Oda genetikasiga doir masalalar to’plami


ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/55
Sana15.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1269799
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
portal.guldu.uz-Odam gеnеtikasiga doir masalalar to‘plami

ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI 
77 
Qarindoshlikni aniqlashning molekulyar-genetik ekspertizasi. 
Hozirgi vaqtda otalik (onalik), yaqin qarindoshlikni hamda shaxsni aniqlashda 
DNK tahlilidan ko‘ra ishonchli va aniqroq uslub mavjud emas. Yaqin yillargacha 
fuqarolik sudlari tomonidan otalik masalasini hal etish uchun guvohlarning 
ko‘rsatmalari, turli hujjatlar, tavsifnomalar va hokazolar talab qilinardi. Lekin 
bularning barchasi odil sudlovni ta’minlay olmasdi. Ko‘pgina hollarda 
sudlashayotgan tomonlar bir-biriga nisbatan bo‘htonlar tarqataradi.
Buning oqibatida esa ba’zan sud ajrimlariga binoan bepusht erkaklar bolaning 
biologik otasi deb tan olinardi. DNK ekspertizasi shu turdagi xatolarni butunlay 
bartaraf etish imkoniyatiga ega. Genetik tadqiqotlar (DNK ekspertizasi) sud ajrimlari 
asosida, shuningdek, shaxsiy sirlarni tarqatmaslik qoidasiga rioya qilgan holda 
shaxslarning murojaati asosida o‘tkaziladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Xadicha Sulaymonova 
nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi mintaqadagi yuqori ilmiy salohiyatga, 
eng zamonaviy texnik bazaga ega ilg‘or muassasalardan biridir. Markazda boshqa 
turdagi ekspertizalar qatori odam DNKsi sud biologik ekspertizasi jadal sur’atlarda 
rivojlanib kelayotganini kuzatish mumkin. 2000 yildan boshlab bu yerda 600 ga 
yaqin qarindoshlikni aniqlash va 450 ga yaqin shaxsni aniqlash masalalarini hal 
etuvchi tadqiqot o‘tkazilgan. 
Ko‘pchilik odamlar otalikka e’tiroz sifatida ota va bola qon guruhining 
nomutanosibligini vaj qilib ko‘rsatadilar. Bu vajlar qay darajada asosli? Qon guruhi 
va DNK o‘rtasida farq bormi? Ana shu tushunchalarga oydinlik kiritishga harakat 
qilinadi. 
DNK texnologiyasiga qadar shaxs identifikatsiyasi va qarindoshlik aloqalarini 
aniqlashda biologik uslublardan foydalanib kelingan. Bu uslublar qon guruhlarini 
aniqlash, serologik testlarga asoslangan. 
Hozirgi vaqtda DNK tahliliga asoslangan uslublarning ixtiro etilgani sababli 
ota-onalikni aniqlashga doir nizolarni hal etishda qon guruhlaridan foydalanish 
samarasiz usul hisoblanadi. DNK tahliliga asoslangan uslublar bugungi kunda keng 
miqyosda qo‘llanilmoqda. Masalan, tibbiyotda aniq tashxis qo‘yishda, tug‘iladigan 



Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling