Oda genetikasiga doir masalalar to’plami


ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/55
Sana15.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1269799
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55
Bog'liq
portal.guldu.uz-Odam gеnеtikasiga doir masalalar to‘plami

ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI 
67 
Anemiya. Bir qator formalari mavjud bo‘lib, qon fermentativ tizimida 
bo‘ladigan har xil buzilishlar tufayli kelib chiqadi. 
Mikrotsityar anemiya yoki talassemiya. Normal va yetuk gemoglabin 
sintezining buzilishi bilan kelib chiqadi. Eritrotsitlar morfologiyasining buzilishidan 
tashqari har xil darajada ifodalangan sariq kasalligi, skeletdagi o‘zgarishlar bilan 
xarakterlanadi. 
Gomozigotalar 
90-95% 
holatlarda 
erta 
nobud 
bo‘ladilar, 
geterozigotalarda talassemiyaning yengil shakli kuzatiladi. Autosomali to‘liq‘siz 
dominant tipda irsiylanadi.
O‘roqsimon qon anemiyasi. Normal gemoglabinning S-gemoglobinga 
mutatsiyasi tufayli kelib chiqadi. Kislorod bosimining kamayishi tufayli 
gemoglobinning anomal molekulasi gel holatiga kelib, eritrotsitlar o‘roqsimon yoki 
yarim oysimon shaklga kiradilar. Gipoksiya ifodalangan, hujayra ichki metabolizmi 
buzilgan bo‘ladi. Gomozigotalar kam hollarda jinsiy balog‘atgacha yashaydilar. 
Geterozigotalarda klinik ko‘rinishi noaniq. Autosoma orqali to‘liqsiz dominant holda 
irsiylanadi. 
Talassemiya va o‘roqsimon qon anomaliyalarining genini tashuvchilar bezgak 
kasalligiga chidamli bo‘ladilar. 
Axondroplaziya yoki xondrodistrofiya. Embrion rivojlanishining ilk 
davridayoq rivojlana boshlaydi. Gavdaning normal rivojlanishi bilan bir vaqtda 
kamar suyaklarining kalta rivojlanishi kuzatiladi, bo‘yi pakana bo‘ladi. 
Chqaloqlarning kattagina qismi tug‘ilmasda turib, ona qornida nobud bo‘ladi. 
Dominant autosomali belgi sifatida irsiylanadi. 
Braxidaktiliya yoki kalta barmoqlilik. Har xil ko‘rinishda bo‘ladi. Ko‘pincha 
bitta panjadagi barcha barmoqlar kalta bo‘ladi. Ayrim hollarda qo‘l yoki oyoq 
panjasining ayrim barmoqlari kalta bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Ko‘pincha kalta 
barmoqlilar normal barmoqli aka-uka va opa-singillarga nisbatan pakana bo‘yli 
bo‘ladi. Autosomali dominant belgi sifatida irsiylanadi. 
Galaktozemiya. Galaktoza-1-fosfat-urudilransferaza aktivligining pasayishi 
hisobiga galaktozani qabul qila olmaslik. Kompleks belgilar-sariq, ozib ketish, jigar 



Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling