Odam ekologiyasi. Odamning ekologik differensiatsiyalanishi odam ekologiyasi fani
Download 30.06 Kb.
|
ODAM EKOLOGIYASI. ODAMNING
- Bu sahifa navigatsiya:
- Antropogen ekosistemalar
- Urbanotsenoz
Tog‘ adaptiv tipi — atmosfera bosimi past, kislorodning parsial bosimi kam, gipoksiya, sovuq, ovqatning nisbatan bir xilligi sharoitida shakllangan.
Xarakterli xususiyatlari: asosiy almashinuv kuchaygan; ko'krak qafasi keng; naysimon suyaklar uzun; eritrotsitlar soni, gemoglobin miqdori yuqori; gaz almashinuvi yengil kechadi; qonning kislorod sig‘imi yuqori. O‘zbekiston aholisining ayrim qismlari tog‘li adaptiv tiplarga kiradi. Antropogen ekosistemalar — asosiylari urbanobiotsenozlar va agrobiotsenozlar. Agrobiotsenozlar (qishloq biotsenozlari) — turlar tarkibi cheklangan bo‘lib, asosan madaniy o‘simliklar va uy hayvonlaridan tashkil topadi. Ekologik sharoitlarning: havo, suv, atrof-muhit omillarining nisbatan yaxshi ko’rsatkichlari bilan xarakterlanadi. Tibbiyot nuqtai nazardan bu ekosistemalarda antropozoonozlar (exinokokkoz, trixinellez), geogelmintozlar (askaridoz, trixotsefalyoz, ankilostomozlar), biogelmintozlar (shistosomoz, trixinellez) ko‘p tarqalgan, atrof-muhit kimyoviy o‘g‘itlar, pestitsidlar, gerbitsidlar bilan ifloslanganligini e’tiborga olib, ularning profilaktikasi, atrof- muhitni muhofazalash chora-tadbirlarini amalga oshirish talab qilinadi. Urbanotsenoz (shahlar biotsenozi) ijobiy tomonlari — hayot darajasi yuqoriligi, umumiy kasallanish ko’rsatkichlari nisbatan pastligi, aholining ish bilan ta’minlanishi va tibbiy yordam yaxshi yo‘lga qo’yilganligidir. Ammo urbanotsenozlarning salbiy tomonlari ham anchadir: aholi zichligi yuqumli kasalliklar ko‘p tarqalishiga omil hisoblanadi. shovqin, gipodinamiya, shahar hayotining ancha tangligi, keskinligi asab, ruhiy, yurak-tomir kasalliklari uchun zamin hisoblanadi (bu kasalliklar qishloqqa nisbatan 1,5-2 baravar ko’proq uchraydi). atmosferaning ifloslanganligi ultrabinafsha radiatsiyasi jadalligini ancha susaytiradi (bolalar orasida raxit, D-avitaminozlari ko'proq uchraydi). o'simlik ovqatlari, sut mahsulotlari nisbatan kam iste’mol qilinadi; tug'ilish ko'rsatkichlari ancha past. Urbanotsenozlarda quyidagi tibbiy-sanitariya chora-tadbirlarini amalga oshifish tavsiya etiladi: atrof-muhit zararlanishi oldini olish; ishlab chiqarishda, chiqindisiz, yopiq texnologiyalardan foydalanish; shovqinlarni kamaytirish, ishlab chiqarish va transport jarohatlari oldini olish; yashil zonalarni yaratish; aholi o'rtasida sog'lom hayot tarzi, jismoniy tarbiya, sportni targ'ib qilish. Download 30.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling