Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


Download 2.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/129
Sana27.08.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1670536
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   129
Bog'liq
odam va uning salomatligi 8 uzb

XIII b o b .
 
SEZGI ORGANLARI
9 — B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


130
Analizatorning yuqorida aytilgan uchala qismining qaysi biri
shikastlansa (kasallansa), muayyan sezgi organining ish faoliyati
buziladi.
Ko‘rish analizatori (ko‘rish organi)ning ahamiyati. Ko‘rish
organi — ko‘z yordamida odam tevarak-atrofdagi buyumlarning
rangi, tuzilishi, hajmi, bir-biridan farqini ajratadi; o‘simlik va
hayvonot olamini o‘rganadi; rassomlik, me’morlik, haykaltaroshlik
san’atlarining mahsulotlaridan bahramand bo‘ladi, tabiat go‘zal-
liklaridan zavqlanadi.
Ko‘rish odamning mehnat faoliyatida muhim o‘rin tutadi.
Ko‘rish orqali inson o‘qishni, yozishni va mehnatning boshqa
turlarini o‘rganadi, bilim oladi, hunar egallaydi. Binobarin, ko‘rish
orqali odamning ichki dunyosi, uning tevarak-atrof, tabiat, san’at
haqidagi tushunchasi, fikrlash qobiliyati, aql-idroki, ongi ri-
vojlanadi.
71- rasm. Bosh miya po‘stlog‘i sezgi organlari markazlarining
joylashuvi:
— hid bilish markazi bosh miya po‘stlog‘i chekka qismining oldingi
yuqori sohasida; — ko‘rish markazi ensa sohasida— eshitish
markazi bosh miya po‘stlog‘i chekka qismining pastki sohalarida;
— ta’m bilish markazi bosh miya po‘stlog‘i chekka qismining yuqori
va o‘rta sohasida; — barmoq terisidagi paypaslash markazlari bosh
miya po‘stlog‘i tepa qismining o‘rta sohasida.


131
Ko‘zning tuzilishi. Ko‘z bosh suyagining chuqurchasida — ko‘z
kosasida joylashgan. Ko‘z ko‘z soqqasi, ko‘rish nervi va yordamchi
qismlar: ko‘z soqqasini harakatlantiruvchi muskullar va ularning
nervlari, qovoq va kiðriklar, yosh bezlari, qon tomirlari kabi-
lardan tuzilgan (72- rasm). Ko‘z soqqasi tashqi va ichki qismlardan
iborat. Tashqi qismi uch qavat: tashqi — fibroz, o‘rta — qon tomir
va ichki — to‘rsimon pardalardan tashkil topgan. Ichki qismiga ko‘z
ichi suyuqligi, ko‘z gavhari va shishasimon tana kiradi. Fibroz
pardaning oldingi qismida shox parda bo‘ladi. Ko‘z soqqasining
ichki — to‘rsimon pardasi, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega,
chunki uning orqa qismida yorug‘likni, ranglarni qabul qiluvchi
retseptorlar joylashgan. Ular maxsus nerv hujayralari bo‘lib,
tayoqcha va kolbacha shaklidadir.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling