Oda genetikasiga doir masalalar to’plami
ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Odam gеnеtikasiga doir masalalar to‘plami
ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI
79 qonuniyat kriminalistikada yaqin qarindoshlikni aniqlash masalalarini hal etishda qo‘llaniladi. DNK tahlili bir necha kunni o‘z ichiga oladigan murakkab jarayondir. Bu tahlilning negizida Nobel mukofoti laureati Myullisning PZR (polimer zanjir reaksiyasi) deb nomlangan molekulyar-genetik uslubi yotadi. Hozirgi kunda bu uslub jinoyat sodir etilgan joyda aniqlangan biologik izlarni, shaxsi noma’lum jasadlarni va yaqin qarindoshlikni aniqlashga asoslangan gen daktiloskopiyasida asosiy uslub hisoblanadi. Bu turdagi tahlil zamonaviy texnik uskuna va murakkab kompyuter dasturlarini bosqichma-bosqich qo‘llash orqali o‘tkaziladi. Birlamchi bosqichda kimyoviy unsurlar va murakkab texnik vositalar yordamida DNK ajratib olinadi, oqsil va yot moddalardan tozalanadi, sifat miqdori aniqlanadi. Ikkilamchi bosqichda har bir odamning o‘ziga xos bo‘lgan gen uchastkalari million nusxagacha polimer zanjir reaksiyasi uslubini qo‘llagan holda ko‘paytirib olinadi. Uchinchi bosqichda maxsus biokimyoviy uslub va kompyuter dasturi yordamida tekshirilayotgan shaxsning avval spektrlar ko‘rinishidagi, so‘ngra son ko‘rinishidagi genetik pasporti - genotipi aniqlanadi. To‘rtinchi bosqichda solishtirma qiyosiy tahlil o‘tkaziladi va bunda taxmin etilayotgan ota, ona va bolaning genotiplari solishtiriladi. Yuqorida qayd etilganidek, urug‘lanish davrida urug‘ hujayra va tuxum hujayra birlashadi. Ushbu jarayonda homila (bola)ning har bir DNK lokusi otadan bitta va onadan bitta allel (son ko‘rsatkichidagi nukleotidlar ketma-ketligi)ni oladi, ya’ni farzandning tekshirilgan har bir DNK lokusining “genetik raqamli ko‘rinishi” aniqlanadi va uning har bir lokusi ikkita raqamdan - biri otadan, ikkinchisi onadan olingan allellardan tashkil topgan bo‘ladi. Tekshiruv yakunida olingan genotiplar bo‘yicha “Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi” laboratoriyasida ishlab chiqilgan “DNAExpert” maxsus kompyuter dasturi yordamida otalik va onalikning ehtimollik darajasi sanab chiqiladi. Xalqaro standartlarga binoan otalik tasdiqlangan holatlarda bu ko‘rsatkich 99,99 foizdan kam bo‘lmasligi lozim. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling