Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
HIKOYALAR
GAROV Obidjon akaning oltmish yilligiga atab beril gan ziyofat kutilgandan ham yaxshi o‘tdi. Avvalo aytilgan odamlarning hammasi keldi. Buyurilgan ovqatlar hammaga manzur bo‘ldi. Mashshoqlar ning ikkala to‘pi ham kecha oxirigacha xizmat qil di. Maqtovlarchi! Obidjon akaning o‘zi sha’niga aytilgan gaplardan quvonib, g‘ururlanib o‘tirdi. Zi yofatga ajoyib joy tanlanganini aytmaysizmi? An hor labiga tushgan peshayvonli choyxona oromi jon joy ekan. Buning ustiga sovg‘asalomlar ham ziyofatga yarasha bo‘ldi. Ko‘pchilik xatjild tutqazdi. So‘ng Obidjon aka xotini Zaynabxon bilan yarim kechagacha shu xatjildlarni ochib, ko‘rishdi. O‘n ming so‘mlik xatjild chiqmadi, hisob. Ko‘pchilik qirqellik mingdan solibdi. Hammasi tag‘in taxi buzilmagan besh ming, o‘n ming lik qog‘ozlar. Zaynabxon olishning bermog‘i ham bor, de gan mulohaza bilan erinmasdan bir daftar tutib, hammasini yozib chiqdi. Ikki yarim millionga ya qin pul yig‘ilibdi. Gap pulda emas, sovg‘alarda emas, odamlarning ularga bo‘lgan munosabati, hurmatida edi. Erxotin boshlari tog‘dek ko‘taril di, turli o‘ylarga borib, ikkilanib bergan ziyofat laridan xursand bo‘lishdi. Obidjon aka kuyovla rini ham maqtadi! Odam bolish qiyin 263 , – Baraka topishsin kuyovlarim! Hammasi chopibchopib xizmat qilishdi, – dedi u gap orasi da yirik qo‘llari bilan ko‘kragini silab, – Sodiqjon ham, Hafiz ham tinim bilishmadi. – Ilgaridan ular shunaqa, – Zaynabxon eriga boshqacha mehr bilan qarab qo‘ydi. – Innayke yin, siz har kuni oltmishga kirarmidingiz? – Baribir baraka topishsin. O‘zimga kelib olay, bir ikkalovini qizlaring bilan chaqiraman, o‘tiri shamiz. Nima deding? – Nima desangiz shu. Zaynabxon pullarni qiyiqqa o‘rab, erining yostig‘i tagiga qo‘ydi. – Nima qilyapsan? – Menda tursa, ishlatib qo‘yaman, – kuldi Zay nabxon. – Ishlataver. Seniki shu pul, – Obidjon aka tu gunni qaytarib, xotinining yuzidan o‘pib qo‘ydi. – Aytganday, o‘g‘ling, Sanjar ko‘rinmay qoldimi? – Voy, uyam rosa xizmat qildi. E’tibor ber magansizda. – Zaynabxon shunday dediyu, xavotirga tushib o‘rnidan turdi. – Qayoqqa? – Qarab qo‘yay. Yotgan bo‘lsa kerak, hoynahoy! – Uyg‘otib yuborma tag‘in! Zaynabxon yotoqxonadan chiqib, zalga o‘tdi, undan o‘g‘lining xonasiga kirdi. Qorong‘u bo‘lgani dan o‘g‘lining boryo‘g‘ligini bilolmadi. Timirskilab yurishga botinmay, chiroqni yoqdi. Karavot bo‘m bo‘sh edi. Zaynabxon ezilib ketdi. Avvalo, eriga ho zir u yolg‘on gapirdi. Qolaversa, shunday mubo rak kunda Sanjar nomigagina xiz mat qilib, keyin g‘oyib bo‘lib qoldi. Nega bu bola bunaqa chiqdi? Olmas Umarbekov 264 , Undan qo‘rqmaydi, va’dasida turmaydi. Aytsam mikan otasiga? Yo‘g‘e, shunday kundaya? Obidjon aka uyg‘oq edi. – Yotibdi ekanmi? – so‘radi u. Nima desin? – Yotibdi. Siz ham uxlang, – Zaynabxon eri to monga qarashga uyalib, o‘rniga cho‘zila qoldi. – Endi uyqu kelarmidi? Hali zamon tong ham otib qoladi. Kunduzi uxlarman. Ertaga ishga bor masam ham bo‘lar! Har holda, yubilyarmanku. Obidjon aka kuldi. Zaynabxon ham jilmaydi. Ammo xayoli yana o‘g‘liga qochdi: «Qayoqda yur ganiykin?» U ham eriga o‘xshab endi uxlolmasli gini bilardi. Hozirgina undan baxtli, undan tinch odam yo‘q edi. O‘g‘lining qaytmaganini ko‘rib, halovati yo‘qoldi. «Yolg‘iz o‘g‘il – erka o‘g‘il». Zay nabxon kim shunday deganligini eslashga urindi, ammo topolmadi. Kim aytgan bo‘lsa ham to‘g‘ri aytgan ekan. Zaynabxon o‘ttiz besh yoshida San jarni ko‘rdi. Shunga o‘n to‘qqiz yil bo‘pti. Ikkala qiz institutni bitirishdi, turmush qurib, otaona qanotlari ostidan uchib chiqib ketishdi. Zaynab xon ikkalovidan ko‘ngli to‘q. Ikkalovining yaxshi uyi, ikkitadan bolasi bor. Katta kuyovining tagida mashina. Kichigi ham undan qolishmaydi. Bu ning ustiga ikkalovi ham Obidjon aka aytgandek, mehroqibatli chiqishdi. Teztez xabar olib turi shadi. Shundan bo‘lsa kerak, o‘g‘ilni arzanda qila boshlashdi. Ayb o‘zlarida. Nima eyman, nima ki yaman desa, muhayyo. Yolg‘ondan yo‘talsa ham doktor chaqirishadi, kechasi bilan tepasida mijja qoqmay o‘tirib chiqishadi. Aftidan, Sanjar uyda kimligini juda tez anglab oldi. Zaynabxon u otasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling