Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Odam bolish qiyin
271 , – Yo‘q, yo‘q, tushundim, – dedi Obidjon aka, o‘g‘lini nima qilishlari mumkinligini yana bir bor eshitishdan qo‘rqib. Ovoz egasining qanday odamligini bilmasa ham gap ohangidan dangal chiligiga ishondi. – Qachon? – Kechasi o‘nda. – Bugunmi? – Shundog‘. Bugun kechasi o‘nda. – Buncha pulni shu vaqtda... Xirildoq ovoz uni bo‘ldi. – Oka! Boshqa shaharlardan kelgan birodar lar bor, shoshib turishibdi. Shuyam pul bo‘ldimi hozir? Yo‘q bo‘lsa, qarzqurz qiling. Qayerga keli shingizni eshitvoling. Eshitvotsizmi? – Eshitaman. Obidjon aka telefon yonida turgan qalamni qo‘liga olib, xotiniga ishora qildi. Zaynabxon dar rov daftar olib kelib uzatdi. – Mirobod bozorini bilasiz, – tushuntira bosh ladi xirildoq ovoz. – Vokzalga qaragan darvozani yonida suvratxona bor. Shuni orqasi yalanglik. Sho‘tta turasiz. Roparosa o‘nda. O‘zimiz oldi yizga kelamiz. Okajon, tag‘in melisapelisa qilib o‘tirmang. Organga aytadigan bo‘lsangiz, yo bi ronta odamni boshlab kelsangiz, puldanam ajriy siz, o‘g‘lizdanam. Kelishdikmi? Obidjon aka boshini qimirlatdi. – Yaxshi. – Yashang! Obidjon aka bir narsa demoqchi bo‘lib og‘iz juftlagan edi, ulgurmadi, xirildoq ovoz egasi go‘shakni qo‘yib qo‘ydi. Olmas Umarbekov 272 , Zaynabxon devorga suyanib dag‘dag‘ titrardi. U chalachulpa bo‘lsa ham qanday falokat yuz berganini anglagan edi. – Eshitdinga? – dedi Obidjon aka. Zaynabxon bo‘shashganicha boshini egdi. Shuncha pul albatta ularda yo‘q edi. Nari bor sa uch million chiqishi mumkin. Qolganini qa yerdan topishadi? Obidjon akaning esiga mashi nalari keldi. Birikki joyi urilgan bo‘lsa ham besh yil burun olgan «Moskvich»lari bor. Motori soat dek ishlaydi, ballonlari ham o‘ziniki, hech qa yeridan yog‘, suv oqmaydi. Bozordagi pattachi o‘rtog‘i birikki og‘iz solgan edi. O‘shandan qarz olsinmikin? Mashinani, mayli, istagan payti olib ketsin. Erining xayoli nimalarga ketganini sezib, Zaynabxon taklif qildi: – Qizlarni chaqiraymi? – Aytamizmi? – Voy, aytmay bo‘ladimi? Hafiz, Sodiqjonlar qidirib yurishibdiku Sanjarni. Keyin ikkalovlari dan shuncha pul chiqib qolar? – Mayli. Zaynabxon telefonga yopishdi. – Yo‘q, to‘xta, – Obidjon aka uning qo‘lidan ush ladi. – Tong otsin. O‘g‘ling tirik. Shundan xursand bo‘lishimiz kerak. Bu bir. Ikkilamchi, ketini o‘ylab ish qilishimiz kerak. Pul masalasiga kelsak... ke chagi xatjildlar ikki yarim millionmidi? Demak, cho‘ntaklarni qoqishtirsak, uch million o‘zimizdan chiqadi. Yana besh million topish kerak. Bun cha kuyovlarda yo‘qdir, so‘rab uyaltirmaylik. Raufxo‘jaga mashinani sotamiz. Nima deding? – O‘zingiz bilasiz. Ishqilib, aldashmasmikin? Obidjon aka gapni tushundi. Odam bolish qiyin 273 , – Ularga pul kerak. O‘g‘lingni nima qilishadi? Ziyofat payti ko‘rinmay qoluvdi, qimor o‘ynagani ketgan ekanda kasofat... Qimor ham ko‘knoridek gap. Vaqtida o‘ynamasa xumori tutadi. Zaynabxon kecha erini aldaganidan, bugun esa o‘g‘li emas, o‘zi garov tushgandek uyalib, boshini egganicha o‘tirardi. Tong yorishguncha u shun day o‘tirdi. Eri ham o‘rnidan turmadi. Ikkalasi nida noxush o‘ylar o‘z girdobiga tortib ketgan edi. ...Peshingacha pulning hammasi jamlandi. O‘zlarida bori taxmin qilganlaridek, uch mil lion chiqdi. Qolganini ikkala kuyov kechgacha topib kelamiz, desa ham Obidjon aka ko‘nmadi. Raufxo‘janiki naqd, dedi. Chindan ham o‘ylagan dek chiqdi. Raufxo‘ja u og‘iz ochishi bilan ichkari uyga kirib ketib, birpasda qiyiqqa besh million o‘rab chiqdi. Faqat, hammasi mayda, yog‘ bos gan, g‘ijim pul edi. Uyda qizlari militsiyaga xabar berish haqida birikki og‘iz ochib ko‘rishdi, lekin Obidjon aka rozilik bermadi. Gap o‘g‘lining ha yoti ustida ketyapti, qimorbozlardan har narsa kutsa bo‘ladi. Militsiya borligini bilib qolishsa, Sanjarni sog‘ qo‘yishmaydi! Kichkina kuyovi bir ga borishni, yo borib bir chekkada turishni taklif qildi. Obidjon aka bunga ham ko‘nmadi. U ancha tinchigan, ertalabkiga qaraganda xotirjam ko‘ri nardi. Katta qizi osh qildi. Obidjon aka hech nar sa bo‘lmagandek, ishtaha bilan yedi. – Har holda, ada, birga boray? – yana iltimos qildi ovqatdan so‘ng Sodiqjon. – Sizga dalda bo‘lardi, – qo‘shildi kuyoviga Zay nabxon. – Tushunsalaringchi. Ular bilan o‘ynashib bo‘lmaydi. Yonimda bironta odam borligini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling