Oda genetikasiga doir masalalar to’plami


ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/55
Sana15.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1269799
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55
Bog'liq
portal.guldu.uz-Odam gеnеtikasiga doir masalalar to‘plami

ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI 
68 
serrozi, katarakta, aql zaiflik bilan belgilanadi. Autosomali retsessiv belgi sifatida 
irsiyalnadi. 
Gemofiliya-qonning normal ivimasligi. Plazmatik tromboplastilinning hosil 
bo‘lishida qatnashuvchi qonning ivishini ta’min etishida ishtirok etuvchi har xil 
omillarning bo‘lmasligi. Masalalarda faqat antigemofil globulinning keskin 
kamayishi hisobiga paydo bo‘ladigan klassik gemofiliya keltirilgan. Retsessiv, jins 
bilan birikkan holda irsiylanadi. Autosomali-dominant, autosomali-retsessiv tipda 
irsiylanadigan turlari ham mavjud. Hozirgi kunda gemogiliyaning to‘rt tipi 
farqlanadi.
Gipertrixoz-quloq suprasining chekkasida yung (jun)ning bo‘lishligi bilan 
xarakterlanadi. Y-xromosoma bilan birikkan belgi sifatida irsiylanadi. 
Glaukoma-ko‘z ichki bosimining oshishi oqibatida ko‘rish qobilyatining 
yo‘qotilishi. Kelib chiqish xarakteri va irsiylanish tipiga qarab, bir necha shakllari 
mavjud. Bir qism autosomali-dominant, bir qism esa autosomali-retsessiv belgi 
sifatida irsiylanadi. Irsiy bo‘lmagan shakli-fenotipik ham kuzatiladi. 
Ixtioz (tug‘ma)-teri qoplamining keskin o‘zgarishi. Oddiy va epidermatik ixtioz, 
autosomali-retsessiv belgi sifatida irsiylanuvchi ixtioz turi ham mavjud. Ixtioz bitta 
shaklining geni X-xromosoma bilan birikkan bo‘lib, retsessiv belgi sifatida naslga 
beriladi. 
Katarakta-ko‘z gavharining xiralashishi, bir qancha shakllarda mavjud. 
Tug‘ma katarakta ham autosomali-dominat, ham autosomali-retsessiv tipda 
irsiylanadi. Kech paydo bo‘ladigan katarakta autosomali-dominant tipda irsiylanadi. 
Miopatiya ( Dyushen muskul distrofiyasi) muskullarning progressiv atrofiyasi, 
bir necha shakllari mavjud. Yelka-kurak-yuz shakli kech paydo bo‘ladigan toifadan 
bo‘lib, yuz muskullarining shikastlanishi bilan xarakterlanadi. Autosomali dominant 
belgi sifatida irsiylanadi. Dyushen miopatiyasi ko‘proq jins bilan birikkan retsessiv 
belgi sifatida irsiylanadi. 
Mioplegiya-muskul hujayralari tomonidan kalsiyning yo‘qotilishi bilan bog‘liq 
bot-bot takrorlanib turuvchi kasallik, bir necha shakli mavjud. 20-40 yoshlar 
oralig‘ida boshlanadigan shakllari autosomali-dominat va autosomali-retsessiv tipda 



Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling