Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov
Uyquning fiziologik mohiyatini tushuntiring. 2
Download 2.89 Mb. Pdf ko'rish
|
odam va uning salomatligi 8 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nevroz nima
1. Uyquning fiziologik mohiyatini tushuntiring.
2. Uyquning qanday turlarini bilasiz? 3. Tush ko‘rish qanday sodir bo‘ladi? 4. Uyqusizlik qanday oqibatlarga olib keladi? 46- §. Nerv sistemasi gigiyenasi Ø Nevrozlar, alkogol, alkogolizm, giyohvandlik Aqliy va jismoniy mehnat gigiyenasi. Har bir odam tabiatning eng muhim mo‘jizasi bo‘lgan miyani ehtiyot qilishi va uni takomillashtirish uchun zarur bo‘lgan gigiyena chora-tadbirlariga amal qilishi zarur. Bola tug‘ilgan kunidan boshlab uning parvarishi, tarbiyasi, kasallikdan, shikastlanishdan saqlanishi ota-ona, tarbiyachilar, o‘qituvchilar e’tiborida bo‘lishi kerak. Bola voyaga yetgan sari ongi, aql-idroki bilan o‘z sog‘lig‘ini avaylashi, zararli odatlarga berilmasligi, kun tartibiga rioya qilishi, aqliy va jismoniy faoliyatni navbati bilan almashtirib turishi nerv sistemasining normal rivojlanishiga yordam beradi. Aqliy mehnat vaqtida (o‘qish, yozish, fikrlash, masala yechish, dars tinglash, tayyorlash va hokazo), asosan, ko‘rish, eshitish, nutq organlari va bosh miya po‘stlog‘i markazlarining nerv hujayralari ish bajaradi. Ma’lum vaqt davomida bu sezgi organlari va ularning miyadagi markazlarining ish bajarish qobiliyati yaxshi 126 bo‘ladi. Ammo aqliy faoliyat uzoq davom etaversa, ularning ish qobiliyati asta-sekin pasayib, ish sifati yomonlasha boshlaydi. Miya nerv hujayralari charchashining oldini olish uchun kundalik hayotda bir necha xil gigiyena tadbirlari joriy qilingan. Jumladan, maktablarda, oliy o‘quv yurtlarida har 45 minutlik darsdan keyin 5—10 minutlik tanaffus vaqtida sinf xonasini shamollatish, sinf xonasida o‘tirmasdan maktab hovlisiga chiqib yurish, badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazish, har xil harakatli sport o‘yinlari bilan shug‘ullanish kerak. Jismoniy mehnat tananing skelet muskullari, paylari, bo‘g‘im- lari, orqa va bosh miyaning nerv hujayralari to‘plamidan tashkil topgan harakat markazlari ishtirokida bajariladi. Ma’lum bir jismoniy mehnat bajarilgan vaqtda shu ishni bajarishga taalluqli muskul guruhlari qisqarib-bo‘shashadi, ularning ishini boshqaruv- chi nerv markazlari qo‘zg‘aladi. Murakkab harakatlar bilan bog‘liq jismoniy ishlarni bajargan vaqtda bir necha muskul guruhlari ishtirok etadi va ularning miyadagi nerv markazlari qo‘zg‘aladi. Bu murakkab harakatlar bir necha kun, oy davomida muntazam takrorlanib turilganda, bu harakatlarda ishtirok etuvchi muskullar bosh miya po‘stlog‘idagi bir necha nerv markazlarining bir vaqtda qo‘zg‘alish, ular o‘rtasida vaqtincha bog‘lanish yoki harakatlan- tiruvchi shartli reflekslar hosil bo‘lishiga olib keladi. Bu esa murakkab harakatlar tez, oson, silliq bajarilishiga imkon beradi. Nevroz nima? Nerv sistemasining faoliyatiga odam yashay- digan va mehnat qiladigan muhit sharoiti katta ta’sir qiladi. Og‘ir aqliy mehnat, oiladagi urush va janjallar, ishxonadagi kelish- movchiliklar odamning nerv sistemasiga ta’sir etib, uning kay- fiyatini buzadi. Agar bunday ta’sir uzoq vaqt davom etadigan bo‘lsa, odamni nevrozga olib kelishi mumkin. Nevroz — nerv sistemasi oliy nerv faoliyatining buzilishi bilan bog‘liq og‘ir ruhiy xastalik. Nevroz ruhiy shikastlanish oqibatida yuzaga keladi. Qayg‘u, alam, ranjish, qo‘rquv, qiyinchiliklar tufayli kelib chiqadigan umidsizlik kabi hissiyotlar nevrozning bevosita sababchisi bo‘ladi. Bemor serjahl, o‘zidan va atrofdagilardan norozi bo‘lib yuradi. Agar u davolanmasa, kasallik yana ham chuqurlashadi. Download 2.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling