Ochil sirojov, oybеk sirojov


-MAVZU:  MILLIY XAVFSIZLIKNING KONSEPTUAL


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/39
Sana10.01.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1087043
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39
Bog'liq
SHARQ MAMLAKATLARIDA XAVFSIZLIK MUAMMOLARI @centerasia library

3-MAVZU: 
MILLIY XAVFSIZLIKNING KONSEPTUAL 
ASOSLARI 
 
Dars maqsadi:
Talabalarga milliy xavfsizlikning asoslari va ularni 
shakllantirish imkoniyatlari haqida bilim berish; ularning 
milliy xavfsizlik konseptsiyasini tuzilishi, mazmuni va 
mohiyati 
haqida 
tasavvur 
hosil 
qilishlarida 
ko‘maklashish; 
talabalarda 
milliy 
xavfsizlikni 
ta’minlashda uning konseptual asoslarini zaruriyatini 
ochib berish.
Tushunchalar va tayanch iboralar: 
Milliy xavfsizlik, konseptsiya, asos, milliy xavfsizlik 
konseptsiyasi, ustivor yo‘nalishlar, milliy manfaatlar, 
xavfsizlikni ta’minlash muammosi, davlat xavfsizligi, 
O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligi, davlat 
xavfsizligi, potensial tahdidlar.
Milliy xavfsizlikning konseptual asoslarini mavjud 
xalqaro normalar va milliy normalar tashkil etadi. 
Xalqaro normalarga konvensiyalar, dekloratsiyalar, 
xalqaro tashkilotlarning ustavlari va bitimlar kiradi. Biz 
yuqorida qayd etganimizdek milliy xavfsizlik xavflardan 
himoyalanganlik ekan. Xavflarni tug‘diruvchi kuch 
sub’ektlar (guruhlar, davlatlar) hisoblanadi. Ya’ni 
davlatga davlat yoki harbiy bloklar o‘zining hatti-
harakatlari bilan xavf soladi. Ana shu hatti-harakatlar 
ma’lum bir tartibga solingan bo‘lsa va undan tashqariga 
chiqilmasa muammo bo‘lmaydi. Ana shu tartiblar xalqaro 
normalarda aks etgan bo‘ladi. Endi uning Shari 
mamlakatlariga daxldorligiga kelsak, Sharq davlatlari 
ham xalqaro hamjamiyatning bir qismi sifatida yuqoridagi 
normalarni shakllanishida, amal qilishida o‘z hissalarini 


46 
qo‘shganlar va qo‘shib kelmoqdalar. Shu jihatdan bu 
normalarni misollar orqali tahlil qilsak. Masalan, Vestfal 
bitimi(1648)da ilk bor davlat suvereniteti va uning 
daxlsizligi xalqaro norma sifatida o‘rtaga tashlanadi. Bu 
bitimning yana bir muhim jihat shundan iboratki, hujjat 
matnini yaratishda insoniyat tarixida birinchi marta butun 
bir kongress ishtirok etdi. Natijada dunyo davlat 
suvereniteti konseptsiyasiga asoslangan yangi tuzumga 
asos solindi. 
Vestfal munosabatlar tizimi, xususan, mamlakatlar 
tengligi va ularning qo‘shnilaridan o‘z ishlariga 
aralashmaslikni talab qilish huquqini o‘z zimmasiga oldi. 
U yerda birinchi marta "milliy manfaat" kabi tushuncha 
paydo bo‘ldi. Shartnomaning yana bir muhim jihati davlat 
ustuvorligini belgilash bo‘lib, u haqiqatda diniy jihatni 
xalqaro munosabatlar tizimidan chiqarib 
tashladi. 
Natijada 
Vestfaliya 
tinchligi 
xalqaro 
siyosatning 
prinsipial jihatdan yangi konsepsiyasini yaratdi. Ushbu 
tushuncha 
bugungi 
kungacha 
o‘z 
ahamiyatini 
yo‘qotmagan.
Yoki 1945 yildan xalqaro tinchlikparvar tashkilot 
BMT tashkil topgandan keyin global xavfsizlik va 
davlatlarning ichki ishlariga araldashmaslik, nizolarni 
tinch yo‘l bilan hal qilish, agressiyani cheklash kabi 
qadriyatlar shakllandi. Unda esa BMT (xavfsizlik 
kengashi)ning 
rezalyutsiyalari 
ham 
xavfsizlikni 
kafolatlashda muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Yoki 
Vena konvensiyasi (1961)ni olaylik. Bu konvensiya 
davlatlar o‘rtasida diplomatik aloqalar tartibi, diplomatik 
immunitet haqida bo‘lib bu ham nizolarni tinch yo‘l bilan 
hal qilish imkonini beradi . Yoki o‘tgan asrning 70 
yillarida ikki qutbli dunyo nomoyondalari o‘rtasida 
qurollanish poygasini qisqartirish to‘g‘risidagi shartnoma 
(1979)ni olaylik. SSSR va AQSH strategik qurollarni 


47 
cheklash to‘g‘risidagi Bitim asosida ikkala qudratli davlat 
yadroviy arsenallarini kamaytirish majburiyatini oldi. 
Bitimning imzolanishi har ikki davlatga nafaqat 
qurollanishni, balki o‘z harbiy xarajatlarini ham sezilarli 
darajada kamaytirish imkonini beradi. Bu esa davlat 
xavfsizligi uchun muhim bo‘lgan ikki qarama-qarshi 
tomon o‘rtasida ishonchni shakllanishida va uni 
kafolatlanishiga olib keldi. Keyingi yillarda iqtisodiy, 
ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashda muhim rol o‘ynagan 
integratsion tashkilotlar va ular doirasidagi kelishuv va 
bitimlar ham mintaqaviy xavfsizlik va uni poydevorini 
tashkil qilgan davlat xavfsizligini qafolatlashda eng 
muhimi tomonlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va ma’suliyatni 
shakllantirishda muhim rol o‘ynagan. Jumladan, ASЕAN 
ni olaylik bu tashkilot keyingi ellik yildan ortiq vaqt 
mobaynida a’zo davlatlar o‘rtasida nafaqat iqtisodiy, 
siyosiy hamkorlikni kuchaytirishga shu bilan birga 
davlatlar xavfsizligi kafolati sifatida ham namoyon bo‘ldi.
Navbatdagi 
masala 
milliy 
normalarning 
xavfsizlikning konseptual asosi sifatida tahlil qilsak. 
Avvalo milliy normalarga davlatning bosh qomusi, 
ma’lum bir davrni qamrab oluvchi strategiyasi va milliy 
xavfsizlik konseptsiyasi kiradi. Endi ular haqida 
batafsilroq to‘xtalsak. Ma’lumki, konstitutsiya davlat 
qonunchiligining asosi sifatida namoyon bo‘ladi. Shu 
jihatdan unda xavfsizlikning huquqiy asoslari ham aks 
etadi. 
Masalan, 
O‘zbekiston 
respublikasi 
Konstitutsiyasining 3-moddasida chegara va hudud 
daxlsizligi prinsipi qayd etilgan bo‘lsa, 17-moddasida 
suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid 
qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l 
bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga 
aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum 
e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi. 


48 
Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, 
farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida 
ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo 
tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi kabi 
prinsiplar aks etgan . Konstitutsiya qolgan barcha 
normativ hujjatlar uchun ham huquqiy asos hisoblanadi. 
Jumladan, milliy xavfsizlik konseptsiyasi ham ana shunga 
asoslanadi.
Navbatdagi 
masala 
davlatlarning 
taraqqiyot 
strategiyalari haqida to‘xtalsak. Bu strategiyalarda 
ma’lum yillar kesimida xavfsizlikni ta’minlash borasidagi 
rejalar, yo‘l xaritalari aks etadi. Shu jihatdan ma’lum 
yillar kesimidagi xavfsizlikni ta’minlash borasidagi 
amaliy sayi-harakatlar shunga asoslanadi. Jumladan, 
Sharqdagi yetakchi davlatlardan biri XXRni olaylik. 
Xitoyni 2050 yilgacha mo‘ljallangan strategik rejasi 
mavjud. Bu strategiya Kommunistik partiyaning XIX 
s’ezdi (18-24 oktabr 2017 y.)da qabul qilingan. Strategiya 
ikki bosqichli strategik rejadan iborat bo‘lib, birinchi 
bosqich 2020 yildan 2035 yilgacha davrni o‘z ichiga olsa, 
ikkinchi bosqich esa 2035 yildan 2049 yilni o‘z ichiga 
oladi . Strategiyada xavfsizlik masalasi ham markaziy 
o‘rinda turadi. Jumladan, unda belgilangan 4 maqsaddan 
uchinchi maqsad xavfsizlik bilan bog‘liq. Ushbu 
maqsadga ko‘ra - milliy suverenitetni ta’minlash va 
himoya 
qilishga 
qaratilgan 
Xitoy 
Xalq 
Ozodlik 
Armiyasini (XXOA) yanada isloh qilish. XXOA 2035 
yilga kelib modernizatsiya qilinib, bu borada mintaqaviy 
liderga aylanishi ko‘zlangan bo‘lsa, 2049 yilga borib 
XXOA jahon miqyosidagi yetakchi harbiy kuchga 
aylanishi rejalashtirilmoqda. Bu 2035 yilgacha Xitoy 
armiyasining mintaqaviy ustunligiga va 2049 yilga borib 
AQSH armiyasi bilan global paritetga erishishini 
anglatadi.


49 
Yoki 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi 
O‘zbekistonning 
taraqqiyot 
strategiyasining 
90-
maqsadida davlatning mudofaa qobiliyatini yanada 
mustahkamlash, Qurolli Kuchlarning jangovar shayligini, 
uning imkoniyatlari va qobiliyatini kuchaytirish masalasi, 
yoki 94-maqsadida Markaziy Osiyoda xavfsizlik, savdo-
iqtisodiy, suv, energetika, transport va madaniy-gumanitar 
sohalardagi yaqin hamkorlikni sifat jihatidan yuqori 
bosqichga olib chiqish vazifalari rejalashtirilgan . 
Navbatdagi muhim milliy norma miliy xavfsizlik 
konsepsiyasi yoki mudofaa doktorinasi haqida to‘xtalsak.
Xavfsizlik siyosatining eng muhim me’yoriy – 
huquqiy asosi milliy xavfsizlik konseptsiyasidir. Milliy 
xavfsizlik konseptsiyasida milliy xavfsizlik tizimining 
xavfsizlikning barcha sub’ektlarining kordinatsiyalashgan 
faoliyati va xatti – harakatlari asosida asosiy yo‘nalishlari 
o‘z ifodasini topadi. Unda shaxs, jamiyat va davlatni 
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy, texnogen, ekologik, 
axborot, g‘oyaviy va boshqa xarakterdagi ichki va tashqi 
tahdidlardan mavjud resurslar va imkoniyatlarni hisobga 
olgan holda himoya qilish bo‘yicha rasmiy qabul qilingan 
qarashlar o‘z ifodasini topadi va davlatning rasmiy hujjati 
hisoblanadi.
Milliy xavfsizlik konseptsiyasida milliy manfaatlar 
himoyasi muvozanatga va tartibga keltiriladi. U bir 
tomondan davlatning bajarilishi lozim bo‘lgan rasmiy 
hujjati bo‘lsa, ikkinchi tomondan tub manfaatlar ifodasi 
nuqtai nazaridan vujudga keladigan ongli faoliyatga turtki 
beradi. Xavsizlik konseptsiyasining mukammaligi uchun 
legimligi inkor etilmasligi bilan o‘lchanadi.
Milliy xavfsizlik konseptsiyasida milliy manfaatlar 
himoyasi muvozanatga va tartibga keltiriladi. U bir 
tomondan davlatning bajarilishi lozim bo‘lgan rasmiy 
hujjati bo‘lsa, ikkinchi tomondan tub manfaatlar ifodasi 


50 
nuqtai nazaridan vujudga keladigan ongli faoliyatga turtki 
beradi.
Bugungi o‘zgaruvchan davrda va vaziyatda 
davlatning geosiyosiy va harbiy-siyosiy makondagi o‘rni 
va milliy manfaatlarini belgilashi jarayonlari davomli tus 
oladi. Milliy xavfsizlik konseptsiyasi qotib qolgan hujjat 
emas va u turli davrlar oralig‘ida haozirgi real voqeligidan 
kelib chiqib o‘zgarib turadi.
Milliy xavfsizlik konseptsiyasi davlat va jamiyat 
hayotining turli sohalarida xavfsizlikni ta’minlash 
bo‘yicha mavjud dasturlar, rejalar va strategiyalar bilan 
yonma-yon amal qiladi, lekin ularga nisbatan ustuvorlik 
kasb etadi. Ayni paytda u mazkur sohalarning barchasiga 
nisbatan tahdidlarni oldini olish va ularga qarshilik 
ko‘rsatish bo‘yicha eng umumiy va konseptual g‘oyalarni 
o‘zida mujassam etadi. Milliy xavfsizlik konseptsiyasisiz 
alohida olingan sohalar havfsizligi xalqaro va ichki 
reallik, davlatning imkoniyat va resurslari bilan moslasha 
olmaydi hamda ulardagi davomiylik, operativlik va 
samara ta’minlanmaydi. Xavfsizlikning barcha sub’ektlari 
o‘rtasida kelishilgan va kordinatsiyalashgan faoliyat ham 
yagona konseptsiyasiz amalga oshmaydi. Cheklangan 
resurslar sharoitda cheklanmagan tahdidlar oldini olish va 
ularga qarshilik qilishga butun xavfsizlik tizimini 
yo‘naltirish ham konseptsiyaning muhim vazifalaridan 
biridir.
Milliy 
xavfsizlik 
konseptsiyasi 
xavfsizlik 
siyosatining muhim yo‘nalishlari va prinsiplarini tartibga 
soladi, shu sohadagi boshqa dasturlar, rejalar, tashkiliy – 
huquqiy hujjatlar uchun asos bo‘lib hizmat qiladi.
Bugungi kunda davlatlarning milliy xavfsizlik 
konseptsiyalari, odatda, 4 bo‘limdan iborat bo‘lib, 
bo‘limlar qo‘yidagilarni o‘z ichiga oladi: 


51 
Birinchi bo‘limda davlatning xalqaro maydondagi 
geosiyosiy va harbiy-siyosiy holati tahlil qilinadi. 
Ikkinchi bo‘limda milliy manfaatlar va maqsadlar
o‘z ifodasini topadi.
Uchinchi bo‘limda milliy xavfsizlikka nisbatan 
asosiy tahdidlar o‘z ifodasini topadi. 
Bugungi kunda dunyo davlatlari xavfsizligiga tahdid 
solayotgan tahdidlar asosan quyidagilardan iborat:
• Mintaqaviy mojarolar; 
• Etnik va millatlararo ziddiyatlar; 
• Buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv 
millatchilik; 
• Diniy ekstremizm va fundamentalizm; 
• Korrupsiya va jinoyatchilik; 
• Ekologik muammolar; 
• Mahalliychilik 
va 
urug‘ 
– 
aymoqchilik 
munosabatlari; 
• Davlat iqtisodiyoti va xalq xo‘jaligidagi inqirozli 
ahvol, oligarxiya.
• Ichki va tashqi omillar ta’sirida davlat 
tuzumlarining inqirozga uchrashi; 
• iqtisodiy va ijtimoiy muammolar natijasida aholi 
orasida qashshoqlar sonining ko‘payishi, keskin 
tabaqalanish va ijtimoiy tanglikning yuzaga kelishi.
tabiiy 
resurslardan 
nooqilona 
foydalanish; 
ekologik vaziyatning yomonlashuvi; 
• jamiyat va iqtisodiy xo‘jalik faoliyatining 
kriminallashuvi;
• transmilliy terrorizm tahdidi; 
• aholi jismoniy sog‘ligiga nisbatan tahdidlar;
• xalqaro maydonda esa davlat zaiflashuvi va tashqi 
siyosiy pozitsiyasining yo‘qolishiga olib keluvchi 
tahdidlar; 


52 
• davlat hududiga boshqa davlatlarning operativ – 
texnik va razvedka hizmatlarining suqulib kirishi;
• axborot va g‘oyaviy hurujlar; 
• harbiy agressiya va kuch ishlatish; 
• OQQ yaratilishi, saqlanishi va tarqatilishi; 
• shovinistik, seperatistik, ekstremistik ruhdagi 
Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling