Ochiq urug’li o’simliklar ham yuksak o’simliklar singari juda qadimiydir
Download 136.54 Kb.
|
Ochiq urugli haqda mustaqil ish
-mavzu. Qarag‘ay simonlar sinfi
Reja: 1. Kordaitlar qabilasiningning kelib chiqishi va tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlar. 2. Ginkgolar qabilasiga mansub Ginkgo bilobaning tuzilishidagi xususiyatlar. 3. Qubbalilar (igna barglilar) qabilasining morfologik tuzilishi, ko‘payishi va hozirgi kunda tarqalgan oilalari. Tayanch ibora va atamalar: nutsellus, endosperm, qubba, anteridial va protallial hujayralar, smola yo‘llari, chang nayi. Kordaitlar qabilasi — Cordaitales Bu qabilaga mansub o‘simliklarning paydo bo‘lish davri paleobotanik ma’lumotlarga qaraganda paleozoy erasining toshqo‘mir davriga to‘g‘ri keladi. Karbon davrida kordaitlar har ikkala yarim sharlarda keng tarqalgan. Ular balandligi 30 metrga qadar keladigan chiroyli o‘simliklar bo‘lgan. Poyasining faqat uch qismi shoxlangan. Barglari qattiq, bandsiz lansetsimon ingichka bo‘lgan. Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra kordaitlar qozirgi qubbalilarni eslatgan (96-rasm). Kordaitlar bir yoki ikki uyli o‘simliklar bo‘lib, erkak va urg‘ochi qubbalari alohida-alohida barg qo‘ltig‘ida joylashgan. Mikrosporofillar qipiqsimon bir necha mikrosporangiy (changdon)li, megasporofillar ham qipiqsimon tuzilishli, uchida bittadan urug‘murtak joylashgan. Urug‘murtakda sagovniklarning urug‘murtagi singari chang yo‘li, ikki qavat intigumentli yopqich qatlam etli, qalin, shirali ichki qatlam hamda ingichka yog‘ochlangan tashqi qatlamdan iborat bo‘lgan. Urug‘lanish barcha qazilma holda uchraydigan ochiq urug‘lilar singari spermatozoidlar yordamida bo‘lgan. Urug‘murtak to‘liq yetilmagan. Balki sagovniklarning urug‘murtagi singari uning yetilishi uzilib tushgandan so‘ng yerda davom etgan bo‘lishi mumkin. Kordaitlarning sagovniklar bilan o‘xshashlik xususiyatlari ularning qadimiy ajdodlari bir xil o‘simliklar bo‘lgan deb xulosa qilishga undaydi. Lekin ularning plaunsimonlar bilan ham bog‘liqlik tomonlari bor degan fikrlar ham yo‘q emas. Download 136.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling