Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov
Markaziy nerv sistemasidagi tormozlanish jarayonini qanday tushunasiz? 2
Download 2.89 Mb. Pdf ko'rish
|
odam va uning salomatligi 8 uzb
1. Markaziy nerv sistemasidagi tormozlanish jarayonini qanday
tushunasiz? 2. Òashqi tormozlanish turlarini ayting va misollar keltiring. 3. Ichki tormozlanishning qanday turlari bor va ular qanday tarbiya- viy ahamiyatga ega? 4. Shartli refleksning tormozlanishi qanday ahamiyatga ega? 43- §. Oliy nerv faoliyati — odam xulq-atvorining asosi Odamning xulq-atvori, aql-idroki, fikrlashi, ongi, bosh- qalar bilan muomalasi va shu kabi barcha ruhiy xususiyatlarini uning oliy nerv faoliyati belgilaydi. Oliy nerv faoliyati bosh miya katta yarimsharlari va ularning postlog‘ida joylashgan nerv hujayralari (nerv markazlari)ning qo‘zgalish, tormozlanish jarayonlarining kuchiga, tarqalish tezligiga hamda ularning bir- biriga munosabatiga bog‘liq. I. P. Pavlov ko‘p yillik ilmiy kuzatishlari asosida miyaning nerv hujayralaridagi qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining ku- chiga, tarqalish tezligiga va ularning bir-biriga munosabatiga ko‘ra, odam oliy nerv faoliyatini quyidagi 4 tiðga bo‘lgan. 1. Kuchli qo‘zg‘alish, tormozlanishdan ustun bo‘lgan muvozanatsiz tið (xolerik). Bu turga kiruvchi bolalar tinib-tinchimas, serharakat, boshqalar bilan tez o‘rtoqlashib, tez urishib qoladi- gan, arzimas narsaga yig‘lab, o‘zidan o‘zi kuladigan xususiyatga ega bo‘ladi. Bunday bolalarning zehni yaxshi bo‘ladi-yu, ammo xulq-atvori juda murakkab bo‘lib, ularning tarbiyasi ota-ona, o‘qituvchilar uchun ancha qiyinchilik tug‘diradi. 2. Kuchli, muvozanatlashgan, harakatchan tið (sangvinik). Bu turga kiruvchi bolalar qobiliyatli, zehnli, ishchan, har bir ishni tezroq bajarishga intiladigan, atrofidagi kishilar va o‘rtoqlariga yaxshi munosabatda bo‘ladi. 3. Kuchli, muvozanatlashgan, kamharakat tið (flegmatik). Bu tur vakillari qobiliyatli, zehnli, yuvosh bo‘ladi, har bir ishni nihoyasiga yetkazib, shoshmasdan bajaradi, xulq-atvori, atrofdagi kishilar va o‘rtoqlari bilan munosabati yaxshi bo‘ladi. 120 4. Kuchsiz, muvozanatlashmagan, tormozlanish qo‘zg‘alishdan ustun tið (melanxolik). Bu turdagi bolalar kamharakat, ishyoqmas, qo‘rqoq, mustaqil fikrga ega bo‘lmagan, fikrlash qobiliyati past bo‘ladi. Oliy nerv faoliyatining yuqorida ko‘rsatilgan turlari tug‘ma, ya’ni nasldan naslga berilgan bo‘ladi. Bu belgilar, asosan, bola- ning yoshlik davrlarida yaqqolroq ko‘rinadi, yoshi kattalashgan sari tashqi muhit, ota-ona, o‘qituvchilar va atrofdagi kishilarning tarbiyaviy ta’siri natijasida o‘zgaradi. Download 2.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling