ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI
76
Semizlik asoratlari. Semizlik borasida olib borilgan ilmiy izlanishlar gormonal
buzilishlarni aniqlab berdi. Ma’lum bo‘ldiki, semizlik sindromida bir qator fiziologik,
metabolik va klinik turdagi buzilishlar mavjud. Inson tanasida ortiqcha vazn
ko‘paygani sayin ichki a’zolar faoliyati qiyinlashib boraveradi. Masalan, yurak qon
haydashga, jigar zaharlarni tozalashga, endokrin bezlar esa organizmni kerakli
miqdordagi gormonlar bilan ta’minlashga qiynaladi. Ortiqcha vazn va semizlik
salomatlikka zararli ta’sir ko‘rsatib, bir qator surunkali kasalliklarga sabab bo‘lishi
mumkin.
Hozirgi kunda olimlar va shifokorlar odamda vazn yetishmovchiligi yoki
semizlikni aniqlash uchun maxsus formuladan foydalanadilar. Buni hisoblash uchun
butun dunyoda Tana og‘irligi ko‘rsatkichi (TOK) qabul qilingan. Quyidagi formula
yordamida vazningiz ko‘p yoki kamligini bilib olishingiz mumkin:
TOK
1
= vazn (kg) : bo‘y (m)
2
Aytaylik, vazningiz 90 kg, bo‘yingiz 1,68 sm. Demak, TOK
1
= 90 : (1,68 x
1,68) = 32,1. Ko‘rinib turibdiki, siz I darajali semizlikka chalingansiz (3-jadval).
Hozirgi kunda butun dunyo bo‘yicha shifokor terapevt, pediatr, endokrinolog,
ginekologlar ushbu jadvaldan samarali foydalanishmoqda.
4-jadval
Ko‘rsatkich
Erkaklar
Ayollar
Vazn yetishmovchiligi
19
19
Me’yoriy vazn
19-25
19-24
Ortiqcha vazn
26-29
25-29
I darajali semizlik
30-34
30-34
II darajali semizlik
35-39
35-39
III darajali semizlik
39
39
Tibbiyot fanlari doktori, professor
Tohir IBRAGIMOV
Do'stlaringiz bilan baham: |