Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Odam bolish qiyin
277 , ololmaydi. Shu fikr xayolidan o‘tib, «To‘xta!» – deb qichqirdi, ammo yigit quloq solmadi, yangi tu shayotgan imorat tomon qocha boshladi. Obidjon aka shundan cho‘chigan edi. Qochib ketsa, San jarni sog‘ qo‘yishmaydi. U yigitning ketidan yu gurdi, yigirma qadamcha bosib, yetgandek bo‘ldi, yelkasiga yopishib, to‘xtatishga urindi. Yigit unga qaraganda ancha epchil edi, faqat tez chopish ga sumka xalaqit berardi. U siltanib yelkasini bo‘shatmoqchi bo‘lganida, nimadir chap biqi niga sanchildi, nafasi tiqilib bo‘shashganicha, cho‘kkalay boshladi. Obidjon aka qo‘lida paydo bo‘lib qolgan pichoq ni oyog‘i ostiga tashlab, yigitga yopishdi. Uning pichoq urish xayolida yo‘q edi, yigitning qochayotgani sabab bo‘ldimi, tutolmayman, deb cho‘chidimi, qanday pichoqni olib, biqiniga bi gizdek sanchdi – bilmaydi. – To‘xta! – beixtiyor qichqirdi u yana, shunda gina yigitning cho‘kkalayotganini ko‘rdi, shoshib qo‘ltig‘idan oldi. – Ada! – dedi kutilmaganda yigit. – Ular o‘zimni yuborishgan edi, yolg‘iz kelmaysiz, deb... – Sanjar?! Senmisan, Sanjar?! – qichqirib yubordi Obidjon aka uni bag‘riga bosgancha. – Ada... Kechiring... – Sanjar! O‘g‘lim! Nima qilib qo‘ydim o‘zi?! – Obidjon aka ehtiyotlik bilan o‘g‘lini yotqizib, yo niga cho‘kkaladi. – Sanjar!.. – Ada! Kechiring. Uning oxirgi iltijosi shu bo‘ldi. Fonarlarni yoqib, bir guruh militsiya xodimlari bilan Sodiqjon yetib kelganda, u o‘g‘lining qonga belangan jasadi ustida o‘tirardi. Olmas Umarbekov 278 , – Sanjardan ajrab qoldik, – dedi u sekin ovoz da... – O‘zim, o‘z qo‘lim bilan o‘ldirib qo‘ydim!.. Shunday dediyu, yuz bergan fojiani endi tu shunib yetdi shekilli, dodlab yubordi: – Sanjar! O‘g‘lim! O‘g‘ilginam! Uning faryodidan tun larzaga keldi. 1994 OQSOQOL Ularni soqov o‘tinchi ko‘rib qoldi. Ko‘rdiyu, taqqa to‘xtadi. Ular yonmayon, qo‘llarini birbir larining yelkalariga tashlab, buloq boshida o‘ti rishardi. O‘tinchi yigitni tanidi. Qabila bosh lig‘ining yolg‘iz o‘g‘li Mardon edi. U xuddi o‘lja sini poylagan qoplondek ulardan ko‘z uzmay bir muddat qotib turdi. Keyin buloq boshiga borishi mumkin emasligini tushungach, tomiri tortisha boshlagan oyoqlarini zo‘rg‘a sudrab, o‘zini pastak tog‘olcha panasiga oldi. Qancha ehtiyot bo‘lmasin, oyoqlari ostida ni madir do‘qirlab dumaladi. Uning nazarida mo maqaldiroq gumburlagandek bo‘ldi. Ingichka bo‘ynini yelkalari orasiga olib, ko‘zlarini yumdi. Mushtumdek tosh dumalabdumalab, ko‘mko‘k archa tanasiga urilib to‘xtadi. O‘tinchi ko‘zla rini ochib, qaddini rostladi. Yigit bilan qiz hech narsa sezmaganeshitmagandek, oldilaridagi buloqqa termulganlaricha o‘tirishardi. O‘tinchi sevinib ketdi. Ko‘pdan beri bunday tomoshani, yigit va qizning birbirlariga yopishib o‘tirish larini ko‘rmagan edi. Tamshanib, nimalarnidir o‘zicha shivirladi. Yigit qo‘lini qizning yelkasidan Odam bolish qiyin 279 , olib, ingichka, havorang bog‘ich bilan bog‘lan gan, beliga tushib turgan qalin qora sochlarini silay boshlaganda, butun vujudi bilan to‘lg‘onib, ingrab yubordi, shoshib qatirma boshmaldog‘ini tishladi. So‘ng bu ham yetmay, cho‘kkalab oldi, yag‘ir kaftlari bilan yoshlangan ko‘zlarini ishqa ladi. Qabilaning yagona tegirmonchisi kabobga atab buyurgan xushbo‘y archa o‘tin xayolidan ko‘tarilib ham ketdi. To‘y bo‘lar ekan, o‘zicha xu losa qildi u. Yigitlar bilan qizlar shunday, birbir larini silab o‘tirishganidan keyin ko‘pincha to‘y bo‘ladi. Oqsoqolning o‘g‘li Mardon uylanar ekan demak. Rosa o‘tin kerak bo‘ladi o‘shanda. Archa topib kelishni ham buyurishadi. Archa o‘tinsiz kabob qilib bo‘larmidi?! Meshmesh buloq suvi ham tashiladi. To‘yda u maza qiladi. Issiq non yeydi, qolganqutgan ovqatlarni, chala tozalan gan ustixonlarni berishadi. Katta gulxan yoqila di, tong otguncha o‘yinkulgi bo‘ladi... To‘y yaxshi. Ammo uning uchun to‘ydan ham manavi, kutilmagan oyoq ostidan chiqib qolgan tekin tomosha yaxshi edi. «Maza qilishyapti» – tamshandi o‘tinchi ulardan ko‘zlarini uzolmay. Yigit qizning sochlarini g‘ijim qilib qo‘liga o‘ra di, yuziga olib borib surtdida, qo‘yib yubordi. Qiz xaxolab kuldi, boshini silkitgan edi, sochlari orqasi bilan bitta bo‘lib yoyilib ketdi. O‘tinchi ovoz chiqarmay g‘o‘ldiradi, ko‘zlari namlandi, qirra dahani osilib ketdi. Uning uchun hozir Mardondan baxtli odam yo‘q edi. Mardonga bolaligidan havasi keladi. Oqsoqolning o‘g‘li. Ki yimboshi doim but. Qorni to‘q. Biqinida ba’zan tilla, ba’zan kumush xanjar. Tagida qabila ning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling