Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Odam bolish qiyin
257 , boshi tegirmon toshi yurg‘izgandek og‘rirdi. Yana ko‘zlarini ishqalab, yumdi. Bu gal halqacha lar ko‘rinmadi. Abdulla xo‘rsinib, boshini yana suyanchiqqa qo‘ydi. Shu mahal olisda soqqadek kichkina qora bir narsa paydo bo‘ldi. Ko‘zlari ning to‘g‘risiga kelib to‘xtab turdida, keyin Abdulla tomon yumalay boshladi. Birpasdan so‘ng u ik kita bo‘ldi. Keyin to‘rttaga aylandi. Abdulla «nima bo‘larkin?» deb ko‘zlarini yumganicha o‘tiraver di. To‘g‘rirog‘i, ochishga majoli yo‘q edi. To‘rt ta soqqa bu paytda o‘n oltitaga aylanib yuma lab kelardi. Lekin yaqinlashmasdi. Soqqalar hi soblab bo‘lmaydigan darajaga yetganda, Abdulla ko‘zlarini birikki qisib qo‘ydi. Shunda hamma soqqalar birlashib, katta bir temir sharga aylan di. Shar ovoz chiqarib dumalay boshladi. «Hozir meni bosib ketadi, – xayolidan o‘tkazdi Abdulla. – Qochish kerak». Lekin joyidan qo‘zg‘alolmadi. Sharning unga yetib kelishiga besholti qadam cha qoldi. «Hozir keladi, hozir!..» Abdulla yura gi qinidan chiqay deb hansiray boshladi. Shar kengaydi, ko‘z davrasidan chiqib ketdi. Ammo hamon dumalardi. «Yetdi! Yetdi!» – dedi Abdulla va birdan ingrab yubordi. – Nima bo‘ldi, yigit? – so‘radi kimdir mehribon lik bilan. Abdulla yoniga o‘girilib, boyagi mo‘ysafidlar dan biri tepasida turganini ko‘rdi. – Uxlayotgan ekansiz, tush ko‘rib, cho‘chidin giz shekilli? – Ha, – dedi Abdulla uyalib, keyin sekin o‘rni dan turdi. – Muzdek suv ichib oling, yaxshi bo‘ladi, – maslahat berdi mo‘ysafid. – Rahmat. Olmas Umarbekov 258 , Abdulla ro‘molchasi bilan ter qoplagan bo‘yni ni artib, yo‘lga tushdi. U gandiraklardi, oyoq lari omonatgina ilib qo‘yilgan tayoqchalardek sudralar, tizzalari zo‘rg‘a bukilardi. Shu ahvolda u xiyobon dan chiqib, markaziy ko‘chaga o‘tdi. Bu ko‘cha kech kirishi bilan gavjum bo‘lardi. Mashi na qatnovi to‘xtab, butun ko‘cha piyodalar ixtiyoriga o‘tardi. Piyodalar esa turli kiyimda, turli yoshda bo‘lib, shu ko‘chaga kelganda o‘zlarini beixtiyor, hech qanday g‘ami, tashvishi yo‘qdek his qilishardi. Bu yerda umrida birinchi marta anchagina urishto‘polon bilan sayilga chiqqan, hali baland poshnali tufliga o‘rganmagan qizlarni, yarim ke chagacha o‘yinkulgi qilib, butun shahar o‘zini ki bo‘lib qolgan talabayoshlarni, birbiridan hali bo‘sa olib ulgurmagan, bor mehrlarini qo‘l ushlash bilangina ifodalab yurgan sevishganlar ni, umri tugab borayotganini sezib, hammaga, hamma narsaga suq va havas bilan qarovchi munkillagan kampir, chollarni, qo‘yingchi, sha harning deyarli hamma toifa kishilarini ko‘rish mumkin edi. Bir soat chamasi shoshilmasdan shu ko‘chani aylangan kishi, uzoq uchratmagan tanishbilishlarini ko‘pincha shu yerdan topishi ehtimoldan xoli emas. Ko‘pchilik, ayniqsa, yosh lar shunday qilishardi ham. Bu ko‘cha umuman, dam olish, uchrashuvlar, kelgusi rejalar joyi edi. Abdulla bittabitta qadam tashlab trotuar chetidan borar ekan, odamlarga qaramaslikka intilardi. Uning hech kim bilan uchrashgisi, hatto salomlashgisi ham kelmasdi. U universal maga zin ro‘parasiga yetganda to‘xtadi. Shu yerda say ilgohni tor bir ko‘cha kesib o‘tgan edi. Shu yoq qa yurdi. Ko‘cha jimjit, na bironta mashina, na bi ronta odam ko‘rinardi. Abdullaning kayfi battar Odam bolish qiyin 259 , buzilib ketdi. O‘zini iflos, katta bir gunoh qilib qo‘ygandek his qilardi. «Rasvo bo‘ldim, – o‘yladi u. – Hamma narsa rasvo bo‘ldi». Shunday o‘yla dida, yana yo‘lga tushdi. Trolleybus to‘xtaydigan joyga kelganda, kim ningdir simyog‘ochga suyanib turganini ko‘rdi. Uning shu odam bilan gaplashgisi, ozgina bo‘lsa ham ko‘nglini bo‘shatgisi kelib ketdi. Simyog‘och ga yaqinlashib yo‘taldi. Lekin begona kishi unga qaramadi. Simyog‘ochga suyanganicha turaverdi. – Kechirasiz, soat necha bo‘ldi? – so‘radi Ab dulla uning qarshisiga o‘tib. – Soatim yo‘q, – dedi begona kishi. – Ammo taxminan aytishim mumkin. O‘n ikkidan oshdi. – Nahotki? – hayron bo‘ldi Abdulla. – Ha, trolleybus endi yurmaydi. Chekishingiz bormi? – Bor. Abdulla shoshib sigareta olib begona kishi ga uzatdi, o‘zi ham tutatdi. Begona kishi og‘ir xo‘rsinib tutun chiqarar ekan, dedi: – Xotinimni kutib turibman. – Shunaqa kech keladilarmi? – Endi kelmasa kerak, – dedi begona kishi yo‘lga qarab. – Nega? – Urishib qoluvdik, ketib qoldi. Ancha bo‘ldi ketganiga, hali qorong‘i tushmagan edi. – Xafa bo‘lmang, kelib qolarlar, – yupatdi Ab dulla. – Yo‘q, kelmaydi. Ketib qolsa qayerda bo‘lishi ni bilardim. Yo anhorning labida o‘tirardi, yo bo‘lmasa katta ko‘chada yurardi. Darrov topib kelardim. Bugun topolmadim. – Begona kishi ning ko‘zlari yaltirab ketdi. – Endi kelmaydi... Olmas Umarbekov 260 , – Xafa bo‘lmang, erxotinning urishi qayoqqa borardi? – dedi Abdulla yana uni ovutmoqchi bo‘lib. – Qaytib keladilar. – Ayb o‘zimda, – dedi begona kishi ko‘zlarini artib. – Uni ko‘p xafa qilardim. Bugun ham qattiq xafa qildim. Bilmadim, nimadan janjal chiqardim. Tuppatuzuk ovqatlanib o‘tirgan edik bo‘lmasa. Bir gapga ikkinchisi ulandi, uchinchisi... Keyin u ham chiday olmadi, shekilli: olim bo‘lish oson ekanu, odam bo‘lish qiyin ekan, dedi. Bu gap u yoq bu yog‘imdan o‘tib ketdi. Yomon so‘kib ber dim. Chiqib ketdi, yig‘labyig‘lab chiqib ketdi. Bu naqa odamni topish qiyin. Yomon bo‘lsa, ikkita bolamni o‘z bolasidek ko‘rmas edi. Men ham uni yaxshi ko‘raman. Ertaga tug‘ilgan kuni edi. Sovg‘a ham olib qo‘yuvdim... – Begona kishi xo‘rsindi. – Mana, ko‘ring. U qo‘yin cho‘ntagidan kichkina qutichani olib Abdullaga uzatdi. Bu – kichkina brilliant ko‘zli uzuk edi. – Yaxshimi? – Juda ham, – dedi Abdulla qutichani yopib, qaytarar ekan. – Zo‘rg‘a topuvdim. Endi keragi yo‘q... Nima qiladi endi buni?.. Begona kishi birdan o‘zini o‘ngladi. Sigareti ni oyog‘i tagiga tashlab ezdi, keyin yosh boladek katta ko‘cha tomon yugurib ketdi. – Saida! Saida!!! Abdulla uning orqasidan hayron bo‘lib qa rab qoldi. Bir ozdan so‘ng trolleybus kelmasligiga ishonch hosil qilib, o‘sha tomonga yurdi. Muyi lishga yetganda begona kishi ko‘chani boshiga ko‘tarib kulganicha, bir narsani opichlab kelar edi. Abdullani ko‘rib, u sevinch bilan qichqirdi: Odam bolish qiyin 261 , – Topdim! Topdim!.. Abdulla shunda uni bo‘ynidan quchoqlab ol gan nimjon ayolni ko‘rdi. Uning oy nuri yoritib turgan ko‘zlari namdanmi, yo sevinchdanmi xud di boyagi uzukning brilliant ko‘zlaridek yaltirardi. Shu payt: – Yigit! – dedi begona kishi to‘xtab. – Ertaga biznikiga keling. Otamlashamiz. Simyog‘och qar shisidagi uy. Albatta keling! – Rahmat, – dedi Abdulla. Bu tasodifiy uchrashuv uni battar ezib yubor di va u yoshi anchaga borib qolgan, ammo qonida yigitlik zavqi, muhabbati jo‘sh urib turgan, oso yishta tun qo‘ynidagi bo‘mbo‘sh ko‘chani to‘ldi rib borayotgan bu odamga cheksiz havas, ayni vaqtda hali uzoq yillar, balki umrbod qalbini tim dalaydigan gunoh azobi bilan qarab qoldi. 1969 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling