Odam ekologiyasi. Odamning ekologik differensiatsiyalanishi odam ekologiyasi fani
Download 30.06 Kb.
|
ODAM EKOLOGIYASI. ODAMNING
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiatni va yashash muhitini muhofaza qilish choralari.
Insonning tabiatga ta’siri. Insoniyatning tabiatga ta’siri uning tarixining eng dastlabki davrlaridanoq davom etib kelmoqda. Ammo dastlab bu ta’sirlar kuchli bo'lmagan, ularning o'rni to‘ldirilgan, tabiatdan olingan narsalar, yana moddalar davriy almashinuvi natijasida tabiatga qaytarilgan.
Insoniyat tarixining hozirgi bosqichida esa bu ta’sirlar juda kuchayib bormoqda. Energiya ishlab chiqarish natijasida energiya hosil qiluvchi moddalar zaxirasi tobora kamayib bormoqda. Atmosferaga tobora ko'proq CO2, SO2, azot oksidlari ajratilmoqda, kislorod miqdori tobora kamayib, CO2 miqdori esa ortib bormoqda. Chang zarrachalari tarkibida kanserogen, teratogen, mutagenlar miqdori tobora ortib bormoqda. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun tabiiy zaxiralar tobora ko'plab sarflanib, ularning o'rni to'ldirilmayapti, chiqindilar miqdori ortib bormoqda (har kuni bir kishi boshiga 2,5-3 kg chiqindilar to'planadi). Yangi kimyoviy birikmalar sintezi uchun ko‘p miqdorda kimyoviy mahsulotlar sarflanmoqda. Ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun yangi yerlar ochilmoqda, o'rmonlar kesilmoqda. Bular esa tuproq eroziyasiga sabab bo'lmoqda. Kimyoviy o'gitlar, pestitsidlar, ovqatga qo'shi- ladi konservantlar inson sog'ligi uchun juda katta xavf hisoblanadi. Insonning xo'jalik faoliyati natijasida juda ko'plab o'simlik va hayvon turlari yo'qolib bormoqda. Transport vositalari tobora ko‘p rivojlanishi biosferaning o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda, transport chiqindilari atmosfera gazlari tarkibiga ta’sir qilmoqda. Hamma yuqorida keltirilgan ta’sirlar biosferadagi ekosistemalar orasidagi muvozanat buzilishiga olib kelmoqda, biotik davriy almashinuvi yopilmay qolmoqda, „parnik effekti“ sodir bo'lmoqda, atmosferada “ozon teshiklari” hosil bo‘lmoqda, ularning o'lchami tobora ortib bormoqda. Tabiatni va yashash muhitini muhofaza qilish choralari. Tabiatni muhofaza qilish uni qo‘l tekkizmasdan saqlash kerak deb tushunish emas, Bu muhofaza choralari tabiiy resurslardan foydalanish va o'rnini to‘ldirish o'rtasida muvozanat saqlashga qara- tilgan bo‘lishi lozim.'Biosferaning quwatini o‘z holatida saqlashga harakat qilish lozim. Eng asosiysi, biosferada moddalar va energiya davriy aylanishini buzilmaslikka, biosferaning biologik mahsuldorligini o‘zgartir- maslikga harakat qilmoq zarur. Biosferadagi o‘zgarishlarning inson genofondiga yetkazayotgan zararini aniqlabgina qolmasdan insonning irsiyatini zararli omillar ta’siridan saqlash choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish lozim. Buni amalga oshirish uchug populatsiyalarda genetik moni-toring amalga oshiriladi. Download 30.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling