Ochiq urug’li o’simliklar ham yuksak o’simliklar singari juda qadimiydir
Download 136.54 Kb.
|
Ochiq urugli haqda mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sarvdoshlar oilasi – Cupressaceae .
Tilog‘och turkumi – Larix. Yevropa, Shimoliy Osiyo va Shimoliy
Amerikada Yevropa tilog‘ochi (L. europaea) keng tarqalgan. Uning balandligi 50- 55 m ga qadar boradi. Faqat qubbasining uzunligi va urg‘ochi qubbalarining rangi bilan farq qiladigan, Yevropaning shimoli-sharqida keng tarqalgan, balandligi 40 m keladigan Sibir tilog‘ochi (L. cibirica), sharqiy Sibirdagina keng tarqalgan Daur tilog‘ochi (L. dahurica) sistematik jihatdan bu turga bir qadar yaqin turadi. Bu daraxtlarning qattiq chirimaydigan yog‘ochi va ulardan olinadigan yelim qimmatli hisoblanadi. Sarvdoshlar oilasi – Cupressaceae. Bu oilaga 20 turkumga mansub 145 o‘simlik turi yer yuzining Antarktidadan tashqari deyarli hamma qit’alarida tarqalgan. Ular uncha baland bo‘lmagan daraxt o‘simliklari bo‘lib, smola yo‘llari yo‘q. Lekin maxsus hujayralarida smola va efir moylari to‘planadi. Shu sababli o‘simlik o‘ziga xos hid tarqatadi. Barglari ko‘p yillik, ignasimon yoki qipiqsimon, qarama-qarshi yoki halqa shaklida joylashgan. Uning aksariyat qismi bir uyli, erkak qubbalar yakka-yakka holda joylashgan. Mikrosporofillari qipiqsimon, uning ost tomonida 2-6 mikrosporangiylar joylashgan. Mikrosporalarida havo yo‘llari yo‘q. Urg‘ochi qubbalarida yopqich va urug‘barglari birlashgan. Boshlang‘ich urug‘murtagi to‘g‘ri, egilmagan 1 dan 12 ga qadar. Boshlang‘ich urug‘murtaklari ko‘p sonli (ayrim hollarda 200 taga kadar) to‘p bo‘lib joylashgan. Bu oila vakillarini urg‘ochi qubbasining tuzilishiga qarab uch kenja oilaga bo‘lish tavsiya qilinadi. Bu kenja oilalar Sarvlar (Cupressaideae), archalar (Juniperideae), tuyalar (Thujoideae). Sarv turkumiga 15 ga yaqin daraxt o‘simliklari mansub bo‘lib, shimoliy yarim sharlarning tropik o‘lkalarida keng tarqalgan. Ular piramida shaklidagi daraxt, bargi qipiqsimon tuzilishli, efir moyli. Urg‘ochi qubbasi halqasimon shaklda joylashgan besh qirrali qipiqsimon, ko‘p urug‘li, pishgandan so‘ng urug‘barglarga ajaraladi. Urug‘i ikki yilda yetiladi. Sarvning keng tarqalgan turlaridan biri doimiy yashil pirmidal sarv (S. piramidalis) bo‘lib, uning balandligi 30 metr, 2000 yilgacha umr ko‘radi, yog‘ochi qo‘ng‘ir- qizg‘ish rangda, duradgorlikda keng qo‘llaniladi. Bu o‘simlik Qora dengiz sohilida, xususan Qrim va Kavkazda madaniylashtirilgan. Qrimda Amerikadan keltirilgan Arizon (S. arisonica) va Luzitan sarvlari (S. lusitanica) ayniqsa keng tarqalgan. Archalar kenja oila (Juniperidaceae) ning faqat Archa (Juniperus) turkumi mavjud bo‘lib, uning 70 ga yaqin turi yer yuzining shimoliy yarim sharlaridan subtropik o‘lkalarga qadar tarqalgan. Hamdo‘stlik mamlakatlarida archaning 31 turi o‘sadi. Ular uncha katta bo‘lmagan daraxt рахт bo‘lib, bargi igna yoki qipiqsimon 3 tadan halqa shaklida joylashadi. Archa ikki uyli o‘simlik. Mikrostrobillar (erkak qubba) barg qo‘ltig‘ida, yozgi novda uchida joylashgan. Megastrobillari (urg‘ochi qubba) qisqargan novdalar uchida, barg qo‘ltig‘ida joylashgan. Uning ostki barglari orasida mevasiz (puch), ustki uchta qipiqsimon meva bargida uchtadan boshlang‘ich urug‘murtak joylashgan. Pishib yetilgan paytda qubba barglari bir-biri bilan birlashib, meva 100-rasm. Archa (Juniperus seravschanica). A – urg‘ochi qubbali novda; B – erkak qubbali novda; D – erkak qubba; E – urg‘ochi qubba; F – meva shaklidagi pishgan qubba kesimi. A B D
F shaklidagi qubbaga aylanadi. Uning ichida bir nechta urug‘ yetiladi. Qubba ikkinchi yilda pishadi. O‘rta Osiyoda archaning uch turi keng tarqalgan (100-rasm). Turkumning savr archasi, zarafshon archasini O‘rta Osiyo xalqlari qadim zamonlardan beri pistako‘mir olish uchun ishlatganlar. Shu bilan birga bu o‘simlikning yog‘ochi qurilish materiallari va uy-ro‘zg‘or asboblari yasashda qo‘llanilgan. Archa O‘zbekistonda muhofaza qilinadigan o‘simliklardan hisoblanadi. Archa rezavorlarining dorivor xususiyatlari va kontrendikatsiyasi an'anaviy tibbiyotga qiziquvchilar uchun muhim masala. Deyarli sirli dorivor xususiyatlar rezavorlar va o'simlikning boshqa qismlariga tegishli, ammo archa zarar etkazmasligi uchun siz uning xususiyatlarini batafsil o'rganishingiz kerak. Download 136.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling