Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Olmas Umarbekov
254 , – Kelinoyi! Shu payt bog‘ tomondan bedana «taktarak»lab yubordi. Abdulla seskanib ketdi. Bu – o‘sha, Gulchehra avaylab tarbiya qilgan, qanoti siniq bedana edi. – Gulchehra! – qichqirib yubordi Abdulla o‘zidano‘zi. – Tog‘a, – ko‘zlarini ishqalab ichkari xonadan jiyani Tursun chiqdi. – Ha, jiyan, – dedi o‘zini bosishga intilib Ab dulla. – Uydagilar qani? – Hammalari Yusuf amakimlarnikida. Eshit madingizmi, Gulchehra opam o‘lib qoldilar. – Eshitdim. Nima bo‘libdi? – Toshkentda imoratdan yiqilib tushibdilar. Tog‘a! – Nima? – Buvim sizni qarg‘adilar, – dedi Tursun sir li ohangda. – Adam ham so‘kdilar. Buvim unaqa nevaram yo‘q, dedilar. Nima qiluvdingiz, tog‘a? Abdulla javob bermadi. U yig‘lardi. Bir tomchi yosh jiyanining bo‘yniga tushdi. Tursun boshini ko‘tarib tog‘asiga qaradi. – Siz ham yig‘layapsizmi? Abdulla boshini qimirlatdi. – Men... men Gulchehra opangni yaxshi ko‘rar dim. Keyin... keyin ketib qoldim... Abdulla jiyanining boshini siladida, hovliga tushdi. Bittabitta yurib ko‘chaga chiqdi. Odam lar fotihaga kelishardi. Abdulla hech kimga par vo qilmay, kanal yoqalab ketdi. Qulog‘i ostidan esa qanoti singan bedananing bir ohangdagi «taktaragi» ketmasdi. Ko‘p o‘tmay qabristonga yetib keldi. Hamma yoq suv quygandek jimjit, faqat allaqayerda chumchuq chirqillardi. Abdulla Odam bolish qiyin 255 , atrofiga qaradi. Olisda kimningdir qorasi ko‘rin di. Abdulla birpas o‘ylanib turdida, keyin shu tomonga yurdi. Uzun qora marmar tosh yonida gi yangi qabr tepasida kimdir turardi. Abdulla yaqinlashib, tanidi. Bu Samad edi. Yoniga bor di. Samad unga qaramadi. Ikkalovi anchagacha yonmayon turishdi. Abdullaning ko‘zi qabrda. Hali undan shunday tuproq isi kelib turardi. – Bo‘ldi, ket! – dedi bir mahal Samad vazmin lik bilan. – Tirigida xo‘rlading, o‘lganida tinch qo‘y. Ket. Abdulla indamadi. Yana bir oz turdida, orqa siga qaytdi. U mast odamdek gandiraklab qadam tashlar ekan, hech kim, hech nima xayoliga kir masdi. Hech narsani ko‘rmasdi. Chumchuq esa hamon tinmasdan chirqillardi. XXIII Andijon – Toshkent passajir poyezdi oqshom payti poytaxtga kirib keldi. Perron bir dam da odamga to‘ldi va xuddi shunday bir zum da bo‘shadi. Poyezddan eng oxiri Abdulla tush di. U talmovsirab atrofga qaradi, keyin sudralib vok zaldan chiqdi. U nima qilishni, qayoqqa bo rishini bilmasdi. Shuning uchun shoshmasdi. Ancha vaqt vokzal oldida qaqqayib turdi. Keyin Temiryo‘lchilar saroyi tomon yurdi. Saroyni bir oz aylangach, qandaydir xiyobondan chiqib qol di. Qosh qorayib, quyoshning nim rang gardishi daraxtlar orqasidan mo‘ralab turardi. Xiyobonda odam siyrak, faqat hali suv qo‘yil magan ko‘saksurat favvora yonidagi o‘rindiqda ikkita mo‘ysafid gaplashib o‘tirardi. Abdullaga ularning qiyofasi shu darajada sokin va tantanali Olmas Umarbekov 256 , ko‘rindiki, u ham shu topda hech narsani o‘yla masdan shunday osoyishta o‘tirgisi kelib ketdi. Beixtiyor panaroq joy qidira boshladi. Xiyobon ning orqa tomonidagi katta yo‘lga tutash panja ra yonida olachipor bir o‘rindiq ko‘rindi. Abdulla shu tomonga yurdi. O‘rindiq oldida besholtita chumchuq va ikkita musicha non ushoqlarini cho‘qilab yurardi. Ular kech kirganiga, inlariga shoshilgan boshqa qushlarning chirqillaganiga parvo qilmas, o‘z ishlari bilan ovora edi. Hatto odam kelganini ham payqashmadi. Abdulla bir depsinib ularni haydadida, o‘zini o‘rindiqqa tashladi. Nima bo‘ldi o‘zi? Nega o‘ldi? Nega o‘ladi? Abdulla qancha o‘ylamasin, o‘yining oxiriga yetolmadi. Bu esa uni battar qiy noqqa sol di. Ko‘zlari tinib, hamma narsa jimirlab ko‘rina boshladi. Shalviragan qo‘llarini zo‘rg‘a ko‘tarib, ishqaladi. Baribir foyda bermadi. Sekin yumdi. Endi ko‘zlarining ichida nimalardir jimirlay bosh ladi. «Hozir ketadi, hozir yo‘qoladi», o‘yladi o‘zicha Abdulla va boshini o‘rindiq su yanchig‘iga qo‘ydi. Ammo jimirlash yo‘qolmadi. Aksincha, ko‘paydi, keyin ingichka halqachalarga aylandi. Halqalar birining ichidan ikkinchisi chiqib, patefon plas tinkasidek chirillab aylanib, qorachiqqa yaqin lashganda yoyilib ketdi. Shu zahoti ikkita halqa cha paydo bo‘lib, avvalgisidan ham tez aylana boshladi. Uning o‘rnini uchinchisi, keyin to‘rtin chisi egalladi. Lekin eng yomoni halqachalarning plastinkadek aylanishi edi. Qo rachiqqa yaqin lashganda plastinka g‘adirbudur chiziqlar ho sil qilib, shunday tez chirillab aylanardiki, go‘yo badaniga igna sanchilayotgandek bo‘lardi. Abdulla shu alfozda qancha o‘tirdi, bilmay di, nihoyat chiday olmay boshini ko‘tardi. Lekin |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling