsulotlari bilan qondirish va ishlab chiqarishni o‘z 
ichiga oladi. Bu ushbu mahsulotlarni jahon bozoriga 
chiqarish, shuningdek, mahalliy axborot resurslarini 
to‘plash, saqlash va ulardan samarali foydalanishni 
ta’minlash jarayoni bilan bog‘liq. Globallashuv sharoitida 
axborotni cheklash imkonsiz shunday ekan faqat axborot 
xurujlariga kontur axborot bilan javob qaytarish muhim. 
Buning uchun esa zamonaviy texnologiyalarni yaratish, 
ishlab chiqarishni texnologik qayta jihozlash, mahalliy 
fan va texnika yutuqlarini ko‘paytirish masalalarini hal 
etish muhim.
Davlatning 
axborot 
sohasidagi 
milliy 
manfaatlarining to‘rtinchi komponenti axborot resurslarini 
ruxsatsiz kirishdan aniqrog‘i xakerlar hujumidan himoya 
qilish. 
Bu 
asosan 
davlat 
hududida 
allaqachon 
joylashtirilgan 
va 
yaratilayotgan 
axborot 
va 
telekommunikatsiya 
tizimlarining 
xavfsizligini 
ta’minlashni o‘z ichiga oladi. 
Davlatning axborot xavfsizligining huquqiy asosi 
axborot xavfsizligi doktrinasi hisoblanadi. U himoya 
ob’ekti sifatida shaxs, jamiyat va davlatning mutanosib 
manfaatlarini ko‘rib chiqadi. Chunki shaxs va fuqaroning 
axborot manfaatlarini himoya qilmasdan turib, davlatni 
ijtimoiy shartnoma sub’ekti va suverenitet tashuvchisi 
sifatida qabul qilib bo‘lmaydi, ularsiz fuqarolarni himoya 
qilish mumkin emas. Shuningdek, konseptsiya doirasida 
dasturiy ta’minot, jismoniy va texnik vositalar yordamida 
amalga oshiriladigan axborot infratuzilmasini himoya 
qilish, ilmiy ishlanmalar va nou-xau xavfsizligini 
ta’minlash kiradi. 
Jumladan, 2016 yil 7 noyabrda XXR axborot 
xavfsizligi to‘g‘risida qonun qabul qilingan bo‘lib 2017yil 
iyundan kuchga kirgan. Bu davlatning axborot xavfsizligi 


106 
doktorinasi sifatida qayd etiladi. Shunday qilib, raqamli 
makonda milliy xavfsizlik, shu jumladan shaxs, jamiyat, 
davlat 
va 
infratuzilmaning 
axborot 
xavfsizligini 
ta’minlash deganda shaxsning huquqlari va qonuniy 
manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydigan axborot 
muhiti xavfsizligi holati tushuniladi. jamiyat va davlat 
axborot sohasida, ularning himoyasi, amalga oshirilishi 
to‘liq ta’minlanganda hamda ichki va tashqi tahdidlarning 
miqdori 
va 
sifatidan 
qat’iy 
nazar 
rivojlanish 
imkoniyatlarini ta’minlaydi. 
Rivojlangan 
milliy 
xavfsizlik 
axborot 
tizimi 
quyidagi asosiy parametrlar bilan belgilanadi: 
• davlat va jamoat organlarining axborot 
resurslarining saqlanishi va yaxlitligini hamda davlat va 
jamoat tizimlarining normal faoliyat ko‘rsatishi uchun 
zarur 
bo‘lgan 
axborot 
oqimlarining 
to‘siqsiz 
harakatlanishini ta’minlash imkoniyati; 
• milliy va xalqaro axborot sohasida yuzaga 
keladigan barcha turdagi tahdidlarga, shu jumladan, 
axborot infratuzilmasi, moliya-kredit tizimi, kompyuter 
tarmoqlariga tahdidlarga, ilmiy ishlanmalar xavfsizligini 
ta’minlashga munosib qarshilik ko‘rsatish qobiliyati; 
• axborot sohasida ichki barqarorlikka putur etkazish 
va 
xalqaro 
maydonda 
mamlakat 
obro‘sini 
yomonlashtirishga qaratilgan fuqarolarga va boshqa 
davlatlarga psixologik ta’sirga qarshilik ko‘rsatish 
qobiliyati; 
• fuqarolar va tashkilotlarning axborot tahdidlariga 
mustaqil ravishda qarshi turish ko‘nikmalarini, buning 
uchun barcha zamonaviy dasturiy ta’minot va texnik 
vositalardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish 
bo‘yicha amalga oshirilgan niyat; 
• har qanday turdagi tahdidlarga, jumladan, eng 
yangi texnologiyalar yordamida yaratilgan tahdidlarga 


107 
qarshi turishga doimo tayyor bo‘lish, o‘z himoya 
vositalarimiz xavfsizligini ta’minlash. 
Milliy axborot xavfsizligi bir tomondan o‘zi himoya 
obekti 
bo‘lsa, 
ikkinchi 
tomondan 
xavfsizlikni 
ta’minlovchi texnik, dasturiy va ilmiy resurslarga 
asoslanadi. Ushbu resurs salohiyatini oshirish raqamli 
davrda davlatning asosiy vazifalaridan biriga aylanib 
bormoqda. So‘nggi bir necha o‘n yilliklar ichida dunyo 
butunlay o‘zgardi va aksariyat aloqalar, moliyaviy 
operatsiyalar, ma’lumotlar arxivlari Internet global 
tarmog‘i orqali amalga oshiriladi. Bu faqat moddiy 
tashuvchilar 
davriga 
nisbatan 
ularning 
uchinchi 
shaxslarga kirish imkoniyatini oshirdi va shunga mos 
ravishda foydalanish imkoniyati bilan birga zaiflik ham 
oshdi.
Axborot xavfsizligi yoki axborotning buzg‘unchi 
ta’siridan himoyalanishda ifodalangan shaxs va jamiyat 
manfaatlari doimo tahdid ostida bo‘lib, ular nafaqat 
tijorat, balki psixologik yoki mafkuraviy manfaatlarga 
ham asoslangan. Davlatlarning axborot xavfsizligi 
sohasidagi manfaatlari, o‘z navbatida, nafaqat xakerlik 
guruhlari, balki alohida davlatlar tomonidan ham hujumga 
uchrashi 
mumkin. 
Jumladan, 
AQSH 
prezidentlik 
saylovlarida Rossiyani ayblagani fikrimizni tasdiqlaydi. 
Qolaversa axborot texnologiyalari bugungi kunda global 
transchegaraviy xususiyatga ega bo‘lib, bu ularni milliy 
darajada tartibga solishni ham, tahdid manbalarini aniq 
aniqlashni ham imkonsiz qiladi.
So‘nggi yillarda axborot tahdidlari tizimi sezilarli 
darajada o‘zgardi. Xakerlik guruhlari va terroristik 
tashkilotlar, 
shuningdek, 
an’anaviy 
tarzda 
raqobatlashayotgan xorijiy razvedka tashkilotlari bilan bir 
qatorda, ko‘pincha razvedka xizmatlari tomonidan 
boshqariladigan ekstremistik tashkilotlar va buzg‘unchi 
sektalar ham tahdidlarni keltirib chiqara boshladi. 


108 
Tahdidlar kuchaydi, muhim infratuzilma obektlari 
nazoratini to‘sib qo‘yishga urinishlar, davlat axborot 
resurslari va tarmoqlariga tajovuzlar tez-tez uchramoqda. 
Davlatning xalqaro maydondagi nufuzini buzishga 
qaratilgan harakatlar mustaqil muammoga aylandi. 
Milliy 
xavfsizlikka 
tahdidlarning 
kuchayishi 
quyidagi omillar bilan bog‘liq: 
• alohida davlatlarning xalqaro axborot makonida 
hukmronlik qilish uchun o‘z dasturiy va texnologik 
afzalliklaridan foydalanishga intilishi; 
• fuqarolarning psixologik holatini manipulyatsiya 
qilish, ular tomonidan Davlat suvereniteti, hududiy 
yaxlitligi va ichki barqarorligiga tajovuz qilish bilan 
bog‘liq harakatlarni amalga oshirishga qaratilgan 
harakatlarni kuchaytirish; 
• Davlat ommaviy axborot vositalariga bosim, 
Davlat obro‘sini ataylab yomonlash va boshqalar. 
Milliy axborot xavfsizligini ta’minlash odatda 
rivojlangan 
davlatlarda 
quyidagi 
xizmatlar 
va 
tashkilotlarga yuklanadi: 
• asosiy hujjatlarni ishlab chiqadigan, ularning 
bajarilishini va harakatlar natijalarini monitoringini 
ta’minlaydigan Davlat Xavfsizlik Kengashi; 
• Mudofaa vazirligi harbiy sohada yuzaga keladigan 
milliy xavfsizlikka tahdidlarni qaytarish, axborot mudofaa 
infratuzilmasiga ta’sir ko‘rsatish va armiya ma’naviyatini 
pasaytirishga qaratilgan mafkuraviy ta’sir nuqtai 
nazaridan; 
• separatizm, ekstremizm kuchayishiga, ichki 
barqarorlikka putur yetkazishga qaratilgan axborot 
tahdidlarini qaytarish nuqtai nazaridan ichki xavfsizlik 
organlari; 
• axborot xavfsizligi, axborot oqimlarining 
xavfsizligi, shu jumladan texnik vositalardan foydalanish 
bo‘yicha standartlarni belgilovchi davlat organlari; 


109 
• raqamli uskunalar va uning butlovchi qismlarini 
ishlab chiqarish bo‘yicha import o‘rnini bosish vazifasi 
yuklangan biznes; 
• yangi texnologiyalar va dasturiy mahsulotlarni 
ishlab chiqish ulushi bo‘lgan ilmiy tashkilotlar; 
• fuqarolarning shaxsiy axborot xavfsizligi sohasida 
xabardorligini oshirishga qaratilgan fuqarolik jamiyati. 
Raqamli dunyoda axborot milliy xavfsizligini 
ta’minlash jarayonlarining barcha ishtirokchilari bir-
birining ehtiyojlarini va o‘zgaruvchan bozor sharoitlarini 
his qilib, hamkorlikda ishlashi kerak. Barcha choralar 
tahdidlar darajasini pasaytirish, yangi xavflarni bashorat 
qilish, hujumlarni qaytarish, ularning oqibatlarini bartaraf 
etish, texnik, mafkuraviy va axborot salohiyatini oshirish, 
Davlat, fuqarolar va jamiyatning axborot xavfsizligini 
ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi kerak . 
Mavzu doirasida xulosa qiladigan bo‘lsak milliy 
xavfsizlik tizimida uchinchi ming yillik bo‘sag‘asida 
axborot xavfsizligi birinchi o‘ringa chiqayotganidan kelib 
chiqib, bu boradagi yagona davlat siyosatini shakllantirish 
va amalga oshirish ustuvor e’tiborni talab qiladi. Ming 
yilliklar bo‘sag‘asida jamiyatning axborot muhiti siyosiy, 
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotning hal qiluvchi 
omiliga aylandi. Davlat, mintaqalararo, xalqaro va global 
muammolarni hal qilishda axborot muhitining holati va 
uning jamiyat hayotining barcha sohalariga ta’siri hisobga 
olinmaydi. Ochiq kompyuter va telekommunikatsiya 
tarmoqlarining 
globallashuvi, 
dunyoda 
axborot 
texnologiyalari, mahsulot va xizmatlari sohasidagi 
yutuqlarning jadal o‘sishi, xalqaro axborot makonining 
shakllanishi 
davlatlar 
geosiyosiy 
yaxlitligini 
ta’minlashning an’anaviy mexanizmlarini buzish uchun 
zarur shart-sharoitlar yaratmoqda. Axborot huquqi va 
qonunchilikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini 


110 
belgilashda ushbu yangi tendensiyalarni hisobga olish 
zarur.
Axborot xavfsizligining roli va uning mamlakat 
milliy xavfsizlik tizimidagi o‘rni davlat axborot siyosati 
axborot xavfsizligi tizimi orqali mamlakat milliy 
xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat siyosati bilan 
chambarchas bog‘liqligi bilan belgilanadi. Bunda: milliy 
manfaatlar, ularga tahdidlar va milliy xavfsizlikning 
barcha sohalarida ushbu tahdidlardan himoyalanish 
axborot va axborot sohasi orqali ifodalanadi va amalga 
oshiriladi. Shaxs va uning huquqlari, axborot va axborot 
tizimlari hamda ularga bo‘lgan huquqlar nafaqat axborot 
xavfsizligining asosiy ob’ektlari, balki uning barcha 
sohalaridagi barcha xavfsizlik obektlarining asosiy 
elementlari hisoblanadi. Milliy xavfsizlik muammolarini 
hal qilish asosiy ilmiy va amaliy usul sifatida axborot 
yondashuvidan 
foydalanish 
bilan bog‘liq, milliy 
xavfsizlik muammosi aniq axborot xarakteriga ega. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling