Ochiq urug’li o’simliklar ham yuksak o’simliklar singari juda qadimiydir
Download 136.54 Kb.
|
Ochiq urugli haqda mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qarag‘aylar turkumi — Pinus.
Qarag‘aydoshlar oilasi —Pinaceae Qarag‘aydoshlar turlarning soniga ko‘ra eng katta oila hisoblanadi. Uning 10 ga yaqin turkumga mansub 250 dan ortiq turi yer yuzining deyarli hamma qit’alarida keng tarqalgan. Xo‘jalik ahamiyati jihatidan ochiq urug‘li o‘simliklar ichida to‘rtinchi o‘rinda turadi. Poyasida yillik halqalar aniq ko‘rinadi, traxeoidlarining radial devorida hoshiyali tuynuklar bor. Aksariyat qismi bir uyli, qubbalilari bir jinsli. Changchi qubbalari to‘q sariq yoki qizil rangli. Changdonning ostki tomonida mikrosporangiylar ikkitadan joylashgan. Changida maxsus havo bo‘shliqlari bor. Urug‘chi qubba markazidan o‘tadigan ustunchaning urug‘ qipiqlari qoplag‘ich qipiqlari qo‘ltig‘ida, uning ust tomonida esa ikkitadan urug‘murtak joylashgan. Urug‘i ko‘pincha qanotli, ayrim turlarida urug‘ kanotsiz likopcha shaklida. Igna barglilar juda katta xo‘jalik ahamiyatiga ega. Xalqning yog‘ochga bo‘lgan talabini deyarli hammasi shular hisobidan qondiriladi. Qurilish ehtiyojlari, yoqilg‘i, qog‘oz materiallari, uy anjomlari uchun ishlatiladigan asbob-uskunalar tayyorlashda ishlatilishidan tashqari, ulardan smola (yelim) terpentin, kanifol, skipidar, glyukozidlar va yog‘och spirti olishda foydalaniladi. Ayrim turlarining urug‘i oziq-ovqat uchun va moy olishda ham ishlatiladi. Qarag‘aylar turkumi — Pinus. Bu turkumning 100 ga yaqin turi shimoliy yarim sharlarning o‘rta iqlimli viloyatlarida keng tarqalgan. Subtropik iqlimli mintaqada qarag‘ay turlari asosan tog‘li o‘lkalarda kuzatiladi. Uning ayrim turlari tropik o‘lkalarda ham o‘sadi. Qarag‘ay o‘z arealida sof va qisman aralash o‘rmonlar hosil qiladi. Qarag‘ay doimiy yashil daraxt. Yosh qarag‘ay daraxti piramida, keksayganlari esa aylana yoki ko‘pincha soyabon shaklida bo‘ladi. Poyasida yelim yo‘llari mavjud. Qubbasi kichkina, uzun, 3-6 yilga qadar umr ko‘radi. Changchi qubbalari yillik novdalar tubida g‘uj bo‘lib joylashgan. Uning ustunchasiga mikrosporofillar qisqa band bilan birlashadi. Mikrosporofilning ost tomonida ikkita mikroslorangiy joylashgan. Mikrosporasida ikkita havo qopchig‘i mavjud. Urug‘chi qubbalar novdalarining uchidan o‘rin olgan. Yetilgan qubbalarning urug‘ qipiqlari yog‘ochlangan va bir-biriga zich bo‘lib joylashgan. Urug‘ qipiqlarining ust tomonida ikkitadan urug‘murtagi bor. Urug‘i qanotli. Mazkur turkumning, oddiy qarag‘ay (P. silvestris) va Sibir qarag‘ayi (P. sibirica) singari turlari keng tarqalgan. Oddiy qarag‘ay, uning areali juda keng, butun o‘rta va shimoliy Yevropadan shimoliy Osiyoga qadar egallaydi. U muhit sharoitini deyarli tanlamaydi. Janubda ko‘pincha tog‘li zonalarda, qumloq va daryo sohillarida, botqoqliklarda o‘rmon hosil qilgan holda o‘sadi. Oddiy qarag‘ay yorug‘sevar. Uning poyasi tik o‘sadi, balandligi 20-40 m. Po‘stlog‘i qizg‘ish-qo‘ng‘ir. Qubbalari qisqargan novdalarda ikkitadan joylashgan, ko‘kimtir, novdada uch yilga qadar saqldanadi. Urug‘i yordamida ko‘payadi. Ularning aksariyat qismi ikki uyli qubbasi mikrosporofil yoki megasporofillar to‘plamidan shakllangan (98-rasm). Mikrosporofillari ko‘pincha qalqonsimon yoki qipiqsimon shaklda bo‘lib, uning ostida 2 yoki undan ortiq chang xaltasi (mikrosporangiy) joylashgan bo‘ladi. Chang xaltasi yopiq urug‘li o‘simliklarning changdoniga o‘xshash bo‘lib, xaltaning sirt qismi, undan so‘ng fibrioz (tolalar) qatlami, keyingisi esa ingichka hujayralar tizmasi va, nihoyat, arxesporiy joylashgan. Arxesporiy hujayralarining reduksion bo‘linishi natijasida son-sanoqsiz gaploid miksporalar vujudga keladi. Mikrospora hujayrasi ekzina (sirtqi) va intina (ichki) dan iborat po‘st bilan qoplangan. Ayrim hollarda bu ikki qatlam orasida, sporaning uchib yurishi uchun yerdan boradigan havo bilan to‘la bo‘shliq ham bo‘ladi. Mikrosporaning bo‘linishi natijasida chang shakllanadi. O‘sayotgan changning vegetativ hujayralaridan spermagen hujayra vujudga keladi. Spermagen hujayradan ikkita xivchinsiz spermiy, vegetativ hujayradan esa changniig o‘sishi davomida chang nayi shakllanadi. Megasporofillar qubba shaklida, qubba markazida uzun o‘q mavjud. Bu o‘q atrofida yopqich qipiqlar, qo‘ltig‘ida urug‘ qipig‘i joylashgan, shu urug‘ qipiqlarining ust tomonida megasporangiy – urug‘murtak joylashgan bo‘ladi. 98-rasm. Oddiy qarag‘ay (Pinus sylvestris). A – qubbali novda; B – mikros- porofil yon va tashqi tomondan, D – o‘ng tomondan: qoplovchi kipikcha, uning yon tomonida urug‘ qipig‘i. pastida urug‘ murtak uchi ko‘rinadi, chapda (teskari tomondan) ikkita urug‘ murtak ko‘rinadi, E – ikki urug‘li pishgan qubba, F – urug‘ning eniga kesimi. B D E
A Mikropile ostida joylashgan chang xaltasi yaxshi taraqqiy etmagan. Nutsellusda odatdagidek, ancha katta megaspora taraqqiy etib, urg‘ochi gametofit – birlamchi endosperm, unda esa bir qadar reduksiyalangan ikkita arxesporiy vujudga keladi. Birlamchi endosperm yaxshi taraqqiy etgan bo‘lib, keyinchalik o‘sayotgan urug‘murtak uchun oziq sifatida ishlatiladi. Shamol yordamida uchib kelib, urug‘murtakka qo‘ngan chang o‘sib, chang nayini hosil qiladi va arxegoniyga qadar uzayib, generativ hujayradan hosil bo‘lgan ikkita spermiydan biri tuxum hujayra bilan qo‘shiladi. Ikkinchisi nobud bo‘ladi. Urug‘langan tuxum hujayra bo‘lina boshlaydi, undan boshlang‘ich barg, poya va ildizga ega bo‘lgan murtak shakllanadi. Urug‘murtak uruqqa aylanadi, uning ustki qatlami urug‘ po‘stini hosil qiladi. Changlanishdan urug‘lanishga qadar ancha vakt o‘tadi, qarag‘ay urug‘i faqat ikkinchi yilda to‘liq pishib yetiladi, qubbalari cho‘ziq-tuxumsimon. Urug‘i qanotli, kuzga yaqin pishib yetiladi (99-rasm). Oddiy qarag‘ayning yog‘ochi qurilishda, mebellar tayyorlashda, kemasozlik, vagonsozlik, aviatsiya sanoatida ishlatiladi. Bu turkumning Sibirda Sibir qarag‘ayi, Karpatda va Alp tog‘larida Yevropa qarag‘ayi, Qrim va G‘arbiy Kavkazda Kavkaz qarag‘ayi, Gruziyada Eldar qarag‘ayi va boshqa turlari tarqalgan. 99-rasm. Qarag‘ayning rivojlanish sikli. Sporofit: 1-2 – sporofit rivojining boshlang‘ich davri; 3 – urug‘ (umumiy ko‘rinishi va kesimi); 4 – yosh sporofit; 5 – yetilgan sporofit; 6 – erkak va urg‘ochi qubbali novda; 7 – urg‘ochi qubba; 8 – erkak qubba; 9 – mikrosporofitli mikrosporofil; 10 – megosporangiyli megasporofil. Gametofit: a – mikrospora, b – megaslora, v – urg‘ochi gametofit, g – erkak gametofit, d – arxegoniyli urug‘ murtak, e - spermiyli chang nayi oxiri. Download 136.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling