Odam ekologiyasi. Odamning ekologik differensiatsiyalanishi odam ekologiyasi fani


Download 30.06 Kb.
bet6/6
Sana23.06.2023
Hajmi30.06 Kb.
#1652637
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ODAM EKOLOGIYASI. ODAMNING

Genetik monitoring — bu: atrof-muhit zararli omillarining mutagen faolligini baholash uchun o‘ta sezgir test-sistemalarni yaratish, insonlar populatsiyalarida kechayotgan genetik jarayonlarni samarali kuzatib borishga imkon beruvchi usullarni topishdir.
Insonlar populatsiyalarida genetik monitoring o‘tkazishning quyidagi tadbirlari yo‘lga qo‘yilgan:

  1. Tibbiy statistik ma’lumotlardan foydalanib genetik yukni aniqlash. Buning uchun quyidagi ko‘rsatkichlar tahlil qilinadi:

  1. Spontan abortlar chastotasini aniqlash.

  2. O‘lik tug'ilishlar chastotasini aniqlash.

  1. Tug'ma va orttirilgan kasalliklar chastotasini aniqlash.

  1. Dominant mutatsiyalar fenotipini aniqlash.

  2. Mutant oqsillarni aniqlash uchun qon zardobida oqsillarni elektroforez usulida o‘rganish.

  3. Spontan abortlar, o'lik tug'ilishlar, chala tug'ilishlar va tug'ma nuqsonlar bilan tug'ilganlarni sitogenetik tekshirish.

Talabalarda odam ekologiyasi fani, uning vazifalari, odamning ekologik omil sifatida va uning yashash muhitining o‘ziga xosliklari haqida, insonning atrof-muhitga ta’siri va uning zararli oqibatlarining oldini olish choralari, genetik monitoring haqida bilimlarni shakllantirish.
TEST

  1. Odam ekologiyasi nimani o'rganadi?

A. Organizmdan yuqori sistemalar tuzilishini va funksiyalarini.
B. Odam organizmi morfo-funksional xususiyatlarini.
D. Kasallik yuzaga chiqishida irsiy omillar va muhit rolini.
E. Odam jamiyati va atrof-muhitning o'zaro ta’siri qonuniyatlarini.
F. Odam sog'ligiga atrof-muhit ta’sirini.

  1. Qanday odamlarda suyak-mushak sistemasi kuchli rivojlanishi, energiya almashinuvi yuqoriligi kuzatiladi?

A. Arktika adaptiv tipiga mansub.
B. Tropik adaptiv tipiga mansub.
D. Tog' adaptiv tipiga mansub.
E. Cho'l-sahro adaptiv tipiga mansub.
F. Subtropik adaptiv tipiga mansub.

  1. Odamlarning ekotiplari hisoblanadi:

A. Xo'jalik-madaniy tiplar.
B. Adaptiv tiplar.
D. Ijtimoiy tiplar.
E. Biologik tiplar.
F. Konformist tiplar.

  1. Qanday odamlarda bo'yning novchaligi, mushak massasi kamayishi, asosiy almashinishi sustligi kuzatiladi?

A. Arktika adaptiv tipiga mansub.
B. Tropik adaptiv tipiga mansub.
D. Tog' adaptiv tipiga mansub.
E. Cho'l-sahro adaptiv tipiga mansub.
F. Subtropik adaptiv tipiga mansub.



  1. Genetik monitoring nima?

A. Molekular genetika usuli.
B. Muhit omillarining mutagen ta’sirini o’rganish.
D. Insonlar populatsiyalarida genetik jarayonlarni kuzatish.
E. A va В javoblar to‘g‘ri.
F. В va D javoblar to‘g‘ri.

  1. Qanday adaptiv tipda qonning kislorod sig‘imi ortishi, eritrotsitoz kuzatiladi?

A. Arktik adaptiv tipda.
B. Tropik adaptiv tipda.
D. Tog‘ adaptiv tipda.
E. Dasht adaptiv tipda.
F. Subtropik adaptiv tipda.

  1. Odam yashash muhitining asosiy ko‘rsatkichlari:

A. Insonlarning hayot tarzi.
B. Kasalliklar strukturasi.
D. Sog‘- liq ko'rsatkichlari.
E. To‘g‘ri javob berilmagan.
F. Hamma javoblar bir-birini to'ldiradi.

  1. Xo‘jalik-madaniy tiplar:

A. Bir xil tabiiy sharoitlarda yashaydigan shaxslar yig‘indisi.
B. Bir xil ijtimoiy-iqtisodiy darajada bo‘lgan shaxslar yig'indisi.
D. Iqlim, biologik, alimentar, geokimyoviy omillar ta’sirida shakllangan reaksiya normasiga ega shaxslar majmuasi.
E. Hamma javoblar to‘g‘ri.
F. A va В javoblar to‘g‘ri.

  1. Adaptiv tiplar:

A. Bir xil tabiiy sharoitlarda yashaydigan shaxslar yig'indisi.
B. Bir xil ijtimoiy-iqtisodiy darajada bo‘lgan shaxslar yig‘indisi.
D. Iqlim, biologik, alimentar, geokimyoviy omillar ta’sirida shakllangan reaksiya normasi ega shaxslar majmuasi.
E. Hamma javoblar to‘g‘ri.
F. Hamma javoblar noto‘g‘ri.

  1. Adaptiv tiplar kelib chiqishining asosiy zaxirasi va zamini:

A. Irsiyat.
B. O‘zgaruvchanlik.
D. Muhit omillari.
E. A va В javoblar to'g'ri.
F. A va D javoblar to‘g‘ri.
Download 30.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling