Oda genetikasiga doir masalalar to’plami


ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/55
Sana15.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1269799
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55
Bog'liq
portal.guldu.uz-Odam gеnеtikasiga doir masalalar to‘plami

ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI 
69 
irsiylanadi. Yosh vaqtda boshlanadigan shakli esa autosomali-dominant tipda 
irsiylanadi.
Daltonizm – odamlarda ranglarni (asosan qizil va yashil ranglar) ajrata olmaslik 
kasalligi. Bu anomaliyani 1794-yilda ingliz tabiatshunosi Jon Dalton o‘zida aniqlab 
uni tasvirladi. 1875-yilda Shvetsariyada poyezd mashinistining ranglarni ajrata 
olmasligi sababli poyezdning falokatga uchrashi va ko‘p odamlarning o‘lishiga olib 
kelganligi 
yozilgan 
edi. 
Bu 
fojeadan so‘ng barcha 
transport 
turlarini 
boshqaruvchilarda hamda soldatlar va boshqalarda daltonizm bo‘yicha tekshirish 
ishlari olib boriladigan bo‘ldi. Jins bilan birikkan retsessiv belgi sifatida irsiylanadi.
Kar-soqovlik – tug‘ma karlik bilan bog‘liq bo‘lib, u nutqning rivojlanishiga 
to‘sqinlik qiladi. Karlikning irsiy shakllari ko‘proq qator allel bo‘lmagan autosomali-
retsessiv genlar tomonidan beriladi. Autosomali-dominant va X-xromosoma bilan 
birikkan retsessiv shakllari mavjud. 
Polidaktiliya-ko‘pbarmoqlilik. Belgining namoyon bo‘lish darajasi kuchli 
darajada o‘zgarib turadi. Masalan, olti barmoq qo‘l, oyoq panjalarida yohud bitta 
ikkita, uchtasida uchrashi mumkin. Ba’zida barmoqlar soni yettitagacha yetadi. 
Autosomali-dominant tipda irsiylanadi. 
Bu belgining irsiylanishi haqida XVIII asrning o‘rtalarida fransuz tabiatshunosi 
P. Mopertyui (1689-1759) ilmiy tavsif bergan edi. 
Rezus-faktor-rezus qon guruhi tizimi 1940-yilda K. Landshteyner tomonidan 
ochilgan. Oadam va hayvonlar qonini tekshirgan olim 85% tekshirilgan odamlarning 
qoni rezus-maymunning qoniga o‘xshash bo‘lgan. Bu odamlarning qonida rezus 
maymunning qonida uchraydigan aynan o‘xshash antigen borligi aniqlandi. 
Aniqlangan antigen rezus-faktor (Rh) deb ataladi. Keyinchalik bu faktorning “bor – 
yo‘qligi” belgisining irsiylanishi ko‘rasatib berildi. Rezus-faktor musbat yoki manfiy 
bo‘lishi mumkin. Bu faktorning musbat holati dominant gen musbat holati (Rh
+

tomonidan, manfiy holati retsessiv gen (Rh
-
) tomonidan boshqariladi. Agarda har ikki 
ota-ona bir xil rezus faktorga (musbat yoki manfiy) ega bo‘lsalar, u holda ona bilan 
homila o‘rtasida immunulogik konflekt kuzatilmaydi. Ota musbat faktorga ona esa 
manfiy faktorga ega bo‘lgan holatda konflekt yuzaga chiqadi. Bu holatda homila 



Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling