Oda genetikasiga doir masalalar to’plami


Oilaviy shajara tuzish prinsiplari


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/55
Sana15.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1269799
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55
Bog'liq
portal.guldu.uz-Odam gеnеtikasiga doir masalalar to‘plami

9. Oilaviy shajara tuzish prinsiplari 
Odam genetikasi irsiyat va o‘zgaruvchanlik qonuniyatlarini o‘rganadigan fandir.


ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI 
61 
Odamlarda belgilar irsiylanishi masalalarini o‘rganish mendelizm ta’limoti 
vujudga kelishidan ancha oldin boshlangan edi. Ingliz biologi F. Galton 1865-yilda 
o‘zining «Talant va xarakterning irsiylanishi» asarida birinchi marta odam 
genetikasining asosiy prinsiplarini bayon qildi. F. Galton shaxsning ishchanligi
intellekti, tashqi qiyofasi kabi ko‘p xususiyatlarini genealogik (shajara) usul bilan 
o‘rganish mumkin deb hisoblagan. 
Genealogiya usuli - eng universal, oddiy, qulay usul bo‘lib, belgining bir nechta 
avlodda irsiylanishini aniqlashga asoslangan.
Usulni amalga oshirish bosqichlari:
1. 
Ma’lumotlar yig‘ish. 
2. 
Shajara (genealogik xarita) tuzish.
3. 
Shajarani tahlil qilish.
4. 
Xulosa yozish.
Ma’lumotlar to‘plashda so‘rab-surishtirish, anketalar to‘ldirish va shaxsiy 
ko‘rikdan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. 
Avlodlar shajarasini tuzishni proband haqida ma’lumot yig‘ishdan boshlanadi. 
Proband-avlodlar shajarasi aniqlanishi kerak bo‘lgan, kasal yoki sog‘ belgini 
tashuvchi shaxsdir. Probandning aka-uka yoki opa-singillari sibslar deyiladi.
Avlodlar shajarasini tuzishda juda puxta ishlash, savollarni aniq va to‘g‘ri bera 
bilish shifokordan katta mutaxassislik mahoratini talab qiladi.
Shajaraning har bir a’zosi to‘g‘risida, uning probandga qanday aloqadorligi 
to‘g‘risida qisqacha ma’lumot yoziladi, keyin ularni grafik tarzda ifodalanadi. 
Avlodlar shajarasini tuzishda quyidagi shartli simvollardan (belgi) foydalaniladi. 
 
- ayol 
- erkak 
- nikox 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling