Ochil sirojov, oybеk sirojov


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/39
Sana10.01.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1087043
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39
Bog'liq
SHARQ MAMLAKATLARIDA XAVFSIZLIK MUAMMOLARI @centerasia library


partiyalar, 
uyushmalar 
va 
birlashmalar; 
ularning 
noqonuniy faoliyat olib borishi
• xorijiy va gegemon davlatlarning agressiv va 
shovinistik siyosati; 
• ulkan miqyosdagi tabiiy ofatlar; 
• xalqaro institutlar zaiflashuvi va ayrim davlatlar 
ta’sir doirasiga tushib qolishi va boshqalar. Ushbu 
bo‘limda yuqoridagi tahdidlarni davlatning mavqeyi va 
maqomidan kelib chiqib real va potensiallarga ajratish 
tendensiyalari ham uchraydi. Ya’ni bu bo‘limda davlat 
uchun yuqoridagilarning aynan qaysilar xavfsizlikka 
ko‘proq tahdid solayotganligi ham tahlil qilinadi.
To‘rtinchi bo‘limda davlatning milliy xavfsizlikni 
ta’minlash borasidagi asosiy yo‘nalishlari va maqsadlari 
belgilanadi.
Davlat 
va 
jamiyatning 
milliy 
xavfsizlikni 
ta’minlashdagi asosiy faoliyat yo‘nalishlari ularni 
pirovard maqsad har bir sohada va umuman milliy 
xavfsizlikni ta’minlash sari olib borishi kerak va bunda 
quyidagilar talab etiladi:
- har bir sohada milliy xavfsizlikka nisbatan 
tahdidlar ular paydo bo‘lgan sohalarda ob’ektiv va har 
tomonlama tahlil qilinishi; 
- milliy xavfsizlik mezonlari va ularning mohiyatini 
belgilash assoida iqtisodiy, ichki va tashqi siyosiy, 
mudofaa, axborot-kommunikatsiya va ma’naviy sohalarda 
milliy xavfsizlikni ta’minlashning kompleks chora-
tadbirlari va mexanizmlarini ishlab chiqilishi;


53 
- qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlarning 
milliy manfaatlarga nisbatan tahdidlarning oldini olish va 
yumshatishga yo‘naltirilgan kompleks chora tadbirlarni 
amalga oshirish bo‘yicha faoliyatini samarali tashkil 
etilishi;
- davlatning strategik va mobilizatsion resurlarini 
milliy xavfsizlikni ta’minlash uchun yetarli darajada 
saqlab turilishi; 
Davlat milliy xavfsizlikni ta’minlashda o‘ziga xos 
vazifalar quyidagilardan iborat: 
- mamlakat iqtisodiyotini, erkin va ijtimoiy 
yo‘naltirilgan 
bozor 
iqtisodiyoti 
mexanizmlarini 
rivojlantirish;
- milliy davlatchilik va jamiyat barqarorligini 
ta’minlash; 
xalqaro 
munosabatlarni 
rivojlantirish; 
dunyoning yetakchi va rivojlangan davlatlari bilan teng 
huquqli hamkorlikni ta’minlash; 
- mudofaa va axborot sohalarida davlat xavfsizligini 
ta’minlash; 
- aholi hayotini texnogen xavfsiz va ekologik toza 
dunyoda ta’minlash kabilarni o‘z zimmasiga olar ekan
xavfsizlik siyosatida quyidagi prinsiplarga amal qiladi:
* milliy xavfsizlikni ta’minlash faoliyatining davlat 
konstitutitsiyasi va qonunlariga mos kelishi;
* Xavfsizlikning barcha turlarining birligi, o‘zaro 
aloqasi va o‘zgaruvchan sharoitlarda muvozanatini 
ta’minlash;
* Milliy 
xavfsizlikni 
ta’minlashning 
siyosiy, 
iqtisodiy va informatsion chora-tadbirlarining ustuvorligi;
* Aniq vazifalarni (vaqt, resurslar, kuchlarva 
vositalar bo‘yicha) ilgari surish, xalqaro huquq normalari 
va davlat qonunlariga qat’iy mos holda zarur bo‘lganda 
majburlov choralari (shu jumladan harbiy kuch qo‘llash) 
ni amalga oshirish;


54 
Xavfsizlikni ta’minlash vositalari va kuchlarini 
markazlashgan va nomarkazlashgan tartibda boshqarish; 
davlat hokimiyati va mahalliy boshqaruv organlari hamda 
ularning sub’ektlari o‘rtasidagi aniq vakolatlarni 
taqsimlash va belgilab berish. 
Navbatdagi masala doktorina haqida to‘xtalsak. 
Sharq davlatlarida u asosan Harbiy doktorina (Hindiston, 
Pokiston) yoki Mudofaa doktorinasi (O‘zbekiston, 
Yaponiya) deb nomlanadi. Shu bilan birga mintaqada 
yadro quroliga ega bo‘lgan davlatlar (Hindiston, Pokiston, 
Xitoy)da yadroviy doktorinalar ham mavjud. Avvalo 
yuqoridagilarni milliy xavfsizlik konseptsiyasidan farqli 
jihati u asosan harbiy sohani aniqrog‘i mudofaa sohasini 
qamrab oladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi 
mudofaa doktorinasida u harbiy sohada O‘zbekiston 
Respublikasi milliy xavfsizligini ta’minlashga doir 
prinsiplar va yondashuvlarni belgilashi, O‘zbekiston 
Respublikasi 
Doktrinaning 
mudofaa 
xususiyatiga 
egaligini tasdiqlashi qayd etilgan. 
Shu bilan birga doktorinada davlatning potensial 
raqibi yoki uni mudofaasiga tahdid solayotgan kuch ham 
qayd etiladi. Masalan Hindistonning harbiy doktorinasi da 
Pokiston potensial raqib sifatida 1947 yildan buyon qayd 
etiladi. 1962 yil Hindiston Xitoy urushidan keyin u ham 
potensial raqib sifatida kiritilgan . Masalan, O‘zbekiston 
Respublikasi hech bir davlatni o‘zining dushmani deb 
hisoblamasligi 
va 
barcha 
mamlakatlar 
bilan 
munosabatlarni 
mamlakat 
milliy 
manfaatlarining 
ustuvorligi asosida hamda xalqaro huquqning umum 
e’tirof etilgan prinsiplari va normalarini inobatga olgan 
holda, o‘zaro naf ko‘rish, teng huquqlilik hamda boshqa 
davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, barcha nizoli 
masalalarni tinch vositalar va muzokaralar yo‘li bilan hal 
qilish, 
davlatlararo 
shakllangan 
chegaralarning 


55 
buzilmasligi va o‘zgarmasligini tan olish asosida qurishi 
qayd etilgan . 
Yuqorida qayd etilganidek xavfsizlik konseptsiyasi 
va doktorina milliy manfaatlar bilan ham bog‘liq shundan 
kelib chiqib milliy manfaatlar haqida ham to‘xtalsak. 
Milliy manfaatlar davlat va jamiyatda mavjud 
sohalarga ko‘ra, iqtisod, ichki siyosat, xalqaro siyosat va 
mudofaa, ma’naviy va madaniy kabi turlarga bo‘linadi va 
ularda 
davlat-jamiyat-shaxs 
manfaatlari 
integratsiyalashadi.
Iqtisodiy manfaatlar negizida davlat-jamiyat-shaxs 
mavjudligining iqtisodiy asoslarini tashkil etuvchi kuchli 
ishlab chiqarish yotadi. Kuchli ishlab chiqarishgina 
iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlay oladi. Unga erishish 
nafaqat iqtisodiy, balki boshqa turdagi xavfsizlikka 
erishishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ichki siyosat manfaatlari undan ko‘zlangan 
maqsadlarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lib, ma’rifiy 
dunyoda huquqiy davlat, demokratik va fuqarolik 
jamiyatini barpo etish, millatlararo va diniy totuvlikka 
erishish, davlat hokimiyati va institutlarining barqaror 
ishlashini ta’minlash, unga zarar yetkazuvchi yoki amalga 
oshirilishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni bartaraf 
qilishdan iborat. Bundan pirovard maqsad sifatida jinsi, 
irqi, millati, tili, dini va siyosiy qarashlaridan qat’iy nazar 
har bir fuqaro huquqlari himoyasi, jinoyatchilik va 
huqubuzarlikning har qanday ko‘rinishlarini qonun yo‘li 
bilan qat’iy ta’qib qilish, ularga nisabatan jazo 
muqarrarligi prinsipining qo‘llanilishini qo‘yish kerak.
Tashqi siyosat manfaatlari davlatning xalqaro 
munosabatlari va xalqaro siyosiy maydondagi faoliyati 
asosida aniqlanadi. Ko‘p qutbli dunyo sharoitida 
davlatning tashqi siyosat manfaatlari faol tashqi siyosiy 
pozitsiyani shakllantirish va saqlab turishdan iborat 


56 
bo‘lib, uning tarkibiy elementlarini qo‘shni, ittifoqchi va 
hamkor davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash, yirik, 
iqtisodiy, siyosiy va harbiy sohada yetakchi davlatlar 
bilan, mavjud va shakllanib kelayotgan “markaz” lar bilan 
munosabatlarni barqaror saqlab turish, xalqaro tinchlik va 
xavfsizlikka tahdid soluvchi omillarni bartaraf etishda 
halqaro hamjamiyat bilan faol hamkorlik qilish, xalqaro 
tashkilotlar faoliyatida teng huquqli va manfaatli tarzda 
samaralari ishtirok etishdan iborat. Bugungi kunda 
davlatning tashqi siyosatdagi eng muhim ustuvor 
yo‘nalishi, chegaralar daxlsizligi, hududiy yaxlitlik va 
konstitutsiyaviy tuzumini tashqi tahdidlardan saqlash, 
ichki siyosatini tashqi kuchlar aralashuvidan himoya 
qilish bo‘lib qolmoqda.
Davlatning xalqaro maydondagi nufuzi uning tashqi 
siyosiy kursi va pozitsiyasi orqali belginadi va u erishgan 
status xalqaro munosabatlarning iqtisodiy, madaniy, 
ilmiy-texnik, moliya-kredit va shu kabi boshqa sohalarda 
ishtiroki uchun qulay zamin yaratadi. Yirik va yetakchi 
davlatlarning tashqi 
siyosiy manfaatlarida boshqa 
davlatlardan farqlangan holda global miqyosda o‘z o‘rni 
va ta’sir doirasini mustahkam saqlab turish, kengaytirish, 
resurslar va savdo manbalariga erkin kirib borish, xalqaro 
siyosatda o‘z hoxish irodasini imkon qadar cheklanmagan 
tarzda ifoda etish maqsadlari ham ko‘zga tashlanadi.
Davlatning mudofaa sohasidagi milliy manfaatlari 
fuqaro, jamiyat va davlat hayotini boshqa davlatlar 
tomonidan amalga oshiriladigan harbiy xarakterdagi 
tahdidlardan himoya qilishdan iborat bo‘lib, mudofaa 
sohasidagi xavfsizlik davlatga nisbatan harbiy agressiya, 
zo‘ravonlik va bosimning oldini olish, tiyib turish va 
qaytarish uchun iqtisodiy va demografik imkoniyalarga va 
ayni paytda tahdid ko‘lami va darajasiga mos mudofaa 
qudratini 
saqlab 
turish 
va 
rivojlantirish 
orqali 


57 
ta’minlanadi. Mudofaa sohasidagi milliy xavfsizlik 
asosida harbiy qurilish yotadi va u jamiyatning barcha 
sohasini qamrab oladi. Harbiy qurilish rejasi ishlab 
chiqilganda, xalqaro maydondagi kuchlar nisbatining 
o‘zgarishi, harbiy-siyosiy vaziyat, davlatning mavjud 
harbiy salohiyatining milliy manfaatlarga nisbatan harbiy 
tahdidlarga qarshi tura olishga qodir bo‘lishi hisobga 
olinishi shart.
Zamonaviy axborotlashuv sharoitlarida davlatning 
informatsion sohadagi milliy manfaatlari boshqa turdagi 
manfaatlar ichida alohida ustuvorlik kasb etadi. Mazkur 
manfaatlar 
himoyasi 
uchun 
davlat 
va 
jamiyat 
imkoniyatlarini fuqarolarning axborot olish va almashish 
sohasidagi huquq va erkinliklarini kafolatlash bilan birga 
ularni xolis va haqqoniy axborotlar bilan ta’minlash, 
tarqatilayotgan axborot mazmunida davlat, jamiyat va 
shaxs 
hayotiga 
zarar 
yetkazuvchi, 
tinchlik 
va 
barqarorlikni izdan chiqaruvchi, buzg‘unchi g‘oyalar 
targ‘iboti ko‘zlangan elementlar bo‘lishining oldini olish, 
axborot-kommunikatsiya tizimlaridan foydalanishning 
samarali me’yoriy – huquqiy asoslarini yaratish va 
ularning maqsadga muvofiq ishlashini ta’minlash, axborot 
tarqatish 
jarayonlarida 
milliy 
va 
umuminsoniy 
qadriyatlarni tarhib va himoya qilish, ularga jamiyat 
madaniy va axloqiy yutuqlarini singdirish, zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni yaratish kabi 
qator chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim. Axborot 
tarmoqlari va manbalaridan zamonaviy talablar asosida 
foydalanish davlat va jamiyatni xalqaro sivilizatsiyaning 
tarkibiy qismi va ishtirokchisiga aylantiradi. Lekin 
axborotdan omma ongini manipulyatsiya qilish vositasi 
sifatida 
foydalanishga 
yo‘l 
qo‘yilmacligi 
shart. 
Davlatning informatsion resurslari, sir saqlanadigan 
siyosiy, 
iqtisodiy, 
ilmiy-texnikaviy 
va 
harbiy 


58 
informatsiyalari tegishli organlari tomonidan mustahkam 
himoyalanishi lozim.
Yuqorida keltirilganlardan kelib chiqib aytganda, 
davlat o‘z milliy manfaatlarini belgilashda ularning uzoq 
muddatli xarakterga ega bo‘lishi hamda u bosib 
o‘tayotgan tarixiy yo‘l va jarayonlarda asosiy va pirovard 
maqsadlari ekanligini qat’iy hisobga olishi lozim. Ayni 
paytda davlat tomonidan milliy manfaatlar asosida tashqi 
va ichki siyosatda belgilangan strategik va joriy vazifalari 
amalga oshirish uchun kuchli va samarali boshqaruv 
yo‘lga qo‘yilishi kerak. Shu o‘rinda alohida ta’kidlab 
o‘tish joizki, milliy manfaatlarni amalga oshirish uchun 
davlat to‘la suveren bo‘lishi shart. Tashqi kuchlar ta’siri 
va aralashuvi milliy manfaatlarni ro‘yobga chiqarishga 
to‘sqinlik qiladi. Oqibatda davlat taqdirining chetdan 
belgilanishi uning inqiroziga olib keladi.
Milliy xavfsizlik milliy manfaatlar himoyasidan 
iborat ekan, uni ta’minlash o‘ziga xos tizimli faoliyatni 
talab etadi. Mazkur tizimda barcha elementlar davlat 
hokimiyati organlari, davlat va nodavlat tashkilotlari 
institutlari, birlashmalari, alohida olingan fuqarolar o‘zaro 
muvofiqlashtirilgan tarzda foaliyat yuritishlari lozim.
Ular o‘rtasida vakolat va vazifalarni umumiy maqsad va 
ular egalik qiladigan vositalar, resurslar va imkoniyatlarga 
mos taqsimlanishi tizimning samarali va uzoq muddat 
barqaror ishlashini ta’minlaydi. Tizimning tahdidlarni 
oldindan ko‘ra bilish, ular yuzaga kelganda, bartaraf 
qilish va oqibatlarini tugatish uchun tezkor choralar 
ko‘rish salohiyati ham shu orqali kafolatlanadi. Bundan 
tashqari u global va mintaqaviy miqyoslardagi xavfsizlik 
tizimlari va boshqa davlatlar xavfsizlik tizimi bilan mos 
kelishi kerak.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling