ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI
69
irsiylanadi. Yosh vaqtda boshlanadigan shakli esa autosomali-dominant tipda
irsiylanadi.
Daltonizm – odamlarda ranglarni (asosan qizil va yashil ranglar) ajrata olmaslik
kasalligi. Bu anomaliyani 1794-yilda ingliz tabiatshunosi Jon Dalton o‘zida aniqlab
uni tasvirladi. 1875-yilda Shvetsariyada poyezd mashinistining ranglarni ajrata
olmasligi sababli poyezdning falokatga uchrashi va ko‘p odamlarning o‘lishiga olib
kelganligi
yozilgan
edi.
Bu
fojeadan so‘ng barcha
transport
turlarini
boshqaruvchilarda hamda soldatlar va boshqalarda daltonizm bo‘yicha tekshirish
ishlari olib boriladigan bo‘ldi. Jins bilan birikkan retsessiv belgi sifatida irsiylanadi.
Kar-soqovlik – tug‘ma karlik bilan bog‘liq bo‘lib, u nutqning rivojlanishiga
to‘sqinlik qiladi. Karlikning irsiy shakllari ko‘proq qator allel bo‘lmagan autosomali-
retsessiv genlar tomonidan beriladi. Autosomali-dominant va X-xromosoma bilan
birikkan retsessiv shakllari mavjud.
Polidaktiliya-ko‘pbarmoqlilik. Belgining namoyon bo‘lish darajasi kuchli
darajada o‘zgarib turadi. Masalan, olti barmoq qo‘l, oyoq panjalarida yohud bitta
ikkita, uchtasida uchrashi mumkin. Ba’zida barmoqlar soni yettitagacha yetadi.
Autosomali-dominant tipda irsiylanadi.
Bu belgining irsiylanishi haqida XVIII asrning o‘rtalarida fransuz tabiatshunosi
P. Mopertyui (1689-1759) ilmiy tavsif bergan edi.
Rezus-faktor-rezus qon guruhi tizimi 1940-yilda K. Landshteyner tomonidan
ochilgan. Oadam va hayvonlar qonini tekshirgan olim 85% tekshirilgan odamlarning
qoni rezus-maymunning qoniga o‘xshash bo‘lgan. Bu odamlarning qonida rezus
maymunning qonida uchraydigan aynan o‘xshash antigen borligi aniqlandi.
Aniqlangan antigen rezus-faktor (Rh) deb ataladi. Keyinchalik bu faktorning “bor –
yo‘qligi” belgisining irsiylanishi ko‘rasatib berildi. Rezus-faktor musbat yoki manfiy
bo‘lishi mumkin. Bu faktorning musbat holati dominant gen musbat holati (Rh
+
)
tomonidan, manfiy holati retsessiv gen (Rh
-
) tomonidan boshqariladi. Agarda har ikki
ota-ona bir xil rezus faktorga (musbat yoki manfiy) ega bo‘lsalar, u holda ona bilan
homila o‘rtasida immunulogik konflekt kuzatilmaydi. Ota musbat faktorga ona esa
manfiy faktorga ega bo‘lgan holatda konflekt yuzaga chiqadi. Bu holatda homila
Do'stlaringiz bilan baham: |