Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


Oliy nerv faoliyati haqida nimalarni bilasiz? 2


Download 2.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/129
Sana27.08.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1670536
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   129
Bog'liq
odam va uning salomatligi 8 uzb

1. Oliy nerv faoliyati haqida nimalarni bilasiz?
2. Shartsiz va shartli reflekslar bir-biridan qanday farq qiladi?
3. Shartli reflekslarning tormozlanishi qanday o‘tadi?
4. Refleks turlariga misollar keltiring.
5. Musbat va manfiy reflekslar orasida qanday farq bor? Misollar
yordamida aytib bering.
42- §. Markaziy nerv sistemasining
tormozlanishi
Ø
Tormozlanish xillari va ahamiyati
Òormozlanish haqida umumiy tushuncha. Markaziy nerv
sistemasida, ya’ni miyaning nerv hujayralarida ikki xil fiziologik
jarayon — qo‘zg‘alish va tormozlanish holatlari muntazam ravishda
davom etib, ular bir-biri bilan navbatma-navbat almashinib turadi.
Shartsiz va shartli reflekslar hosil bo‘lishi nerv markazlarining
qo‘zg‘alishi hamda tormozlanishi orqali yuzaga keladi.
Miya markazlaridagi nerv hujayralari qo‘zg‘algan vaqtda ular
ish bajaradi — refleks hosil bo‘ladi. Òormozlanish vaqtida nerv


118
hujayralari dam oladi, o‘ziga energiya to‘playdi. Dam olgan nerv
markazining ishi yaxshilanadi. Shuning uchun aqliy mehnat
jismoniy mehnat bilan almashtirib turilsa, odam uzoq vaqt
charchamaydi, ishi unumli bo‘ladi. Chunki aqliy mehnat vaqtida
qo‘zg‘algan markazlar jismoniy mehnat vaqtida dam oladi. Uyqu
vaqtida bosh miya po‘stlog‘idagi nerv markazlarining aksariyat
ko‘pchiligi tormozlangan holatga o‘tib, dam oladi. Shuning uchun
yaxshi uxlab turgandan so‘ng odamning ish qobiliyati ortadi.
Demak, tormozlanish odam organizmida o‘ziga xos himo-
yalanish ahamiyatiga ega bo‘lib, u miyaning nerv hujayralari
zo‘riqib, odamda nevroz kasalligi yuzaga kelishining oldini oladi.
Shartli reflekslarning tormozlanishi. Shartli reflekslarning
tormozlanishi ikki xil bo‘ladi: shartsiz tormozlanish, shartli tor-
mozlanish.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling