Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov
Bolalarda nevrozning paydo bo‘lishi
Download 2.89 Mb. Pdf ko'rish
|
odam va uning salomatligi 8 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alkogolning oliy nerv faoliyatiga ta’siri.
- Giyohvandlik
Bolalarda nevrozning paydo bo‘lishi. Bolani go‘daklikdan
noto‘g‘ri, qattiqqo‘llik bilan tarbiyalash, qiziqish va erkini men- simaslik, tahqirlash unda qo‘rqoqlik, jur’atsizlik, o‘ziga ishon- 127 maslikni keltirib chiqaradi. Bu xususiyatlar uning o‘z tengilariga qo‘shilishiga xalaqit beradi, oqibatda nevrozga olib keladi. Bolaga ortiqcha mehribonlik, uning har qanday istaklarini bajo keltirish, o‘rinsiz maqtashlar, ya’ni arzanda qilib o‘stirish ham nevrozga olib keladi. Bunday bola o‘z shaxsiga bino qo‘ygan, lekin irodasiz, mehnat va qiyinchiliklarga ko‘nikmagan, injiq bo‘lib o‘sadi. Nerv kasalliklarining oldini olish uchun bolani to‘g‘ri tarbiya- lash, organizmni chiniqtirish, sport va badantarbiya bilan shug‘ul- lanish, aqliy va jismoniy mehnatni birga qo‘shib olib borish, mehnat qilish va dam olish rejimiga rioya etish lozim. Alkogolning oliy nerv faoliyatiga ta’siri. Alkogol barcha or- ganlarga, ayniqsa, bosh miya katta yarimsharlarining po‘stloq qis- miga kuchli ta’sir qiladi. Alkogol markaziy nerv sistemasida qo‘zg‘alish va tormozlanish holatlarining bir me’yorda kechishiga xalaqit beradi. Ichish shartli reflekslar hosil bo‘lishini sekin- lashtiradi; bosh miyaning ayrim qismlarini qo‘zg‘atib, xursand- chilik kayfiyatini paydo qiladi. Lekin miya po‘stlog‘i boshqa quyi markazlarning ishini nazorat qilmay qo‘yadi. Shuning uchun ichgan odam uyalmaydi, sog‘ holatda qilmaydigan ishlarga qo‘l uradi; o‘zini tutolmasdan, ko‘p gapiradi. Alkogolning ko‘proq miqdori oliy nerv faoliyatini battarroq izdan chiqaradi, qo‘l, oyoq, til va ko‘zning harakatlanish aniq- ligini buzadi. Ichgan odam ko‘ziga narsalar qo‘shaloq bo‘lib ko‘rinadi; u gandiraklab, tili aylanmasdan, g‘uldurab qoladi. Alkogolni muntazam iste’mol qilib turish alkogolizmga olib keladi. Alkogolizm, ya’ni ichkilikbozlik alkogolga ruju qo‘yish demakdir. Giyohvandlik. Narkotik moddalar dastlab xursandchilik va xotir- jamlik hissini uyg‘otib, kayf qildirishi sababli iste’mol qilinadi. Keyinchalik organizm bu moddalarga o‘rganib qolishi oqibatida gi- yohvandlik kelib chiqadi. Narkomaniya, ya’ni giyohvandlik — kayf keltiradigan mod- dalarni ko‘proq iste’mol qilinishi oqibatida kelib chiqadigan og‘ir ruhiy kasallik. Narkotik moddalarning muntazam iste’mol qilinishi organizmni butunlay zaharlaydi. Giyohvandlikda dastlab tajanglik, xotira buzilishi kuzatiladi. Keyinchalik chuqur jismoniy o‘zgarishlar: yurak urishi, og‘iz qurishi, terlash, qo‘l-oyoq titrashi, ko‘z qora- chig‘ining kengayishi kabi holatlar paydo bo‘ladi. 128 Ichkilik va kashandalikka ruju qo‘ygan inson halovatini yo‘qotadi. Halovati yo‘qolgan odam salomatligidan ayriladi. Shu sababli ham bu zararli odatlardan o‘zini tiya bilish o‘z salomatligini saqlash demakdir. Alkogolizm va giyohvandlik faqat bemor odamning o‘ziga emas, balki boshqa odamlar va jamiyatga ham katta zarar yetkazadi. Bu kasalliklarga duchor bo‘lgan odam o‘z vazifasi, oilasi, qarin- doshlariga e’tiborsiz bo‘ladi. Og‘ir jinoyatlarning asosiy qismi narko- tik moddalar iste’mol qilish va ichkilikbozlik oqibatida ro‘y beradi. Alkogol va narkotik moddaga ruju qo‘ygan ota-onadan turli irsiy kasalliklarga uchragan bolalar tug‘iladi. Alkogollar va narkomanlarning bolalari orasida aqliy zaiflik va asab kasalliklari ko‘p uchraydi. Download 2.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling