ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI
70
otaning dominant rezus faktoriga ega bo‘lib, manfiy faktorli ona immunologiyasi
bilan konflektga kirishadi. Homilaning antigenlari ona organizmida antiteloning hosil
bo‘lishiga olib keladi. Bu antitelo homilaning rivojlanishiga to‘sqinlik qila boshlaydi
va ona organizmini “yot antitelo” dan ozod bo‘lishiga harakat qila boshlaydi. Ammo
birinchi homiladorlikda ona organizmidagi antitelolar miqdori homila rivojlanishiga
yoki nobud bo‘lishiga yetarlicha ta’sir ko‘rsata olmaydi va birinchi chaqaloq omon-
eson tug‘iladi. Ikkinchi homiladorlikda ona organizmida birinchi homiladan qolgan
antitelolarga yangidan hosil bo‘lganlari qo‘shilib homilaning eritrotsitlarini buzib
gemolitik kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Agarda ona musbat rezus-faktorga ota-manfiy rezus-faktorga ega bo‘lsa, u holda
homila onaning musbat rezus-faktoriga ega bo‘ladi va immunologik kenflekt yuzaga
kelib chiqmaydi.
Hozirgi zamon meditsinasi ona qonining bir qismini almashtirish orqali
antitelolarning darajasini bo‘lg‘usi homila rivojlanishiga to‘sqinlik qilmaydigan
darajagacha pasaytirish imkonini beradi.
Sindaktiliya - barmoqlarning qo‘shilib ketganligi. Belgining namoyon bo‘lish
darajasi o‘zgarib turadi. Autosomali-dominant belgi sifatida irsiylanadi.
Fenilketonuriya - odamlar uchraydigan eng og‘ir irsiy kasalliklardan biri.
Kasallik naslga retsessiv autosomali belgi sifatida berilib, aqliy qobilyatning zaifligi
bilan xarekterlanadi. Kasalning hoyoti juda chegaralangan. Kasallikning sababi, nerv
to‘qimalarining fenilalanin bilan zararlanishi. Normada odam qonida fenilalanin
to‘planib qolmaydi, sintezda oraliq zveno bolganligi sababli fenilalanin –
gidroksidaza fermenti tasirida tirozinga aylanadi, kasallik vaqtida qonda to‘plangan
fenilalanin fenilperouzim kislotaga aylanib, markaziy nerv sistemasini shikastlaydi.
17-20 ming odamga bitta kasal to‘g‘ri keladi. Agarda kasallik qanchalik erta
aniqlanib, chaqaloq fenilalaninsiz oziqa bilan boqishga o‘tilsa, chaqaloqda aqliy
zaiflikka va o‘lishga olib keladigan og‘ir kasallikning oldi olingan bo‘ladi. Bu
kasallik autosomali-retsessiv belgi sifatida irsiylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |