Oda genetikasiga doir masalalar to’plami
ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Odam gеnеtikasiga doir masalalar to‘plami
ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI
77 Qarindoshlikni aniqlashning molekulyar-genetik ekspertizasi. Hozirgi vaqtda otalik (onalik), yaqin qarindoshlikni hamda shaxsni aniqlashda DNK tahlilidan ko‘ra ishonchli va aniqroq uslub mavjud emas. Yaqin yillargacha fuqarolik sudlari tomonidan otalik masalasini hal etish uchun guvohlarning ko‘rsatmalari, turli hujjatlar, tavsifnomalar va hokazolar talab qilinardi. Lekin bularning barchasi odil sudlovni ta’minlay olmasdi. Ko‘pgina hollarda sudlashayotgan tomonlar bir-biriga nisbatan bo‘htonlar tarqataradi. Buning oqibatida esa ba’zan sud ajrimlariga binoan bepusht erkaklar bolaning biologik otasi deb tan olinardi. DNK ekspertizasi shu turdagi xatolarni butunlay bartaraf etish imkoniyatiga ega. Genetik tadqiqotlar (DNK ekspertizasi) sud ajrimlari asosida, shuningdek, shaxsiy sirlarni tarqatmaslik qoidasiga rioya qilgan holda shaxslarning murojaati asosida o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi mintaqadagi yuqori ilmiy salohiyatga, eng zamonaviy texnik bazaga ega ilg‘or muassasalardan biridir. Markazda boshqa turdagi ekspertizalar qatori odam DNKsi sud biologik ekspertizasi jadal sur’atlarda rivojlanib kelayotganini kuzatish mumkin. 2000 yildan boshlab bu yerda 600 ga yaqin qarindoshlikni aniqlash va 450 ga yaqin shaxsni aniqlash masalalarini hal etuvchi tadqiqot o‘tkazilgan. Ko‘pchilik odamlar otalikka e’tiroz sifatida ota va bola qon guruhining nomutanosibligini vaj qilib ko‘rsatadilar. Bu vajlar qay darajada asosli? Qon guruhi va DNK o‘rtasida farq bormi? Ana shu tushunchalarga oydinlik kiritishga harakat qilinadi. DNK texnologiyasiga qadar shaxs identifikatsiyasi va qarindoshlik aloqalarini aniqlashda biologik uslublardan foydalanib kelingan. Bu uslublar qon guruhlarini aniqlash, serologik testlarga asoslangan. Hozirgi vaqtda DNK tahliliga asoslangan uslublarning ixtiro etilgani sababli ota-onalikni aniqlashga doir nizolarni hal etishda qon guruhlaridan foydalanish samarasiz usul hisoblanadi. DNK tahliliga asoslangan uslublar bugungi kunda keng miqyosda qo‘llanilmoqda. Masalan, tibbiyotda aniq tashxis qo‘yishda, tug‘iladigan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling