Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Odam bolish qiyin
245 , «Qayoqqa borsam ekan? – o‘yladi Gulcheh ra. – Tramvayga o‘tirib shahar aylanaymi? Tosh kentga birinchi marta o‘zim kelganimda shunday qilgan edim. Yaxshi bo‘ladi, ko‘rmagan joylarim ko‘p hali». U shunday qildi. Yangi shahar tomon ketayotgan tramvayga o‘tirdi. Vagon bo‘sh, hatto konduktor ham yo‘q edi. Gulchehra deraza yoni ga o‘tirib, ko‘chaga qaradi. Turlituman chiroq lar, ming xil reklama chiroqlaridan keng ko‘cha xuddi xonatlasdek lovlov yonib turardi. Gulchehra ancha aylandi. Tramvay ikki marta shaharning u boshidan bu boshiga borib keldi. Shahar tinch edi. Faqat Gulchehraning ostidagi g‘ildiraklargina bu tinchlikni buzib turardi. Ammo Gulchehra bunga ko‘nikib qolgan edi. Uning o‘zi ham tinch edi... Dzin, dzin!.. Tramvay to‘xtadi. Gulchehra ko‘zlarini derazadan uzmay o‘tiraverdi. – Qizim, qayerda tushasiz? Gulchehra boshini ko‘tardi. Tepasida shop mo‘ylov vagon haydovchi turardi. – Adashib qolmadingizmi? – Qayerga keldik? – Talabalar shaharchasiga. – Shu yerda tushaman. – Gulchehra shoshib o‘rnidan turdi. – Tavba, – dedi haydovchi u tushib ketgach. – G‘alati odamlar bo‘ladiya dunyoda. Gulchehra to‘ppato‘g‘ri «Yoshlik» mehmonxo nasiga bordi. Bir oz unga qarab turdi, keyin may donga o‘tdi. Shu payt qorovul uychasidan Sulay mon ota chiqdi. – Assalomu alaykum, ota! – dedi Gulchehra. – Kimsan? – qorong‘ilik ichida uni tanimay so‘radi qorovul chol. – Men, men – Gulchehraman, – dedi Gulcheh ra cholga yaqinlashib. Olmas Umarbekov 246 , – Bemahalda nima qilib yuribsan, qizim? – Uyda o‘tirib zerikdim. Birpas ko‘chalarni aylandim. Keyin shu yoqqa keldim. Ko‘rgim kel di. Qanday bo‘lar ekan? Odamlarga yoqarmikan? – Yoqmaychi, bolam! Shahardagi eng ko‘hlik bino bo‘ladi bu. – Rahmat, ota. – Ha, menga ishonaver, – dedi chol g‘ururla nib... – Sulaymon ota yolg‘on gapirmagan. Ro hatijon joy bo‘ladi bu yer. Hammaning savobiga qolasan hali. – Aytganingiz kelsin, ota, – dedi jilmayib Gulchehra. U shunday deb o‘ylanib qoldi. Uning ikkala ko‘zi qorong‘ilikni yorib, bahaybat qush dek uchishga hozirlanib qanotlarini yozgan bino da edi. Uniki ham shundan qolishmaydi. Qush dek yengil, go‘zal bo‘ladi. Qorovul cholga ham shunday tuyuldi shekilli, faxr bilan dedi: – Uchaman deb turibdi! Gulchehra indamadi. Keyin bittabitta yurib, mehmonxona binosi ichiga kirib ketdi. Yangitdan choy qo‘yish uchun ichkariga kirgan Sulaymon ota uning qayoqqa ketganini ko‘rmay qoldi. Birik ki «Gulchehra!» deb chaqirdi, javob bo‘lmadi. – Ishqilib, umri uzoq bo‘lsin, – dedi Sulaymon ota. Gulchehra bino devorlarini paypaslab, hali tarashlanmagan zinadan beshinchi qavatga ko‘tarildi. Ertalab chiqqan balkoniga ehtiyotlik bilan o‘tdi. Kecha sutdek oydin edi. Uzoqyaqinda qorayib turgan teraklar yengil shabadadan ohista tebranib, og‘irligini bir oyog‘idan ikkinchi oyog‘iga olib turgan pahlavon soqchilarga o‘xshardi. Olis da televizion stansiya minorasining qizil chiroq lari ko‘rindi. Odam bolish qiyin 247 , «Nima ketayotgan ekan hozir? – o‘yladi Gulchehra. – Botir kuylayotganmikin? «Maro bibo‘s»mikan?» U shu qo‘shiqni yaxshi ko‘rardi. Ayniqsa, Botir Zokirov aytganida. Qo‘qonda kim dir aytdi, o‘xshata olmadi. Gulchehraga Botir ning ovozidan ko‘ra, shu qo‘shiqni aytayotgan dagi kayfiyati yoqardi. Qo‘shiq go‘yo uning uchun gina yaratilgandek, u bilan tirikdek tuyulardi. Gulchehra shunday o‘ylar ekan, qulog‘i ostida shu qo‘shiq yangrayotgandek, chiroqlar ichidan esa ashulachi unga qarab turgandek, hozir faqat uning uchun kuylayotgandek bo‘ldi. Beixtiyor qu loq soldi. Tramvay chinqirib burila boshladi. Shu zahoti aspirantlar yotoqxonasi oldida nimadir chirsillab yondiyu, darhol so‘ndi. Gulchehra kaf tini yuziga tutdi, ammo anchagacha kamalak tus olov yallig‘i ko‘z oldidan ketmadi. Tramvay uzoqlashib, yana hamma yoq jimjit bo‘lib qoldi. Gulchehra ko‘zlarini ochib atrof ga qaradi. U hech mahal tungi Toshkentni tomosha qilmagan edi. To‘g‘ri, bir marta samolyot kech uchib, qorong‘i tushganda Toshkentga kelgan edi. O‘shanda, samolyot pastlayotganda, darchadan shaharga qarab hayron qolgan edi. Hamma yoq chiroq... xuddi shaxmat taxtasiga o‘xshaydi. Faqat bu taxta oqqora emas, ming xil bo‘yoqda tovlana di. Hozir ham tungi Toshkent shunday go‘zal edi, odamning suqi kelardi. Gulchehra simirib nafas oldi, muzdek havo tomog‘ini qitiqlab o‘tdi. Yana ancha vaqt balandpast imoratlar orasi dagi sho‘x chiroqlarga termilib turdida, boshini ko‘tardi. Osmon to‘la yulduz. Oyning nim rang gardishi adashib paydo bo‘lib qolgan bir quloch bulut pardasi orqasiga o‘tib, tunni qoraytirdida, ko‘p o‘tmay mo‘ralab chiqdi. Daraxtlarning barg |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling