Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Odam bolish qiyin
233 , qo‘shni eshik ochildi. Bo‘yniga aeroflot sumkasini osib olgan styuardessa kiyimidagi bir qiz chiqdi. – Sizga kim kerak edi? – so‘radi u Gulchehra ga boshdanoyoq razm solib. – Sanobar opa... Sanobar Qodirovna, – dedi shoshib Gulchehra. – Shunday deng? – Ha. – Siz ularning kimi bo‘lasiz? – styuardessa qiz yana Gulchehraga tikildi. – Tanishi bo‘laman, birga o‘qiymiz. Qo‘qondan keldim. Uydami u kishi? – E, konkursda g‘olib chiqqan me’mor siz bo‘la sizmi? – uning savolini eshitmay so‘radi styuar dessa qiz. – Ha. – Sanobar opam sizni ko‘p gapirardilar. Buni qarang, men sizni hech ko‘rmagan ekanman. Men ham institutga kirib, me’mor bo‘lmoqchi man. Yaxshi uylarni biram yaxshi ko‘ramanki, sira ketolmay qolaman. Akademik Sagdullayevni taniysizmi? Gulchehra «yo‘q» deya boshini qimirlatdi. – Shularning uyida birikki marta bo‘lgan man, – gapida davom etdi styuardessa qiz. – Bi ram ajoyib! Ikki etajli. Birinchi etajida zal, kux nya, stolovaya. Ikkinchi etajda spalnya, shunday yonida katta vanna, biram yaxshi!.. Kirsang, ket ging kelmay qoladi. Tanishaylik, Zara. Hozircha aeroflotda ishlayman. Moskva marshrutida. Qiz sabrsizlik bilan uni eshitib turgan Gulcheh raga samimiy ravishda qo‘lini uzatdi. Gulchehra omonatgina uning qo‘lini ushladida, so‘radi: Olmas Umarbekov 234 , – Aytmadingiz, Sanobar opa qayerda? – Ha, ularmi? – hafsalasizlik bilan dedi qiz. – Ular ketishgan. Issiqko‘lga. Hammalari ketishgan. – Ancha bo‘ldimi? – Ha. O‘n kunlarda qaytib kelishadi. Ular juda kerakmidi? Gulchehra javob bermadi, bo‘shashganicha egilib, jomadoniga qo‘l uzatdi. – Voy, turadigan joyingiz yo‘qmi? Biznikida tura qoling? – qiz unga mehribonlik bilan gapirdi. – Men bir o‘zim yashayman. Ular qaytguncha turing. – Rahmat, – Gulchehra pastga tusha bosh ladi. Uning birdan o‘zgarib qolganini ko‘rgan qiz taklif qildi: – Mazangiz yo‘qqa o‘xshaydi. Juda bo‘lmasa bir oz biznikida dam oling. Gulchehra uni eshitmadi. Qiz ko‘chagacha u bilan birga chiqdi. – Boradigan joyingiz bormi? Gulchehra «ha» deya boshini qimirlatdi. Shu payt ularning ro‘parasiga bo‘mbo‘sh avtobus ke lib to‘xtadi. – Mening avtobusim. Olib borib qo‘yaymi? – Rahmat, o‘zim, – dedi Gulchehra unga min natdorlik bilan jilmayishga harakat qilib. Qiz «lip» etib avtobusga chiqdi. Shofyor gaz berdi. – Joyingiz bo‘lmasa, keling! – qichqirdi qiz av tobus derazasidan boshini chiqarib. – Kechqurun qaytaman! Gulchehra unga qo‘l silkidida, avtobus uzoq lashgach, jomadoni ustiga og‘ir o‘tirdi. Qayoqqa boradi endi u? Institutga kech bo‘lib qoldi. Biron Odam bolish qiyin 235 , ta o‘rtog‘inikiga jomadon bilan kirib borishi yaxshi emas. Odatdagidek, Abstutaynikiga boradida. Toshkentga birinchi yili kelganida sinfdoshi Qo simjon uni shu kampirnikiga joylashtirib qo‘ygan edi. Uning nabirasi Qosimjon bilan birga o‘qirdi. «Mehmonxona qilib yurasanmi? – dedi Qosimjon o‘shanda. – Mening o‘rnimda tur, men yotoqqa o‘tdim». Gulchehra ham mehmonxonada yolg‘iz turishni ep ko‘rmay, uning taklifini qabul qildi. Abstutay Labzakda turardi. Kattagina hov li. Bir necha xona. Ilgari o‘g‘li bilan turar ekan. O‘g‘li xotini bilan Buxoro – Ural gaz magistrali qurilishiga ketib, endilikda kampir nabirasi bilan yolg‘iz qolibdi. U Gulchehrani juda yaxshi qabul qildi. Keyinchalik Gulchehra, institut joy bersa ham bormay, shu quvnoq, mehmondo‘st kam pirnikida turadigan bo‘ldi. Bo‘sh taksi ko‘rindi. Gulchehra uni to‘xtatdi. Oqshom tushganda u Abstutaynikiga kirib bordi. Kampir hovlining o‘rtasidan o‘tgan ariq labidagi so‘rida ko‘rpa qavib o‘tirardi. Gulchehrani ko‘rdi yu, xuddi yosh ayoldek sakrab o‘rnidan turdi: – Voy, aylanayin, voy, o‘rgilayin! Bor ekan sizku! Opoq qizim, momiq qizim! Gulchehra o‘zini uning bag‘riga tashladi. – Yaxshi yuribsizmi, Abstutay? Tinchmisiz? – Menga nima qilardi, qizim. Otdekman. Faqat har doimgidek yolg‘izman. Zubayda ham ketdi. O‘tir, qizim, o‘tir. Men hozir choy damlayman. – Qayoqqa ketdi Zubayda? – Praktikaga. Qosimjon ikkalovi ketdi. O‘tir, qizim. Men hozir. Abstutay o‘choq boshiga pildirab ketdi. Gulchehra Qosimjonning Toshkentdamasligidan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling