Odam ekologiyasi. Odamning ekologik differensiatsiyalanishi odam ekologiyasi fani
Download 30.06 Kb.
|
ODAM EKOLOGIYASI. ODAMNING
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tropik adaptiv tip
- O‘rtacha adaptiv tip
- Cho‘l-sahro adaptiv tipi
Arktik adaptiv tip — sovuq iqlim va ovqatda asosan hayvon mahsulotlari ko‘pligi sharoitlarida shakllangan.
Bu adaptiv tipning xarakterli xususiyatlari quyidagilar: suyak-mushak sistemasi yaxshi rivojlanishi; ko‘krak qafasi hajmi kengligi; qonda gemoglobin miqdori yuqoriligi; suyaklarda mineral moddalar miqdori ko'pligi; qonda xolesterin miqdori ko'pligi; lipidlar yaxshi oksidlanishi; termoregulatsiyaning yaxshi rivojlanishi. Tropik adaptiv tip — jazirama va nam iqlim, ratsionida hayvon mahsulotlari nisbatan kam, ekologik sharoitlar xilma-xilligi bo‘lganda shakllanadi. Bu adaptiv tip uchun xarakterli xususiyatlar quyidagilar: somatik ko‘rsatkichlar xilma-xilligi (past bo‘yli, baland bo‘yli va hokazolar); mushaklar massasi kamligi; tana massasi kamligi, oyoq-qo‘llar uzunligi; ko‘p ter ajralishi; asosiy va yog‘ almashinuvi sustligi; qonda xolesterin miqdori kamligi. O‘rtacha adaptiv tip — iqlim sharoitlari mo'tadil hududlarda shakllanadi. Bunday hududlarda mavsumiy bioritmlar yaxshi namoyon bo‘ladi. Bu adaptiv tipga kiruvchi populatsiyalarda somatik, moddalar almashinish ko'rsatkichlari arktik va tropik adaptiv tiplar xususiyatlarining o'rtacha ko'rsatkichlariga ega. Cho‘l-sahro adaptiv tipi — quyosh radiatsiyasi o‘ta kuchli, jazirama, quruq, o‘ta kontinental iqlim sharoitlarida shakllanadi: Xarakterli xususiyatlari quyidagilar: issiqlik uzatilishi yuqoriligi; ter bezlari yaxshi rivojlangan; suv ko‘p iste’mol qilinadi. O‘zbekiston aholisining ko'pchiligi cho‘l-sahro adaptiv tipga mansub. Bunday adaptiv tiplarga ko‘proq uglevodli ovqatlar iste’mol qilish tavsiya etiladi. Ter bilan ko‘p vitaminlar ajratilganligi uchun vitaminli ovqatlar ko'proq iste’mol qilish tavsiya etiladi. Cho‘l- sahro adaptiv tiplari fiziologiyasi UzRFAning fiziologiya institutida akademik A.Yunusov rahbarligida juda yaxshi o’rganilgan. Download 30.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling