ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI
66
86-masala. Proband-normal (besh barmoqli) ayol, uning beshta singlisi bo‘lib,
ulardan ikkitasi bir tuxumdan, ikkitasi ikkita tuxumdan rivojlangan egizaklardir. Opa-
singillarning hammasi-polidaktiliya (olti barmoqli). Probandning onasi normal, otasi
olti barmoqli. Ona tomonidan hamma ajdodlari besh barmoqli. Probandning otasida
ikkita akasi va to‘rtta singlisi besh barmoqli. Ota tomondan buvasi va uning
qarindoshlari besh barmoqli. Ota tomondan probandning buvisi olti barmoqli bo‘lib,
buvisining ikkita singlisi olti barmoqli, bitta opasi besh barmoqli. Agar proband
normal erkak bilan turmush qursa, ushbu oilada olti barmoqli farzandlarning tug‘ilish
ehtimolligi qanday? Keltirilgan barcha shaxslarning genotipini aniqlang va oilaning
shajarasini tuzing.
87-masala. Proband shapko‘rlik bilan kasallangan. Uning ikkita aka-ukalari
ham kasal. Probandning ota tomondan kasallar bo‘lmagan. Probandning onasi kasal.
Onasining ikkita singlisi va ikkita akasi esa sog‘lom bo‘lib, ularning farzandlari ham
sog‘lom. Probandning ona tomondan buvisi kasal, buvasi sog‘, buvisining singlisi
ham kasal, lekin akasi sog‘ bo‘lgan. Buvisining otasi, ammasi va amakisi ham kasal
bo‘lishgan. Buvisining bobosi (otasining otasi) ham kasal. Bobosining akasi va
akaning bitta qizi hamda ikkita o‘g‘li ham kasal. Probandning xotini va xotini tomon
barcha qarindoshlari sog‘lom. Probandning oilasida kasal bolalarning tug‘ilish
ehtimolligi qanday? Keltirilgan barcha shaxslarning genotipini aniqlang va oilaning
shajarasini tuzing.
10. Uslubiy qo‘llanmada foydalanilgan ayrim irsiy kasalliklar,
anomaliyalarning qisqacha tavsifi
(N. B. Xelevin, A.M. Lobanov, O. F. Kolesova bo‘yicha)
Albinizm. Tirozinazaning aktiv holatga kelmasligi natijasida melanotsitlar
melanin hosil qila olmaydilar. Bunday holatlarda teri sut kabi oq, sochlar juda oqish,
ko‘z to‘rida pigmentning bo‘lmasligi sababli qon tomirlar ko‘rinib qoladi, ko‘z
qizg‘ish-pushti rangda bo‘lib, yorug‘likka nisbatan juda sezuvchi bo‘lib qoladi.
Autosoma retsessiv tipda irsiylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |