Ochiq urug’li o’simliklar ham yuksak o’simliklar singari juda qadimiydir


Download 136.54 Kb.
bet3/23
Sana27.03.2023
Hajmi136.54 Kb.
#1299426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Ochiq urugli haqda mustaqil ish

 

Ginkgolar qabilasi — Ginkgoales 
Bu qabila vakillari dastlab quyi perm davrida 

paydo bo‘lib, yura davrida ravnaq topgan va yer yuzining 


ko‘p qismi, ayniqsa uning shimolida keng tarqalgan va 
aksariyat qismi tashqi sharoitlarning keskin o‘zgarishi natijasida o‘lib ketgan. 

96-rasm. Kordait. 
1 – kordaitning umumiy 
ko‘rinishi; 2 – novdasi. 

Ginkgolarning yer yuzida keng tarqalgan 20 dan ortiq turidan hozirgi kunda faqat 


bir turi, ya’ni ikki bo‘lmali ginkgo – Ginkgo biloba yovvoyi holda Xitoyda o‘sishi 
aniqlangan. Bu daraxt XI asrdan boshlab Xitoy va Yaponiyada xosiyatli o‘simlik 
sifatida diniy madrasalar qoshida o‘stirilgan. XVII asrda Yevropaga keltirilgan 
(97-rasm). 
Ginkgo balandligi 30-40 m ga qadar o‘sadigan daraxt o‘simlik. Uning poyasi 
sirt tomonidan to‘q kulrang po‘st bilan qoplangan. Poyasining ichki tuzilishi 
qubbalilar poyasining ichki tuzilishiga o‘xshash. Po‘sti yupqa, o‘zak va ikkilamchi 
yog‘ochlik yaxshi taraqqiy etgan. Novdalari ikki xil, siyrak bargli uzun va barglari 
g‘uj bog‘lam-bog‘lam bo‘lib joylashgan qisqargan novdalar. 
Barglari o‘ziga xos tuzilishli, bandli, uchburchaksimon, uchi ikki bo‘lmaga 
ajralgan, barg tomirlari dixotomik joylashgan, qishda to‘kiladi. Ginkgo ikki uyli 
o‘simlik sporofillari qisqargan novdalarda to‘plangan. Mikrosporofillari to‘pgulga 
o‘xshash to‘p-to‘p bo‘lib joylashgan. Megasporofillari uzun bandli odatda ikki 
megasporangiyli, ularni megasporofil qoldiqlari o‘rab turadi. Changlanishi shamol 
yordamida. Mikrosporaning o‘sishi, urug‘lanishi va urug‘ining shakllanishi 
sagovniklarga o‘xshash. Lekin ko‘p xivchinli spermatozoidlari bularda 
sagovniklarnikiga nisbatan ancha kichik. 
Urug‘lanishdan so‘ng vujudga kelgan urug‘ning tashqi qismi yumshoq va 
shirali ichki qatlamlari yupqa va qattiq bo‘ladi. Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra ginkgoning 
urug‘i olxo‘rinikiga o‘xshab ketadi. Uning yumshoq qismi ovqatga ishlatiladi. 


97-rasm. Ginkgo biloba. 
1 – erkak gulli qisqargan novda; 2 – mikrosporofillar; 3 – urg‘ochi gulli 
qiskargan novda; 4 – alohida gul to‘plami; 5 – urug‘ murtagining ko‘ndalang 

kesimi; 6 – pishgan urug‘; 7 – urug‘ murtagining uch qismi: ин – integument, 


нц – nutsellus, пк – chang kamerasi, э – endosperm, ар – arxegoniy. 
Urug‘ ichida ikki pallali va endospermli urug‘murtagi joylashgan. Urug‘ 

pallalari unib chiqish jarayonida yer bag‘rida qoladi. Ginkgolarning kelib chiqishini 


kordaitlarga bog‘lashadi. Lekin bu ikki qabila parallel ravishda urug‘li 
paporotniklardan kelib chikqan degan fikrlar ham bor. 
Ginkgoning xo‘jalik ahamiyatiga kelganda u asosan manzarali o‘simlik. 
Uning shu xususiyatini inobatga olib, Ukraina, Kavkaz va boshqa issiq iqlimli nam 
o‘lkalarda shaharlarni ko‘kalamzorlashtirishda foydalanadilar. 



Download 136.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling