ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI
74
Trisomiya D
1
sindromi (Patau sindromi). 13-juft autosoma xromosomalarining
trisomiya bo‘lib qolishligi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq ko‘p sonli anomaliyalarga ega
bo‘ladi: (arinensafaliya, mikroftalmiya, polidaktiliya va boshqalar). Patau sindromiga
ega chaqaloqlar uzog‘i bilan 1 yoshgacha yashaydilar.
Edvars sindromi. 18-juft autosoma xromosomalarining trisomiya bo‘lib
qolishligi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq ko‘p sondagi nuqsonlarga ega bo‘ladi (kalla
suyagining distrofiyasi, mikroginatiya, deformatsiyaga uchragan quloq suprasi, yurak
parogi). Chastotasi 1/7000. Edvars sindromi bilan tug‘ilgan 200 ga yaqin holatlar
qayd etilgan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning og‘irligi 2300-2450g., umrining o‘rtacha
uzunligi 70,85±21,5 kun.
12. QIZIQARLI MA’LUMOTLAR
Semizlik va vazn yetishmovchiligi
XXI asrda rivojlangan mamlakatlarda semizlik katta tibbiy ijtimoiy
muammoga aylandi. Bir qator olimlarning ma’lumotiga ko‘ra, AQSH aholisi orasida
semizlik 20 foizni tashkil qilar ekan, ularning 20 millionida vazn og‘irligi 10-20 foiz,
5 millionida esa 20 foizdan oshiq, deb belgilandi.
Evropa mamlakatlarida (Angliya, Fransiya, Germaniya) ham semizlikning
aholi bo‘yicha tarqalishi 20-30 foizni tashkil etadi. Rossiyada o‘tkazilgan oxirgi
tekshirishlar xulosasiga ko‘ra, mazkur holatni 26 foiz, deb topishdi. O‘zbekistonda
olib borilgan ilmiy izlanishlar bu ko‘rsatkich yurtimizda 20-24 foiz ekanligini
tasdiqladi. Bolalarda esa 10 foizgacha semizlik kasalligi aniqlandi.
Semizlik metabolik va klinik holat bo‘lib, u o‘rta hayot va yashash muddatini,
ya’ni umrni qisqartiradi. Bunday holatdagi ta’sir semizlik asoratlari, uning og‘ir
turlari va qo‘shimcha kuzatiladigan o‘tkir va surunkali kasalliklarga bog‘liq. Semizlik
diabet kasalligining o‘sish darajasi, yurak xurujiga chalingan bemorlarning soni
tobora oshib borishiga ham sabab bo‘ladi. Shuningdek, semizlik qon-tomirlar tizimi
kasalliklari kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bularga arteroskleroz, yurak eshemik
kasalligi, arterial gipertoniya, venoz qon almashishini etishmovchiligi kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |