Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Odam bolish qiyin
251 , Kechga yaqin militsiyada marhuma haqida aniq ma’lumot to‘plandi, tekshirishlar yakun landi. Lekin marhuma o‘zini tashlaganmi, yo ta sodifan tushib ketganmi – bu savol yechilmadi. Kim biladi, balki chindan ham tushib ketgandir? Hamma yoq qorong‘i bo‘lsa, balkonning panja ralari hali qoqilmagan bo‘lsa?! Ortiqcha qadam qo‘yib yuborgan. Militsiya xodimlari shunday qa rorga kelib, odamlarga ruxsat berishdi. XXII Qosimjon bilan Zubayda praktikadan qaytib kelishganda Gulchehraning o‘lganiga uch kun bo‘lgan edi. Abstutay ularni ko‘rishi bilan yig‘lab yubordi. – Qosimjon, o‘g‘lim, Gulchehradan ayrilib qol dik!.. Gulchehra o‘lib qoldi. – Nima?! – Qosimjon qotib qoldi. – Onasi chaqirdi uni, onasi!.. Xudo ko‘p ko‘rdi uni bizga! Kampir yig‘i aralash bo‘lgan voqeani zo‘rg‘a zo‘rg‘a gapirib berdi. – Hammasiga o‘sha yigit aybdor! Oti qurg‘ur Ab dulla! O‘tgan kuni samolyotda olib ketishdi. Qa rindoshlari, institutdagilar olib ketishdi. Bechora qiz... Onasining yoshiga kirsa ham mayli edi. Qosimjon shu zahotiyoq yo‘lga tushdi. Qosh qorayganda Mingbuloqqa kirib bordi. Gulcheh raning uyi atrofida tumonat odam. Ichkaridan ayollarning yig‘isi eshitilardi. Qosimjon odamlar orasida boshini xam qilib turgan Samadni ko‘rib, uning yoniga bordi. – Qachon ko‘mdilaring? – Kecha. Olmas Umarbekov 252 , – Yusuf aka qalay? – Uni so‘rama, – Samad xo‘rsindi. – Kecha dan beri tildan qolgan. Hech narsani bilmaydi. Raisning uyiga yotqizib qo‘ydik. Tepasida doktor. – Ablah! Men uni sog‘ qo‘ymayman! – O‘zingni bos, – dedi Samad. – Falokat ustiga falokat qo‘shilmasin. U bilan keyin gaplashamiz. – Xabari bormi? – Men xabar bermoqchi emasdim. Mamlakat telegramma berib qo‘yibdi. – Kim u? – Pochtachi qiz. – Adresini bilar ekanmi? – Gulchehra pochtaga borib xat olardi. Bu yoq qa yur. Ular odamlar orasidan chiqib, kanal labiga o‘tirishdi. – Manavini Gulchehra ko‘rmay ketdi. – Samad Abdullaning so‘nggi telegrammasini o‘rtog‘iga uzatdi. – Kimdan? – Kimdan bo‘lardi... Qosimjon telegrammani o‘qib chiqdi. Qo‘llari musht bo‘lib tugildi. – Ablah! Ikki o‘rtoq jim qolishdi. Samad boshini tiz zalari orasiga olib, xayolga cho‘mdi. – Qosim, – dedi u bir mahal chidolmay. – Labbay? – Men... men uni yaxshi ko‘rardim!.. Esimni taniganimdan beri yaxshi ko‘rardim!.. Samad titrab yig‘lab yubordi. Qosimjon uning orqasiga qo‘lini qo‘ydi, bir narsa deb ovutmoqchi bo‘ldi, ammo tiliga hech narsa kelmadi. ...Xuddi shu paytda Abdulla samolyotdan tushib Toshkent – Qo‘qon poyezdiga o‘tirgan edi. Odam bolish qiyin 253 , Telegrammani olganida, avval u ishonmadi. Bir necha marta o‘qib chiqdi. Keyin, birdan sodir bo‘lgan dahshatga tushunib, dodlab yubordi. U bunday bo‘lishini sira kutmagan edi. Shoshib kiyindi. Shkaf ustida chang bosib yotgan joma donini olib, nimalarnidir soldi, keyin jahl bilan uloqtirib tashladida, pastga otildi. «Endi nima bo‘ladi? Endi nima qilaman?» – derdi u nuqul samolyotda ham, poyezdda ham. Gulchehra nima qilib qo‘yganini u bilmasdi. Lekin nima qilib qo‘ygan bo‘lsa ham, bunga o‘zi aybdor ekanini bilardi. Nima degan odam bo‘ldi u endi? Odamlarning yuziga qanday qaraydi? Qanday yashaydi? U shunday o‘ylar ekan, ko‘z oldidan Gulchehraning siymosi ketmasdi, qayoqqa qa ramasin, uning kulib turgan ko‘zlariga to‘qnash kelardi. Bu ko‘zlar ta’na qilmasdi, yo‘q, ular unga mehr bilan boqardi, ular sevinchga, sevgiga lim molim edi. Abdulla Mingbuloqqa kirguncha ularning ta’qibidan qutulolmadi. Mingbuloqqa kirganda esa, xayoli bo‘lindi. Olisda bir guruh odamlar ko‘rin di. Ular Gulchehralar uyining oldida turi shardi. Abdullani qo‘rquv bosdi. Odamlarning hammasi unga yov nazari bilan qarab turgandek tuyular di. Ularga ko‘rinmaslik uchun devor yoqalab yura boshladi. Uning rangida rang qolmagan, tizzalari qaltirardi. Bir amallab buvisi ning uyi ga yetib kel di. Hovliga kirdiyu, xuddi birov quvlayotgandek, eshikni orqasidan shoshib tanballadi. Hovlida hech kim yo‘q edi. Abdulla ayvonga ko‘tarildi. – Buvi! – chaqirdi u sekin. Hech kim javob bermadi. – Tog‘a! Yana jimlik. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling