Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Olmas Umarbekov
248 , lari kumushdek yaltirab ketdi. Gulchehra oyga termilib, xuddi u bilan suzib ketayotgandek bo‘ldi. Darhol balkondaligini esladida, devorni ush lamoqchi bo‘lib qo‘lini orqaga cho‘zdi va tisarildi. Ammo orqasida hech narsa yo‘q edi. Gulchehra osmonga tikilib devorga yoni bilan turib qolgani ni unutgan edi. «Ota!» – dedi u yuragi shuvillab, ammo ovozi tomog‘ida qoldi. Qo‘llarini yoyganicha pastga sho‘ng‘idi. «Qushga o‘xshaymana» – xayolidan o‘tdi uning. Keyin hushini yo‘qotdi. XXI Sulaymon ota ertalab, g‘irashirada qurilish maydonini kuzatib kelar ekan, standart beton plita ustida yotgan bir ayolni ko‘rib qoldi. Ayol ning oyoqqo‘llari yoyilgan, oppoq ko‘ylagi beliga cha ko‘tarilgan edi. Sulaymon ota uning bu qiyo fasini ko‘rib, jahli chiqdi, «Ayol boshingga ichib nima qilarding?!» dedi ichida, keyin yomon fikr xayolidan o‘tib, shoshib ayolga yaqinlashdi. Ya qinlashdiyu, dahshat ichida qotib qoldi. Ayol ning kallasi yo‘q edi, to‘g‘rirog‘i, majaqlanib, yel kalariga yopishib yotardi. Sulaymon ota nimadir deb o‘zicha g‘o‘drandi, qo‘rqapisa ayolga yana bir marta ko‘z qirini tash ladida, keyin orqaga tisarildi, uchto‘rt qa dam bosgach, o‘zini tutib oldi shekilli, qorovulxona to mon jon holatda yugurib ketdi. Ko‘p o‘tmay milit siya xodimlari yetib kelishdi. Sulaymon ota ular ni o‘sha ayol yotgan joyga boshlab borar ekan: – Xotin!.. Bir xotin... o‘lik!.. – derdi, boshqa hech narsa gapirolmasdi. Telefonda ham shu uch so‘zdan boshqa hech narsani aytolmagan edi. Odam bolish qiyin 249 , Militsiya xodimlari ketidan qoqilibsuqilib bo rar ekan, ko‘zlari jiqqa yoshga to‘lib, sho‘r tom chilar qalin mo‘ylovi orasidan og‘ziga tushayot ganini, necha yillardan beri o‘qlanmay, o‘qdoni zanglab ketgan eski miltig‘ining qo‘ndog‘i tosh dantoshga tegib sudralib kelayotganini sezmas di. Uning ikkala nam ko‘zi ayol yotgan tomonda, butun xayoli hozirgina yakka o‘zi guvoh bo‘lgan fojiada edi. Beton plita yoniga yetib kelishganda, Sulaymon ota besh qadamcha narida tuproqqa qorishib yotgan bir poy tufliga ko‘zi tushdi. Yu gurib borib uni oldi. Oltin rang tasmali, oppoq bu tufli ayolning oyog‘idan tushib qolgan edi. Sulay mon ota beixtiyor o‘likka yaqinlashib, tuflini kiy- gazib qo‘yish uchun engashdi. Shu payt kimdir: – Qayerdan oldingiz? Joyiga olib borib qo‘ying! – dedi. Sulaymon ota yosh boladek chopib borib, buyruqni bajardi. Militsiya xodimlari o‘likning atrofini aylanib chiqishdi-da, uning ro‘parasida to‘xtashdi. Ammo Sulaymon ota ularga parvo qil masdi. Uning ko‘zi o‘likning shalvirab yotgan qo‘li dagi soatda edi. Soat unga tanishdek tuyulgan, shuning uchun unga tikilib qolgan edi. Bir mahal u titrab ketdi, nimadir deb shivirladi, keyin: – Gulchehra! Bolaginam! – deb qichqirib yubordi. Militsiya xodimlari nima bo‘lganiga tushunib yetgunlaricha, chol hushidan ketib, o‘likning oyoq tomoniga gurs etib yiqildi. O‘ziga kelib ko‘zini och ganda, militsiya xodimlari bilan birga tepasida bir nechta oq xalat kiygan kishilar turi shardi. – Uni... uni taniyman, – dedi Sulaymon ota turishga harakat qilib. – Taniyman... Shu bi Olmas Umarbekov 250 , noning qog‘ozini chizgan. Gulchehra, bolaginam. Nima qilib qo‘yding o‘zi, qari, devona chol?! – Ota, tuzukroq gapiring, nima bo‘ldi o‘zi? – so‘radi kimdir. – O‘likni qachon ko‘rdingiz? Sulaymon ota plita burchagiga omonatgina o‘tirdi. – Ertalab ko‘rdim o‘likni... Lekin uni kecha ko‘rganman. Kecha shu yerga kelgan edi... – Qay payt? – Kechqurun. Kechqurun kelgan edi, ancha kech bo‘lib qoluvdi. Soat necha bo‘ldi, deb so‘ra gan edim undan. Chorak kam o‘n ikki edi, ha, chorak kam o‘n ikki degan edi... – Ota, o‘zingizni bosing, bir chekkadan gapi ring, – dedi militsiya xodimlaridan biri. – Yozib olishimiz kerak. Sulaymon ota «xo‘p» deya boshini og‘ir silkitdi. Keyin, bilganlarini aytib berdi. Lekin Gulchehra o‘shandayoq bino tepasiga ko‘tarilganmi, yo ke yin kelganmi – qorovul chol bilmasdi. Qizning o‘limiga uni aybdor hisoblashlari mumkinligidan cho‘chib va unga achinib: «Nega tepaga chiq madim? Nega o‘shanda uni qidirmadim? Ahmoq chol!» – deb o‘zo‘zini so‘kardi. Oradan bir soat o‘taro‘tmas o‘lik ekspertiza ga olib borildi. Tekshirildi. Uning beshinchi qa vatdan tushib ketgani aniq edi. Hech kim unga suiqasd qilmagan. Marhumning badanida ham, binoda ham buni isbotlaydigan dalil topilmadi. Le kin militsiyaga bir narsa qorong‘i edi: u tasodifan tushib ketganmi yo o‘zini tashlaganmi?! Shuning uchun binoni yana sinchiklab tekshirishdi, o‘lik ni ham rentgenga solib ko‘rishni lozim topishdi. O‘sha zahotiyoq marhuma idorasiga – politexnika institutiga xabar qilindi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling