Ochiq kon ishlari deb bevosita yer yuzidan turib foydali qazilmalarni qazib
Download 98.44 Kb. Pdf ko'rish
|
Karyer - Vikipediya
Karyer Ochiq kon ishlari deb bevosita yer yuzidan turib foydali qazilmalarni qazib olish uchun bajariladigan kon qazish ishlari majmuasiga aytiladi. OKI kon ajratmasini tayyorlash, karyerni qurish, ekspluatatsiya va karyerni tugatish davrlaridan iborat. Karyer (lot. quadraria — tosh maydalanadigan joy) — foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib oladigan korxona; yer ʻona tizimlaridan iborat boʻlib, odatda, yuqoridagi pogʻonalar puch togʻ jinslarida joylashadi, pastki pogʻonalarda foydali qazilma qazib olinadi. Foydali qazilmani qazib olish uchun puch (qoplama) togʻ jinslarini surib ochiladi. Ochiq usulda foydali qazilmalarni qazib olish qad.dan maʼlum. Dastlabki katta K.lar Qad. Misrda ehromlar bunyod etilishi bilan bogʻliq boʻlgan, keyinchalik K.larda bunyodkorlik va haykaltaroshlik ishlari uchun marmar toshlari katta hajmda qazib olingan. 20-asr boshigacha ochiq kon ishlari keng rivojlangan. Asrning oxiriga kelib dunyoda qurilish materiallari sifatida ishlatiladigan togʻ jinslarining qariyb 95%, foydali qazilmalarining 70%, qoʻngʻir koʻmirning 90%, toshkoʻmirning 20% K.lardan qazib olingan. Katta K.larda yiliga oʻnlab million tonna foydali qazilma va puch togʻ jinslari qaziladi. Jahondagi eng katta K.lar: "Bogatir" (Qozogʻiston) — yiliga 50 mln.t dan ortiq toshkoʻmir va 25 mln.m3 qoplama togʻ jinslari, "Maunt-Rayt". (Kanada) — 45 mln. t temir rudasi va 25 mln.t qoplama togʻ jinslari, "Fortuna" (Germaniya) — 42,6 mln.t qoʻngʻir koʻmir va 89,2 mln.m3 qoplama togʻ jinslari qazib chiqariladi. Oʻzbekistonda "Muruntov" oltin qazib oladigan K. bor. Yillik unumdorligi 45 mln.m3. Uz. 3500 m, eni 2500 m, chuq. 300 m. Loyihada 600 m gacha chuqurlashtirish koʻrsatilgan. "Qalmoqqir" K.ning yillik unumdorligi 24 mln.m3 boʻlib, tarkibida mis, oltin, kumush, qoʻrgʻoshin, pyx, reniy, osmiy mavjud boʻlgan ruda qazib olinadi. "Angren" K.ida yiliga 3 mln. t atrofida qoʻngʻir koʻmir va kaolin qazib olinadi. Oʻzbekistondagi 36 marmar va 21 granit K. larda yiliga 2,3 mln.m3dan ortiq (2001) qoplama toshlar va millionlab m3 ohaktosh qazib olinadi. Marmar qazib olinadigan Gʻozgʻon, Jom, Zarband va Nurota K.lari, granit chiqadigan Langar va Sevasoy K.lari mashhur. [1] 1. OʻzME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Ushbu maqola chaladir . Siz uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Karyer& action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq. Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin. " https://uz.wikipedia.org/w/inde x.php? title=Karyer&oldid=3138295 " dan olindi Manbalar Download 98.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling